II. Aralash bahrlar.
II. 1. Xafifi musaddasi maxbuni maqtu’i musabbagʻ.
“Xamsa” masnaviyotining Shoh Bahromga bagʻishlangan toʻrtinchi dostoni shu vazn bilan mashhurdir. Bunda uchinchi rukn fa’al, fa’ol, failun, failon zihoflaridan biri bilan nihoyasiga yetishi mumkin.
Ochibon har/ nafas kafi/ ehson,
– V – – / V – V – / – ~
Foilotun, mafoilun, fa’ol
Sochibon guhar, uylakim, ummon. [2.251 a]
II. 2. Xafifi musaddasi maxbuni maxbuni mahzuf.
E’timod et/ma bevafo/ so‘zig‘a,
– V – – / V – V – / V V –
Foilotun, mafoilun, failun
Do‘stlig‘ birla boqmag‘il yuzig‘a. [2.291 a]
Bezadi o/t ila yaro/gʻini el,
– V– – /V– V – / VV –
Foilotun, mafoilun, failun
Koʻzladi azmi harb chogʻini el. [3.127]
Do'stlaringiz bilan baham: |