I.14. Mutaqoribi musammani maqsur.
Ko‘runmay/ shijoat/da vaqti /masof,
V – – / V – – / V – – / V ~
Fauvlun, fauvlun, fauvlun, fauvl
Alar ko‘zig‘a zarracha Ko‘hi Qof. [2.256 b]
Ayo sar/vari ma’/dalatdas/tigoh,
V – – / V – – / V – – / V ~
Fauvlun, fauvlun, fauvlun, fauvl
Erur zoting el uzra zilli iloh. [3.67]
I.15. Rajazi musammani matviyi maxbun.
Ushbu vazn ritmi Xorazm shashmaqomlaridan “Rost” maqomining “Ufori suvora” kuyi bilan ohangdosh sanaladi. [6.212] Ogahiyning Navoiy qalamiga mansub “Kelmasa, kelmasun netay” radifli gʻazaliga nazira tarzida bitgan “Ashkima gar kanora yoʻq, boʻlmasa, boʻlmasun netay” gʻazali ham shu vaznda yaratilgan.
Shukriki, eh/tiyojimiz /hechi kishi/ga qolmadi,
– V V – / V– V – / – V V – / V – V –
Muftailun, mafoilun, muftailun, mafoilun
Bo‘ldi fuzun nujumdin хaylu sipohimiz bizing. [2.298 a]
Do'stlaringiz bilan baham: |