Oila, mahalla, maktab kontseptsiyasi, uning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi



Download 0,58 Mb.
bet9/17
Sana23.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#844666
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Шахноза охирги куриб чикилгани

Hududiy profilaktika inspektori esa hududdagi voyaga yetmaganlar va yoshlarning ma’naviy- ma’rifiy yetuk bo‘lib voyaga yetishlariga, ommaviy ravishda sport bilan shug‘ullanishlariga, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga, tarbiyasi og‘ir bo‘lgan, huquqbuzarlik va jinoyatchilik kabi salbiy holatlarga moyil yoshlarning ro‘yxatini tuzish, ular bilan profilaktik ishlarni tashkil etish, yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshirishga bevosita mas’ul hisoblanadi.
O‘z o‘rnida kengash tarkibida alohida mavqega ega bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inining Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi oilalarga kirib borish va o‘rganish, ota-onalar bilan doimiy ravishda muloqotda bo‘lish, nosog‘lom muhit yuzaga kelgan oilalar aniqlanganda, ularga yordam berish uchun zarur chora-tadbirlar belgilash va ularni amalga oshirishni tashkil etish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda namunali oilalar hayot tajribasidan keng foydalanish, mutaxassislar ishtirokida erta turmush qurish holatlarining oldini olishga qaratilgan uchrashuv, suhbat va tushuntirish ishlarini tashkil etish masalalarida o‘zgalarga namuna bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari zimmasiga o‘quvchi yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda, ona Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirishda ota- onalarga ko‘maklashish, yozuvchi, shoir, olim, san’atkor va yosh qalamkashlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish vazifalari yuklatiladi.
Bu borada maktab psixologi ham alohida o‘rin tutadi. Chunki psixologning o‘quvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa bilan ishlashini e’tiborga oladigan bo‘lsak, bu mutaxassis har bir o‘g‘il-qizning, ota-onaning ichki dunyosini ilg‘ay olishi, ular bilan g‘oyat samimiy munosabatga kirishishi, pedagogik jamoaning esa jipslashuviga xizmat qilishi, ya’ni maktab muhitini sog‘lomlashtirish sirlaridan voqif bo‘lishi kutilgan natijani beradi.
Bugun maktab psixologi oldida ko‘p vazifalar turibdi. U test va treninglar o‘tkazishi, iqtidorli yoki past o‘zlashtiruvchi, xulqi o‘zgarayotgan, maktab ichki qonunlariga bo‘ysunmayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashishi, so‘ngra xulosasi asosida o‘qituvchi va ota-onalarga yo‘nalish berishi, maktabdagi psixologik muhitni yaxshilashga erishishi zarur

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish