huquqiy axborotning darajasi va xarakteri. Huquqning samarali
amal qilishi ko‘p jihatdan hukuq subyektlari tomonidan amaldagi yuridik nor- malarni bilish hamda anglab yetish darajasiga bog‘liq. Tabiiyki, bunda huquqiy qoidalarning barchaning e’tiboriga qay yo‘sinda va qay me’yorda yetkazilishi muhimdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aholi tomonidan huquqiy prinsiplar va aniq yuridik normalarni bilish darajasi bir xil emas. Aholining turli qatlam- lariga huquqiy axborot har xil yo‘l va vositalar orqali borib yetadi. Huquqiy axborotning yetkazilishida ommaviy axborot vositalar-radio, televideniye va matbuotning o‘rni alohidadir;
Do'stlaringiz bilan baham: |