Pedagogik tahlil. Oila oilaviy munosabatlar mavzusidagi tadqiqotlarni olib borijshga pedagogik taxlil metodidan ham keng foydalaniladi. Uni qo`llashdan maqsad tanlangan muammoning falsafiy pisihologik pdagogik yo`nalishlardan o`rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo`lib tadqiqotchi ilgari surayotgan g`oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Pedagogik tajriba. Oila muammolari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda pedagogik tajriba (“eksperiment” lot. ”sinab ko`rish”, ”tajriba qilib ko`rish”) metodi ham keng qo`laniladi. Pedagogik tajriba metodidan muammo echimini toppish imkoniyatlarini o`rganish mavjud sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o`z inikosiga ega bo`la olishi samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo echimini topishga yo`naltirilgan pedagogik tajriba malum doirada soni aniq belgilangan respondetlar ishtirokida amalga oshiriladi. Pedagogik tajribani taskil etayotgan taqdiqotchi ozi tomonidan ilgari sirilayotgan mahsus metodika samaradorligini baholay olishi zarur. Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib ymumiy xulosaga kelinadi va ilmiy – metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy – pedagogik retrospektiv metodi. Oila va oilaviy munosabatlar muammolarini tadqiq etishda ijtimoiy pedagogik retrospektiv qo`llash ham ijodiy natijalarni qo`lga kiritishga yordam beradi. Ushbu metod muayyan shaxs, guruh yoki jamiyatning shakllanishi tarixini o`rganishga yo`naltirilgan bo`lib pedagogik obyekt (yoki subyekti)ni ijodiy qiyosiy o`rganish va yakuniy xulosalarga kelish imkoniyatini beradi.
Turli oilalarning hayoti oat-onalar faoliyati bilan tanishish orqali ularning farzandlar tarbiyasini tashkil etishda tarbiya metodlaridan foydalanish tajribalarini o`rganish yoshlar uchun o`ziga xos tajriba maktabi vazifasini o`taydi. Ijtimoiy pedagogik retrospektiv metodni qo`llashga quyidagi savollardan foydalanish oila tarbiyasida samarali ta’sirga ega metod va vositalardan qay darajada foydalanganligini aniqlash imkonini beradi.
Bolalarga tasir asi ham samarali tarbiyaviy tasirga egami . fikringizni misollar yordamida bayon eting.
Oilada farzandlarga samarali pedagogik tasir ko`rsatishning qanday yo`llari mavjud deb o`ylaysiz.
Farzandlaringizning harakatlaridan norozi yoki hursand ekaninggizni qay tariqa bildirasiz.
Farzandlarning axloqi va haddi - xarakatlariga qo`yiladigan talablar turi va shakli jihatidan ko`pligini qanday izohlaysiz,
Tarbiya jarayonida ulardan birdek foydalanish maqsada muvofiqmi.Fikringizni dalilllar yordamida asoslashga urinib ko`ring.
Farzandlarni mustaqil hayotga tayorlashni qachondan boshlash zarur . Bu jarayonda qanday usullrdan foydalanish samarali hisoblanadi.. hayotiy tajribangizda farzandlarni mustaqil hayotga tarbiyalashda qanday usullrdan foydalanasiz.
Oila sharoitida bolalarga ogohlik hissini shakillantirishda qanday usullarni qo`llash samarali hisoblanadi.
Uyaltirish metodi qanday vaziyatda samarali tarbiyaviy vosita bo`la oladi. Farzandingizni shaxsiy tajribangizni hayotiy misollar yordamida bayon eting.
Bolalarda tadbirkorlik hissini tarbiyalashda qanday metodik talablarga amal qilish zarur.
Ota – onanggiz tomonidan sizga nisbatdan qo`lanilgan tarbiya usullarini eslay olasizmi. Ularning qaysi birlaridan amalda foydalanasiz.
Tajribangizda qo`llanilayotgan ijodiy va salbiy tarbiya metodlarigi guruhlab ,salbiylarini chaklashga urining.