Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet303/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Huquqiy tartibga solish mexanizmi – ijtimoiy munosabatlarga jami-

yat va davlat oldida turgan maqsad hamda vazifalarga mos ravishda samarali huquqiy ta’sir etishni ta’minlovchi yuridik vositalarning bir butun tizimidir. Huquqiy tartibga solish jarayonidagi barcha huquqiy vositalarning «mexanizm» iborasi bilan izohlanishi bejiz emas. «Mexanizm» – bir qancha mustaqil hodisalar,

27–18-8

qismlarning o‘zaro aloqadorlik asosida, bir butun agregat sifatida hara- kat qilishidir. Bunda har bir element uyg‘un va barqaror birlashib, biri ik- kinchisini harakatlantiradi. Mexanizmga aniq, qat’iy va bir maromda ishlash xosdir. «Mexanizm» unsurlarning oddiy yig‘indisi sifatida mavjud bo‘lmaydi. U tarkibiy qismlarning o‘zaro aloqadorlik asosidagi jipsligi bilan, biri ikkinchi- sining mavjudligini taqozo etishi bilan, aynan mana shu o‘zaro munosabat- lar negizida harakatlanishi, rivojlanishi va takomillashishi bilan tavsiflanadi. Huquqiy tartibga solish jarayonida namoyon bo‘luvchi qismlar yagona bir bu- tun mexanizmni tashkil etadi.



«Huquqiy tartibga solish mexanizmi» tushunchasi «huquqiy ustqurma» (yoki ustqurmaning huquqiy qismi) tushunchasiga yaqin turadi. Har ikki tushuncha tarkibiga huquq normalari, huquqiy munosabatlar, huquqiy-me’yoriy hujjatlar, huquqiy ong, huquqiy madaniyat va boshqa huquqiy voqeliklar kiradi. Biroq, bu unsurlar yagona mexanizmning tarkibiy qismlari sifatida tahlil qilin- ganda e’tiborni huquqiy ustqurmaning dinamik tomonga, huquqiy ta’sir etish jarayonidagi yuridik vositalarning bir butun tizimdagi o‘zaro harakatiga qaratish lozim.

«Huquqiy tartibga solish mexanizmi» tushunchasi yordamida har bir huquqiy institut(voqelik)ning huquqiy tartibga solish tizimidagi o‘rni va rolini aniqlab olish mumkin. Shuningdek, ta’kidlash joizki, mexanizm tarkibiga kiruvchi huquqiy institut butunning tarkibiy qismi sifatida yangi xususiyat- larga ega bo‘ladi.

Huquqiy tartibga solish mexanizmining dastlabki elementini – huquqiy normalar tashkil etadi. Huquqiy normalarda davlat-hokimiyat irodasi bayon etiladi, ushbu norma orqali o‘rnatilayotgan huquqiy talab tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabat ishtirokchilariga yetkaziladi. Huquqiy normada huquqiy

munosabat subyektlarining huquq va burchlari, vakolatlari doirasi, shuningdek, ularni amalga oshirish vositalari ko‘rsatiladi.

Huquqiy normaning maxsus funksiyasi shundaki, u normativ tarzda huquqiy munosabat chegaralarini o‘rnatadi. Unda xulq-atvor va yurish- turishning andozasi (modeli) belgilanadi. Aynan ana shu yurish-turish qoidalari huquqiy tartibga solish asosi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida fuqarolarning mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqi mustahkamlangan. Bu – umumiy konstitutsiyaviy – huquqiy qoida. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 57, 72-moddalari- da ishga joylashish va qabul qilish bilan bog‘liq mehnat-huquqiy munosabatlar nazarda tutilgan. Ishga qabul qilish yozma tarzda tuziladigan mehnat shart- nomasi orqali amalga oshiriladi. Bu yerda yuqoridagi konstitutsiyaviy qoida aniqlashtirilayotganini ko‘ramiz. Biroq, u hali hayotga tatbiq etilayotgani yo‘q.


Mehnat kodeksining yuqoridagi moddalari ishga joylashish va qabul qilish bilan bog‘liq mehnat-huquqiy munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutadi. Mazkur normaning mavjudligi hali yuqoridagi mehnat-huquqiy munosabatlar hal etilganligini anglatmaydi, albatta. Bu masalaning huquqiy yechimiga erishish uchun muayyan fuqaroni ishga qabul qilish to‘g‘risida ish beruvchining (korxona ma’muriyatining) aniq individual hujjati (buyrug‘i, farmoyishi) chiqa- rilishi lozim (MK ning 82-moddasi). Ushbu misolimizda MK 57 va 72-mod- dalaridagi huquqiy normalar tegishli mehnat-huquqiy munosabatlarini tartibga solish uchun asos vazifasini o‘taydi.

Huquqiy tartibga solish mexanizmining ikkinchi elementi – huquqiy munosabatlardir. Huquq normasi aynan huquqiy munosabat orqali hayotga joriy etiladi, subyektiv huquq va burchlarga rioya etiladi, ulardan foydalani- ladi va tegishli talablar bajariladi. Muayyan subyektiv huquq va burchlarning xususiyatlari huquqiy normaning tartibga solishdagi ta’sir etish xarakteriga bog‘liq. Huquqiy normalarning vakolat beruvchi, majbur etuvchi va man qiluvchi turlariga mos ravishda tartibga soluvchi va qo‘riqlovchi huquqiy munosabatlar turlari namoyon bo‘ladi. Tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar majbur etuv- chi, vakolat beruvchi va man etuvchi munosabatlarga bo‘linadi.

Huquqiy tartibga solish mexanizmining uchinchi elementi – subyektiv huquq va majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari(harakatlari)dir. Bu yerda so‘z huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq normalariga rioya etish, bajarish va foydalanish shaklidagi real amaliy xatti-harakatlari, xulq- atvori haqida bormoqda. Mazkur harakatlar sodir etilishi bilan qonun chiqaruvchi idora rejalashtirgan maqsad amalga oshadi hamda huquqiy tartibga solish mexanizmi faoliyati yakun topadi.

Huquqni qo‘llash hujjatlari vakolatli davlat idorasining, mansabdor shaxsning davlat-hokimiyat xarakteridagi hujjatidir. Bu hujjatlar huquqiy nor- ma talablarini huquqiy munosabat orqali bevosita hayotga joriy etadi. Lozim bo‘lgan hollarda huquqni qo‘llash hujjatlarining bajarilishi davlatning majbur- lash kuchi bilan ta’minlanadi. Huquqni qo‘llash hujjatlari – qaror, farmoyish, buyruq, hukm va boshqa shakllardan iborat. Bu hujjatlarda huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlari aniq ko‘rsatib beriladi.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish