Oila pedagogikasi



Download 29,58 Kb.
bet7/8
Sana15.04.2022
Hajmi29,58 Kb.
#553756
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5303114824677332958

Pedagogik eksperiment. Har qanday ilmiy-pedagogik tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy gipotezalarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogika tizimlarining ayrim elementlari o'rtasidagi bog'liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti pedagogik eksperiment asosiy turlari hisoblanib, ular ko'pgina turlarga bo'linadi. Tabiiy eksperiment sharoi- tida yangi o'quv rejalari, dasturlar darsliklar va hokazolar odatdagi o'quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik eksperiment - bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning o'tish sharoitlarini muntazam o'zgartirish muno- sabati bilan maxsus tashkil etilgan bo'ladi. Pedagogik jarayon aniqroq o'rganish uchun eksperimentator o'zi tashkil etgan ja rayon ni kuzatadi. U pedagogik jarayoniga aralashadi, tar- biyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sha­roitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma'lumotlarini, aniq sharoitlarni va o'qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek, eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishini talab etadi. Laboratoriya pedagogik eksperiment ilmiy taqiqotning qat'iy shaklidir. Juda keng pedagogik konteksdan uning mu­ayyan tomoni ajratib olinadi, natijalari aniq tekshirib borishga va o'zgaruvchan kattaliklar o'rnini almashtirishga imkon beradigan sun'iy sharoit yaratiladi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperimentni rejalashtirish, eksperiment o'tkazish va natijalarni sharhlash. Rejalashtirish eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasi ta'sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlashni, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment o'tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish- metodlarini o'z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va o'tkazish belgilangan rejaga qat'iy amal qilgan holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida ma'lumotlar yig'iladi va qayta ishlanadi. Eksperiment o'tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak, ya'ni:

  1. tekshiriluvchilar soni va tajribalar miqdorining optimal bo'lishi;

  2. tadqiqot metodlarini ishonchliligi;

  3. farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish.

Turli metodlarning samaradorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematika metodlarining hamda hisoblash-yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalarning pedagogikaga kirib kelishiga ham yordamlashadi. Odatda, o'rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana, dispersiya, tanlab olinadigan to'plam majmuyining o'rtacha kvadratik chetga chiqishi, o'rtacha olingan qiymat xatosi, belgilarni tuzatish koeffitsiyentlari hisoblab chiqiladi. Ilmiy tadqiqot natijalarini amalda qo'llanishi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa uning natijalarini amalda qo'llashdir. Mustaqil O'zbekiston sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez to'planib bormoqda. Biroq ularni amaliy ishga joriy etish yo'lida qiyinchiliklar ham borligi ko'zga tashlanmoqda.
Bu qiyinchiliklar oiladagi tarbiya jarayonini takomillashtirish usullari haqidagi bilimlarining ortib borishi bilan ulardan foydalanishning faol imkoniyatlari o'rtasidagi nomuvofiqlikdan iboratdir. Shunday bo'lsa-da, bu ularni joriy etish yuzasidan maqsadga muvofiq ishlar olib borishni istisno etmaydi. Joriy etish jarayoni pedagogik tajribani takomillashtirishga qaratilgan foliyat deb qaraladi. Shu sababli joriy qilinishi lozim bo'lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo'yiladi. Talablarning ilmiy asoslanganlik darajasi, ular mazmuni aniqligi asosiy talablar qatoriga kiradi. Talablar mazmunining aniqligi pedagoglar bilan o'quvchilarning moijallagan kuch g'ayrati mezonining to'g'ri baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun bir tadbirlar kompleksi bo'lib, u olingan xulosalar haqida pedagogik jamoatchilikni xabardor qilishning yangi o'quv va metodik qo'llanmalar yaratishning metodik yo'l-yo'riq va metodik tavsiyalar ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.

Download 29,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish