Matematik-statistik metod. Ushbu metod oila, oilaviy munosabatlar muammolarini tadqiq qilishga doir tajriba sinov ishlarining, umumiy holda pedagogik tajribaning maradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo`llaniladi. Unga ko`ra muammo holatini ifodalovchi ko`rsatkichlar mahsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko`rsatkich hisoblandi. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo`nalishda tadqiqoylar olib borishga . Styudent V.P.Bespalko V.V.Grechixin metodalaridan keng foydalanilmoqda. Oila oilaviy munosabatlar masalalari bo`yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarining quyidagi sxema asosida amalga oshirilishi kutilgan natijaga ega bo`lishni kafolatlaydi: muammoning dolzarbligi, o`rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi, obekti, predmeti, vazifalari, ilmiy farazi, metodlari, metodologik asoslari, ilmiy yangiligi, nazariy ahamiyati, amaliy ahmiyati va tuzulishi.
Demak, Oila- hayotning abadiyligini avlodlarning davomiyligini taminlaydigan , muqaddas urf odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga , kelajak nasil qanday inson bo`lib yetishiga bevosita ta’sir ko`rsatadigan tarbiya maskani sanaladi.
Oilaning yosh avlod tarbiyasida tutgan muhum o`rni bu muhutda tashkil etiladigan tarbiya mohiyatini o`rganishni taqazzo etadi.
Shuni alohida takidlab o`tish joizki oila pedagogikasi tashkil etishning samarali yo`llari ustuvor tamoyillari, shakl, metod va vositalarini o`rganuvchi fan sifatida “Oila pedagogikasi”ning shakllanishi mustaqil hayotga qadam qo`yayotgan yoshlar, qolaversa, ota-onalarning pedagogik bilimlarini boyitishga xizmat qiladi. O`z navbatida fan ijtimoiy gumanitar, hatto, tabiiy fanlar bilan o`zaro bog`lqlik va aloqadorlikda rivojlanadi. Oila pedagogikasi fanining istiqboli bevosita oila, oila munosabatlariga oid masalalarda turkum ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishiga bog`liq. Bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning pedagogik nuqtayi nazaridan oqilona tashkil etilishi, kutilgan natijalarga erishish ilmiy-pedagogik metodlarning to`g`ri tanlanganligiga bog`liq.
Pedagogika fanlari doktori, professor O.Hasanboyeva muharrirligidagi “Oila pedagogikasi” nomli darsligida fanning quyidagi ilmiy tadqiqot metodlari haqida to’xtalgan.
Ilmiy tadqiqot metodlari ko'proq oilaviy muammolarni hal qilish maqsadida tadqiqotchilar tomonidan olib boriladi. Oilaviy muammolarni o'rganish dastlab manbalarga murojaat etiladi, shu jihatdan dastlabki metod.
Do'stlaringiz bilan baham: |