Oila, mahalla, maktab kontseptsiyasi, uning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi



Download 0,58 Mb.
bet11/17
Sana23.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#844666
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Шахноза охирги куриб чикилгани

Birinchidan, ustoz, ota-ona yoki mahalla faollari tomonidan rag‘batlantirib, boshqarib turilishi orqali yoshlarda yetishmaydigan shaxsiy muloqot, jamoada yashash tajribasi, qiyoslab tahlil qilish malakasini oshirishga e’tibor qaratishga to‘g‘ri keladi.


Ikkinchidan, o‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi” Konsepsiyasini hayotga keng tadbiq etish ham yoshlarni barkamol avlod qilib yetishtirish usuli bo‘la oladi. Bu borada shuni ta’kidlash kerakki, mahalla har bir oiladagi ma’naviy-axloqiy muhit, farzandlar tarbiyasiga sezilarli ta’sir o‘tkazib kelgan. “Mahallaning ta’lim-tarbiya maktabi hayot dorilfununi sifatida ahamiyati shu qadar kattaki, uning bu boradagi o‘rni va rolini aniq va mukammal bayon etish, mohiyatini to‘la yoritish hech ham mumkin emas”56.


Uchinchidan,

maktablarda viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining ijtimoiy ishlar hamda xotin-qizlar ishlari bo‘yicha muovinlari, ijtimoiy kompleksga aloqador barcha idoralar rahbarlari vakillari, korxona va tashkilotlar rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etishni takomillashtirib borish kerak.
Xulosa qilib aytganda, yoshlarni yuqorida ko‘rsatilgan usullar yordamida oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini yanada takomillashtirish va bu orqali barkamol avlodni shakllantirishdagi muammolarni bartaraf etish mumkin bo‘ladi.


III-bob: BARKAMOL SHAXSNI TARBIYALASHDA OILA, MAHALLA VA MAKTAB HAMKORLIGIDAN FOYDALANISHGA
OID TAJRIBA-SINOV ISHLARI

    1. Barkamol shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligidan foydalanishning pedagogik omillari

Ma’lumki, tarbiya tushunchasi о‘sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot, dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va mas’uliyatni, jamiyatimiz kishilariga hos bо‘lgan ahloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Shu ma’noda tarbiya deb tarbiyachi о‘zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga kо‘ra tizimli ta’sir kо‘rsatishiga aytiladi. Tarbiya bola tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir.
Tarbiya yuksak ma’naviy, jismoniy barkamollik, yaxshining yomondan farqini anglash, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida rivojlanib, о‘sib, avloddan-avlodga vorislik vazifasini bajaradigan hodisa. Lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni о‘ziga xosligi bilan farq qiladi.
Har qanday izlanuvchan, ijodkor о‘qituvchi samarali ishlashi uchun ilmu fan yutuqlari va ilg‘or ish tajribalaridan foydalanishi, о‘quv mashg‘uloti jarayonida о‘quvchi-talabalarni mustaqil fikrlash va erkin fikr ifodalash metodlari, usul va vositalari bilan tanishtirib borishi nihoyatda zarur.
О‘quv jarayonini interfaol metodlarga asosida tashkil etish talimni takomillashtirishning muhim yо‘nalishidir.
Interfaol metodlar о‘quv faoliyatida kо‘p qirrali obyekt bо‘lib, uni tadkiq etish nihoyatda murakkab. Bunday tayyorgarlik mutaxassisning umumiy va maxsus tayyorgarligining ma’lum bir darajasiga erishishni, zarur kasbiy bilim, kо‘nikma va malakalarni rivojlantirishni talab etadi. Bu esa interfaol metodlar asosida ishlashga qiziqadigan, uni amalga oshirishga intiluvchan, ijodiy ishlaydigan shaxsni tarbiyalashni taqozo etadi. Bunda kasbni dildan sevish va unga oid motivlarning mavjudligidagina interfaol metodlar asosida ishlaydigan pedagog shaxsi shakllanishi mumkin.
Dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish о‘qituvchidan katta mahoratni talab qiladi. Yana shu narsani ham ta’kidlash joizki, interfaol metodlar qо‘llanilganda turli jihozlar, axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalaniladi. Interfaol metodlar qо‘llanilganda о‘quvchilarning tartib-intizomi, о‘zlarini tutishi, xulqi aniq qoidalarga amal qilgan holda nazorat etilishi foydali bо‘ladi.
О‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, tabdirli, izlanuvchan bugungi kun о‘qituvchisi nafaqat sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda, balki, dars jarayonlarida ham oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligiga erishishi mumkin. Bunda о‘qituvchi о‘zining ochiq dars mashg‘ulotlariga maktabdagi о‘qituvchilar bilan bir qatorda ota-onalarni ham taklif etgan holda dars jarayonlarini tashkil etadi.
Albatta bu ancha vaqt, katta sinf xonasi va alohida tayyorgarlikni talab etadi. Biroq yilda 1 marta bо‘lsa ham mana shunday о‘qituvchilar va ota-onalar taklif etilgan ochiq dars mashg‘ulotlari tashkil etilsa, bu о‘zining ijobiy samarasini berishi shubhasiz.
Bu kabi ochiq dars mashg‘ulotlarida “Bahs-munozara”, “Pedagogik kuzatish”, “Suhbat”, “Anketa”, “Intervyu” kabi interfaol metodlarni qо‘llash tavsiya etiladi.
Bu metodlarni tavsiya etishning о‘ziga xos sabablari bor albatta. Bu metodlar qо‘llanilganda о‘qituvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bо‘ladi. Chunki о‘qituvchi bir vaqtning о‘zida barcha о‘quvchilarni mavzuga jalb eta oladi, ikkinchidan “Binar ma’ruza”larni (ya’ni ikki kishidan iborat ma’ruzachi) tashkil eta oladi, yana mahalla faollari ham darsda ma’ruza bilan ishtirok etish imkoniyatlari paydo bо‘ladi, uchinchidan, о‘quvchi yoki talabalarni baholay oladi.
Jumladan, “Bahs- munozara” metodini qо‘llash jarayonida ham yuqoridagi qulayliklarga erishiladi.
Bahs-munozara-о‘quvchilarni ikki guruhga bо‘lgan holda, biror mavzu bо‘yicha о‘zaro bahs, fikr almashinuv tarzida о‘tkaziladigan interfaol metoddir. Bu metoddan foydalanilganda о‘qituvchi ziyrak turishi, har bir о‘quvchining fikrini e’tibordan chetda qoldirmasligi, tuzatib, tо‘ldirib, tо‘g‘ri yо‘naltirib borishi zarur.
Bahs-munozaraning bosh mavzusiga aylangan savolni darsga kuzatuvchi sifatida taklif etilgan о‘qituvchilar guruhi va ota-onalar guruhiga tavsiya etish mumkin.
Bunday dars juda qiziqarli chiqadi. Chunki, bir tomondan о‘quvchilar, bir tomondan ota-onalar, bir tomondan о‘qituvchilar jamoasining javoblari biri birini tо‘ldirish, fikrlarni qiyoslash, tо‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini beradi.
Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qо‘llaniladi.
Bahs-munozarani boshqarib borish vazifasini о‘qituvchilarning bajargani ma’qul bо‘ladi. Bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir о‘quvchi yoki talabani munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod qо‘llanilganda о‘quvchilar orasida paydo bо‘ladigan nizolarni darhol bartaraf etish о‘qituvchining zimmasidagi vazifa hisoblanadi.
Bahs-munozara metodining afzalliklari:

  • о‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi;

  • о‘quvchilar о‘z fikrining tо‘g‘riligini isbotlashga harakat qiladilar;

  • о‘zgalarning fikrini tо‘g‘ri baholashga о‘rganadi;

  • о‘quvchilarda eshitish qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi.

Bahs-munozara metodining kamchiliklari: о‘qituvchidan ziyraklik bilan boshqarish mahoratini talab etadi; о‘quvchi yoki talabalarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bо‘lgan mavzu tanlash talab etiladi.
Ta’lim jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish shaxsni pedagogik faoliyatga erkin kirishuvi, о‘quvchi yoki talabalar bilan tez til topa bilishi, izlanishi, faoliyatga ijodiy yondashishiga yordam beradi.
“Pedagogik kuzatish” metodi. Uni qо‘llash jarayonida ta’lim muassasalarining о‘quv-tarbiya ishlari jarayonini о‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qо‘lga kiritilgan kо‘rsatkichlar о‘rtasidagi farq tо‘g‘risidagi Ma’lumotga ega bо‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qо‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, о‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yо‘l qо‘ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:

  1. kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;

  2. kuzatishni tizimli ravishda yо‘lga qо‘yish;

  3. kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;

  4. har bir holatning mohiyatini sinchiklab о‘rganish;

  5. xulosa chiharishga shoshilmaslik.

Ayniqsa darsga ota-onalar taklif etilganda о‘qituvchi “Pedagogik kuzatish” metodidan unumli foydalanishi maqsadga muvofiq.
Suhbat” metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bо‘lingan Ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga tо‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subhektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda о‘tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari tо‘la-tо‘kis namoyon bilishga erishish muhimdir. Uning samarali bо‘lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvoiq:

  1. maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash hamda savollar о‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni tahminlash;

  2. suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;

  3. suhbat ishtirokchilarining soni xususida Ma’lum tо‘xtamga kelish;

  4. suhbatdosh tо‘g‘risida avvaldan muayyan Ma’lumotlarga ega bо‘lish;

  5. suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bо‘lish;

  6. suhbatdoshning о‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;

  7. savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;

  8. olingan Ma’lumotlarni о‘z vaqtida tahlil qilish.

“Anketa” metodi (fransuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida tо‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, kо‘p hollarda, yozma ravishda olinadi. О‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bо‘ladi:

  1. ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);

2) yopiq turdagi savollar (respondentlar “ha”, “yо‘q”, “qisman” yoki “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
Anketa metodini qо‘llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir:

  1. anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;

  2. anketa savollari yirik hajmli va noaniq bо‘lmasligi kerak;

  3. anketa savollari о‘quvchilarning dunyoharshi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;

  4. anketa savollari respondentlar tomonidan tо‘la javoblar berilishini tahminlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;

  5. anketa о‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur;

  6. anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.

Shuningdek, bu kabi darslarda “Intervyu” metodini qо‘llash ham ijobiy natija beradi. Mazkur metod respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida о‘tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat,yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida va jahonning umumbashariy yutuqlarini egallashga intiluvchan avlod qilib tarbiyalashda bir tomondan oila, mahalla va ta’lim muassasalarining samarali hamkorligi, ikkinchi zamon talablari darajasida kreativ yondashuv asosida tashkil etilgan darslarning о‘ziga xos ahamiyati bor. Bu omillarning о‘rnini boshqa biror omil tо‘ldira olmaydi.


    1. Download 0,58 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish