Oila, mahalla, maktab kontseptsiyasi, uning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi



Download 0,58 Mb.
bet13/17
Sana23.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#844666
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Шахноза охирги куриб чикилгани

Hamkorlik yо‘nalishlari

Hamkorlik
xususiyat
lari

Muammolarni
modellashtirish

Oilalarning
yordamga
muhtojligi

Hamkorlik istiqbollari

-ijtimoiy
-iqtisodiy;
-ijtimoiy
-psixologik;
-ijtimoiy
-madaniyat;
-ijtimoiy-
Xolatiy.

-demografik;
-jismoniy;
-axloqiy;
-ma’naviy;
-tibbiy.

-davriy
muammolar;
-izchil
muammolar;
-doimiy
muammolar.

-ta’lim
- tarbiyaviy;
-iqtisodiy;
-huquqiy va
h.k.

ma’naviy yetuk insonni tarbiyalashda muayyan samaralarga erishish.

Ushbu model oila-mahalla-maktab hamkorligining qay darajada yо‘lga qо‘yilganligini aniqlash va istiqboldagi vazifalarni belgilashda dasturiy yо‘nalish bera oldi.


Xususan, ushbu model asosida olib borilgan kuzatishlar mazkur hududda oila-mahalla-maktab hamkorligining “Maqsadi”, “Metodi”, “Hamkorlik mazmuni”, “Hamkorlik yо‘nalishlari”, “Hamkorlik xususiyatlari”, “Oilalarning yordamga muhtojligi” mezonlari bо‘yicha muayyan darajada ishlar yо‘lga qо‘yilganligini, tahlillar mavjudligini kо‘rsatdi.
Biroq, “Hamkorlik tasnifi”, “Hamkorlik istiqbollari”, “Muammolarni modellashtirish”, “Hamkorlik istiqbollari” mezonlari bо‘yicha olib borilgan ishlar yetarli darajada emasligi, bu borada yana muayyan ishlarni olib borish zarurati mavjudligi aniqlandi.
Shuningdek, tajriba-sinov ishlariga “Mezon” mahallasining “Samarqand” kо‘chasida istiqomat qiluvchi oilalar tanlab olindi. Tajriba-sinos ishlari davomida mazkur oilalar uch toifaga bо‘lib chiqildi:

  • kam ta’minlangan oilalar;

  • yosh oilalar;

  • ibratli oilalar,

Tajriba-sinov ishlari “Oila, mahalla, maktab kontseptsiyasining yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari” mavzusi doirasida tashkil qilinib, bu jarayonga kam ta’minlangan oilalardan 4 nafar oila vakillari, 5 nafar yosh oilalar vakillari, 5 nafar ibratli oilalar vakillari jalb qilindi, eksprementda jami 14 nafar oila vakillari ishtirok etdi.
Tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb qilingan mazkur oila vakillari bilan alohida ishlar olib borildi. Bu jarayonda “Bahs-munozara”, “Pedagogik kuzatish”, “Suhbat”, kabi interfaol metodlardan foydalangan holda mazkur toifadagi oila vakillarining oila mustahkamligini ta’minlashda oila a’zolarining shaxsiy mas’uliyati, mahallalarning о‘rni, oilalarning ta’lim muassasasi va mahalla bilan hamkorlikka munosabati, ba’zi bir oilalarda sodir bо‘layotgan ajrimlarning sabablari, notо‘liq oilalarda kamolga yetayotgan farzandlarning ruhiy kechinmalari kabi masalalarga munosabatlari о‘rganib chiqildi.
Shuningdek, “Anketa” metodidan foydalangan holda quyidagi “Siz о‘z farzandingizni qay darajada bilasiz?” nomli sо‘rovnoma sо‘rovnoma asosida sotsiologik sо‘rov о‘tkazildi:

  • Farzandingiz ushbu о‘quv maskanida nechanchi yil tahsil olmoqda?

  • Farzandingiz sо‘nggi о‘quv yilidagi о‘zlashtirish darajasi sizni qoniqtiradimi?

  • Farzandingizning fanlarga bо‘lgan munosabati qanday?

  • Uning fanlarga bо‘lgan qiziqishini baholay olasizmi?

  • Ijtimoiy munosabatlar (oila, jamoada hamda keng jamoatchilik о‘rtasida tashkil etiladigan munosabatlar) jarayonidagi ishtiroki qanday?

  • Farzandingizga mansub bо‘lgan muhitning ma’naviy-axloqiy iqlimi qanday?

  • U kimlar bilan dо‘stlashgan, ularning ma’naviy qiyofasi sizning talablaringizga javob bera oladimi?

  • О‘rtoqlarining farzandingizga nisbatan salbiy aloqa yoki ta’sir

  • kо‘rsatganliklarning guvohi bо‘lganmisiz?

  • Uning oilada tutgan о‘rni qanday?

  • Farzandlaringiz о‘qiyotgan maktab yoki yon atrofingizdagi oilalar bilan shaxsiy ziddiyatlaringiz bormi? Bor bо‘lsa qanday? Uni bartaraf etish uchun siz qanday yо‘l tutdingiz?

Oilalar vakillariga ushbu savolnomani erkin tarzda, ismi sharifini yozmasdan tо‘ldirish tavsiya etilganligi bois sо‘rovnomada ancha samimiy ruhdagi javoblar о‘z ifodasini topdi.
Anketa sо‘rovnomasi davomida 50% (7 nafar) respondentlar farzandining ruhiy olami, о‘rtoqlari, maktab va mahalladagi hayoti borasida tо‘liq tasavvurga ega ekanligi farzandlari bilan dо‘stona munosabatda bо‘lishi qayd etgan bо‘lsa, 28 % (4) respondentlar bu borada muayyan tasavvurga ega ekanliklarini. farzandlarini doimiy nazoratda ushlab turish yaxshi natija bermasligini bildirishgan.
Sо‘rovnomada ishtirok etgan 22% (3) respondentlarhali yosh oila bо‘lganligi bois aksariyat savollarda “javob berishga qiynalaman” deb qayd etishgan.
Ota-onalar tomonidan tо‘ldirilgan mazkur sо‘rovnomalar natijalari mahalla faollari va maktab ma’muriyati bilan birgalikda tahlil etildi, hamda ular bilan tashkil etiladigan tadbirlarning yо‘nalishi va mazmuni belgilab olindi.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida ishtirok etgan barcha oilalar bilan olib borilgan davra suhbatlari, debatlar oila, mahalla va ta’lim-tarbiya muassasalari hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligini kо‘rsatdi. Garchi, tajriba oxiridagi о‘zlashtirish darajasi tajriba boshidagidan ancha yuqori bо‘lsa-da, barcha oilalarda farzandlarning ta’lim-tarbiyasiga yanada kо‘proq e’tibor berilsa ma’naviy bо‘shliqning paydo bо‘lishiga yо‘l qо‘yilmasdi.
Insoniyat tamonidan о‘nlab ming yilliklar davomida yaratilgan о‘zgarmas qadriyatlar orasida oila eng buyugi hisoblanadi. Hech bir millat, hech bir madaniy jamiyat oilani chetlab о‘tmaydi.
Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, shaxs oilada shakllanadi. Aynan oilada shunday qimmatbaho sifatlar- borliqni diqqat bilan kuzatish, tabiat va san’atdagi gо‘zallikni his qilish, bilimga serhavas bо‘lmoqlik, intizomlilik, vijdonli, о‘z mehnat majburiyatlariga ma’suliyat bilan yondashish, boshqalarning extiyojlariga hamdardlik bilan qarash va zarur bо‘lgan holarda yordam kо‘rsatish kabi xislatlar shakllanadiki, xuddi shu sifatlar yetuk insoniy shaxsning fazilatlar hisoblanadi.
Oila –mahalla –ta’lim muassasasi hamkorligi juda dolzarb masala hisoblanadi. Chunki oilada ota-ona boshlagan ta’lim tarbiya ishini mahallada yoshi ulug‘lar, ta’lim muassasasida о‘qituvchi pedagoglar davom ettiradi. Shunday ekan ota-onalar oilani tashkil etuvchi a’zolar kelajak davomchilarini mahalladagi munosbatlari, ta’lim muassasalarda erishayotgan yutuqlari bilan nega qiziqmay qо‘yishmoqdalar. Kо‘pchilik ota-onalar har chorakda ota-onalar yig‘ilishlarida ishtirok etmasdan, bayramlarida faqat tomoshabin sifatida ishtirok etish bilan chegaralanadi. Shuni о‘zi yetarlimikin? Yо‘q albatta. Ota-onalar hozirgi kunda faqat pul topish bilan band bо‘lib qolmayaptimikin? Bolani qornini tо‘yg‘azish, ustini kiyintirish bilan chegaralanib qolmadimikan?
Bu narsalarni oldini olish uchun ta’lim muassasalarida “OILA” markazlarini tashkil etish zarur. Bu markazda о‘quvchi va ota-onalarning barcha muammolariga keim topib bera oladigan pedagoglar, psixologlar, qariyalar jamlanishi kerak. Oila markazlarida bolani ona qornidaligidayoq tarbiyalash va ta’lim tarbiya berish, unda ota-onaga hurmat, vatanga muhabbat, mahalli-kuyga samimiy munosabatni tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilishi maqsadgsha muvofiq.


XULOSA
Ma’naviyati yetuk inson deganda har tomonlama yetuk, ma’naviy dunyosi boy, fikrlash doirasi keng shaxs nazarda tutiladi. Chunki ma’naviyat inson kamolotining eng yuqori darajasidir. Shuning uchun ham yurtimizning barcha viloyat, shahar, tuman va hududlarida ijtimoiy vaziyat barqarorligini ta’minlash, bu yо‘nalishda yoshlar bilan alohida ishlash, oilaviy muhitni, ma’naviy holatni sog‘lamlashtirish borasida kо‘p qirrali va rejali ishlar muntazam olib borilmoqda. Zero, yosh avlod tarbiyasi mamlakatimizdagi eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Shunday ekan, har bir farzand u kimniki bо‘lishidan qat’iy nazar oila, maktab va mahalla nigohida bо‘lishi lozim. Albatta, sadoqat va zakovat, jasorat hamda shijoat sohibi bо‘lgan yangi avlodning katta hayotga kirib kelishi har qanday xalq, har qanday millatning baxti, kuch-qudrati, ertangi kuniga bо‘lgan ishonchining kafolatidir. Ana shu kafolatni ta’minlashda esa, shubhasiz, jismoniy va ma’naviy tarbiyaning о‘zaro uyg‘unligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Shunday ekan, barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini yanada kuchaytirish davr taqozosidir.
Yuqoridagi xulosalar asosida quyidagi takliflar tayyorlandi:

  • tizimli dastur asosida oila, mahalla, ta’lim maskanlari о‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, yoshlarni sog‘lom va mustaqil tafakkurli shaxs etib kamolga yetkazishga doir ishlarni davr ruhiga hamohang tarzda tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarni belgilash va ularni amalga oshirish;

  • oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini yо‘lga qо‘yishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotning о‘rni va rolini kuchaytirish;

  • mahallalarda yoshlarni ommaviy sport bilan shug‘ullanishga jalb etish;

  • oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligida turli kо‘rik-tanlovlar, festivallar о‘tkazish;

  • notо‘liq oilalarning farzandlariga alohida e’tibor qaratish, ularning kо‘nglini chо‘ktirmaslik choralarini kо‘rish;

  • oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligida sport musobaqalarini keng miqyosda tashkil etish, notо‘liq va muammoli oila farzandlarini imkon qadar shu sport musabaqalariga jalb etish;

  • farzandlarning tirik yetim bо‘lib qolishlarini oldini olish maqsadida imkon qadar oilaviy ajrimlarning oldini olish va hk.

Shuningdek, bu borada ta’lim muassasasi va oila hamkorligi, maktab о‘quvchilarini kasb-hunarga yо‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish, ta’lim tizimida amaliyotchi psixolog faoliyatini tashkil etishning uslubiy masalalari, barkamol avlodni shakllantirishda oila, mahalla va uzluksiz ta’lim tizimi integratsiyasi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratish ham yaxshi samara beradi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish