Huquqiy tartibga solish jarayoni – ijtimoiy munosabatlarga huquqiy
ta’sir etish, ularni amalga oshirish, rivojlantirish va takomillashtirishning qat’iy belgilangan tartibidir. Huquqiy tartibga solish har qanday ijtimoiy jarayon singari o‘z boshlanish va nihoyalanish nuqtalariga ega. Bu jarayon davlat tomonidan huquqiy normalar yaratishdan boshlanadi. Huquqiy norma xalqning davlat idorasini o‘zida ifodalovchi, uni huquqiy munosabat ishtirokchi- lariga yetkazuvchi vosita sifatida vujudga keladi va amal qiladi.
kin:
Huquqiy tartibga solish jarayonini uch asosiy bosqichga ajratish mum-
ijtimoiy munosabatlarni me’yorga soluvchi yuridik normaning yaratilish
bosqichi;
huquqiy normaning amal qilish bosqichi;
yuridik normada nazarda tutilgan holatlar, huquq va majburiyatlar vujudga kelganda subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarning amalga oshirilish bosqichi.
Ko‘rsatilgan uch bosqichdan tashqari yana bir bog‘lovchi qo‘shimcha (fakultativ) bosqich haqida gapirish lozim. Bu fakultativ bosqich huquqni qo‘llashdir.
Huquqiy tartibga solish jarayonining uch bosqichiga uchta muhim ele- ment (huquqiy hodisa) muvofiq keladi:
huquqiy normalar;
huquqiy munosabatlar;
subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari. Yuqorida zikr etilgan qo‘shimcha bosqichga muvofiq tarzda huquqiy tar- tibga solish mexanizmida qo‘shimcha (fakultativ) element – huquqni qo‘llash
hujjatlari maydonga chiqadi.
Huquqiy tartibga solish mexanizmining har bir elementi, o‘z navbatida, o‘ziga xos kichik tizimni tashkil etadi. Chunonchi:
yuridik normalarning yaratilish bosqichiga muvofiq keladigan tizimga – huquqiy ong, huquq ijodkorligi hujjatlari, normativ yuridik hujjatlar, huquqiy normalar, me’yorlar, hujjatlarni tizimlashtirish, yuridik texnika va boshqalar kiradi;
yuridik normalarning amal qilish bosqichidagi huquqiy munosabatlar tizimiga – huquq subyekti, yuridik faktlar, umumiy va konkret huquqiy mu- nosabatlar kiradi;
huquq va majburiyatlarni amalga oshirish tizimiga – huquqiy muno- sabat qatnashchilarining muayyan xatti-harakatlari, huquqni qo‘llash hujjatlari kiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan tizimlarni huquqiy tartibga solish jarayonining bo‘g‘inlari deb atash mumkin. Ushbu jarayonda amal qiladigan elementlarning bir butunligi huquqiy tartibga solish mexanizmini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |