Ogahiyning tarixiy-badiiy asarlaridagi mumtoz lirik janrlar vazni masalasi haqida



Download 87,5 Kb.
bet1/12
Sana23.01.2022
Hajmi87,5 Kb.
#404403
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ismailov Is\'haqjon Ogahiy tarixiy asarlarida vazn masalasi


Ismailov Is’haqjon Otabayevich

f.f.n., UrDU dotsenti.



@Iskhaqjon_ISMAILOV

+998 91 4378284



OGAHIYNING TARIXIY-BADIIY ASARLARIDAGI MUMTOZ LIRIK JANRLAR VAZNI MASALASI HAQIDA

Annotatsiya: Ushbu maqolada Ogahiyning tarixiy asarlaridagi mumtoz lirik janrlarning vazni masalasi haqida fikr yuritiladi.

Каlit soʻzlar: aruz, mafoiylun, foilotun, bahr, rukn, zihof.

Аннотация: В этой статье обсуждается вес классических лирических жанров в исторических произведениях Агахи.

Ключевые слова: аруз, мафаъийлун, фаъилатун, бахр, стоп, зихаф.

Resume: This article discusses the weight of classical lyric genres in Agahi’s historical writing.

Key worde: aruz, mafoiylun, foilotun, bahr, rukn, zihof.
Muarrixlik mahoratini Munis tajribasidan boshlagan Ogahiy shoirlik salohiyatidan kelib chiqqan holda individual mahoratini tarixiy asarlarida ham munosib davom qildirgan. “Riyozu-d-davla”, “Zubdatu-t-tavorix”, “Jome’ ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Shohidu-l-iqbol” tarixiy asarlar turkumini yaratishda Ogahiy “Firdavsu-l-iqbol” kitobidan orttirgan tajribalarini yanada takomillashtirib borgan. Aynan shu jihatlari tufayli “voqe’otu futuhot ta’lifi va tarix tasnifi...” “mavrusiy xizmat va qadimiy hirfat” [1.4] boʻlib qolishiga mustahkam asos hozirladi.

Barcha tarixiy asarlarida Ogahiy muarrixlik faoliyatida nazmiy iqtidorini namoyon qilgan. Voqealar silsilasi kitobxonni bezdirib qoʻymasligi, quruqdan quruq bayon usulida soʻz aytmasdan mumtoz lirik janr va shakllarga ham murojaat qilinganki, bu she’rlar ijodkorning lirik kulliyotidan oʻrin olgan boshqa she’rlaridan na vazn bobida, na badiiyat jihatidan aslo farq qilmaydi. Kishi kayfiyatiga, voqealar silsilasiga uygʻun holatni yuzaga chiqaradi.

Ogahiy vazn tanlashda ma’lum maqsadni nazarda tutgan. Duch kelgan bahrga murojaat qilavermasdan har bir vaziyatning ruhiy holatidan kelib chiqqan holda yondashgan. Voqealar tezlashishi fonida ruknlar miqdori qisqaroq holda berilsa, ruhiy sokinlik holatida, aksincha, hijolar soni ortib boraveradi.

Tarixiy asarlardagi she’rlar vaznini kuzatar ekanmiz, muarrix-shoir aruz vaznining turfa xil bahrlaridan unumli va mohirona foydalanganligining guvohi boʻlamiz. Quyida ana shunday bahr turlariga misollar keltirib oʻtamiz:




Download 87,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish