Afrika mamlakatlarining huquqiy tizimi. Afrika xalqlari orasidagi katta farqlarga, ularning odatlari va odat huquqining turli-tumanligiga qara- may, Afrika huquqiga yagona bir huquq sifatida qarashga yetarli asoslar bor. Afrika odat huquqi individlar – (yakka shaxs) emas, balki guruh yoki uyushmalarning huquqi hisoblanadi. Masalan, odat huquqida nikoh shartno- masi o‘zida ikki shaxsning emas, balki ikki oila, ikki qabilaning roziligi olinib amalga oshiriladi. Ularda arbitraj va sud tuzilishidagi ishlar ko‘rilgan. Sud tartibida bu holatni aniqlash uchun u «qasam ichishga» majbur qilish va «xudo sudi» tomonidan sinov o‘tkazishda namoyon bo‘ladi.
Odat huquqida ikkita holat mavjud va u ikki yoqlama namoyon bo‘ladi:
urug‘dagi bir shaxs uchun butun urug‘ javobgardir (o‘zganing aybini yuvishi);
1 Qаrаng: Теория государства и права / Под ред.проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 610–611-betlar.
shaxsning sodir etgan nojo‘ya harakati, uning guruh a’zosi sifatidagi huquq va majburiyatlari bilan bog‘lanadi.
Har bir hukmdor mustamlakachi o‘z huquqiy talablarini qo‘l ostidagilarga o‘tkazadi. Fransuz huquqi – fransuz afrikasi va Madagaskarga, Belgiya huquqi – Kongoga, roman-golland huquqi esa, Janubiy Afrikaga kiritilgan.
Mustamlakachilar o‘z huquqiy institutlarini tatbiq etish bilan birga fikran o‘z manfaatlariga zid kelmaydigan odat huquqi va Afrika sudlovining ay- rim qismlarini saqlab qolish siyosatini yurgizdilar. Shunday qilib, mustamlaka boshqaruvi natijasida huquqning aralash tizimi paydo bo‘ldi. U metropolitlar tomonidan kiritilgan huquq bilan odat huquqini o‘zida jamladi. Birinchisi imti- yozli ravishda ma’muriy huquq, savdo, jinoyat huquqini qamrab oldi. An’anaviy soha – yerga egalik, oila va meros huquqi (shaxs hayotligida mulkni, ba’zi fuqarolik majburiyatlarini taqsimlash) – odat huquqining harakat doirasida qoldirildi.
Mustamlaka davrida odat huquqida yuz bergan to‘rtta asosiy o‘zgarishni qayd etish mumkin: 1) nizolarni tartibga solishning an’anaviy usullaridan voz kechish, ya’ni asta-sekinlik bilan sud tizimini tatbiq qilib, qabilada o‘rnatilgan tartibdan sud qurilishi namunasiga o‘tish; 2) mahalliy sudlarda ishlarni odat huquqi bo‘yicha hal qilgan sudlarning Yevropa normalarini qabul qili- shi; 3) odat huquqini bekor qilmay, afrikaliklarga o‘z huquqiy munosabatlarini huquq asosida tartibga solish imkoniyatini beruvchi qonunlarning joriy etilishi;
4) varvarlik deb tan olingan, masalan, qullik va jarohat yetkazish kabi ba’zi odatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlanishi.
An’anaviy Afrika (huquqiy) odat huquqi, shubhasiz boshlang‘ich ahamiyatini yo‘qotmoqda, ba’zi hollarda ko‘p qismini yo‘qotgan ham. U o‘zining sezilarli qismida tizimlashtirish va majmualashtirish obyekti bo‘ldi. Odat huquqiga keng ma’noda davlat organlari, shuningdek, sudlar tomonidan rivojlantirilgan huquq sifatida qaralmoqda1.
1 Qаrаng: Tаdjiхаnоv U., Sаidоv А. Huquqiy mаdаniyat nаzаriyasi. – T., 1998. – 107–108-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |