I.13. Mutaqoribi musammani mahzuf.
Turkiy aruzning ibtidosi boʻlgan bu bahr 11 boʻgʻinlik barmoq vaznida yaratilgan she’rlarga yaqin turadi. Ruknlarning musamman shaklda boʻlishi, oʻziga xos qisqa ritm hosil qilishi bu vaznning asosiy jihatidir. Firdavsiyning “Shohnoma”si ta’sirida yaratilgan “Qutadgʻu bilik”, “Hibat ul-haqoyiq” hamda “Xamsa”larning shoh Iskandar haqidagi beshinchi dostonlari shu bahrga mansubdir.
Zihi far/ruхiqbo/li oliy/nasab,
V – – / V – – /V – – / V –
Fauvlun, fauvlun, fauvlun, fa’al
Ki zoti kelib koni ilm-u adab.
Do'stlaringiz bilan baham: |