II.3. Sari’i musaddasi matviyi matviyi matviyi makshuf.
Sharqda yaratilgan “Xamsa” dostonlarining didaktik ahamiyat kasb etuvchi ilk dostonlari shu bahrda yaratilgan. Ogahiy ham pand-nasihat ohangi ufurib turgan she’rlarini shu bahrga solib yaratgan. Ba’zan ta’rif-u tavsif oʻrinlarida ham bu vazn qoʻl kelgan.
Eyki, zami/ringga kusho/d istasang,
– V V – / – V V – / – V –
Muftailun, muftailun, foilun
Shodlig‘ afzun-u ziyod istasang. [2.251 a]
Har biri gar/ qilsa ayon/ qahr-u kin,
– V V – / – V V – / – V –
Muftailun, muftailun, foilun
Rustam-u Bahrom degay ofarin. [3.173]
Yerga tushub/ sadmasidin/ zilzila,
– V V – / – V V – / – V –
Muftailun, muftailun, foilun
Koʻkka chiqib shoʻrishidin gʻulgʻula. [4.170]
Do'stlaringiz bilan baham: |