Odilqoriyev X. T


bob. QONUNIYLIK VA HUQUQIY TARTIBOT. INTIZOM



Download 1,16 Mb.
bet309/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   370
Bog'liq
777 (1)

bob. QONUNIYLIK VA HUQUQIY TARTIBOT. INTIZOM



1-§.
Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari


Adolatli, demokratik jamiyat va huquqiy davlat barpo etish jarayonida qonun ustuvor- ligi va qonuniylik muhitini yaratish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zero, mustahkam qo- nuniylik, qat’iy huquqiy tartibot huquqiy dav-

latchilikning mohiyatini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- sining 14-moddasida mustahkamlangan qoidaga muvofiq «Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari amalga oshiradi».

Mazkur konstitutsiyaviy norma nihoyatda insonparvar va ezgulik bilan yo‘g‘rilgan qoidadir. Unda adolat bilan qonuniylik g‘oyalari yonma-yon, uyg‘un holda e’tirof etiladi. Darhaqiqat, jamiyatda ustuvorlik qiladigan qonuniylik ta- labi adolat mezonlari doirasida bo‘lmog‘i lozim. Shu ma’noda mamlakat Pre- zidenti Sh. Mirziyoevning quyidagi fikrlari iboratlidir: «Xalqimiz azaldan yuk- sak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirishni biz birinchi darajali vazifamiz, deb hisoblaymiz»1.

Qonuniylik talabi Konstitutsiyamizda o‘zining quyidagi talqinini topgan:

«Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar (15-modda)». «Qonuniylik prinsipi»ni barcha tomonidan mavjud qonunlarga og‘ishmay amal qilinishi va ularni qat’iy bajarilishi, deb talqin etish sobiq Ittifoq davrida ham mavjud edi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng biz demokratik, insonparvar, adolatli jamiyat barpo etish sari yo‘l tutganimiz bois «qonuniylik prinsipi»ga yangicha



«insoniy qiyofa» baxsh etish, uni inson manfaatlari nuqtayi nazaridan tushunish va talqin qilish tendensiyasi namoyon bo‘la boshladi. Avvalgi davrda «qonuniylik» faqat qonun normalariga qat’iy rioya etish, ularga bo‘ysunish sifatida tushuni- lar edi. Endilikda qaror topayotgan yangi tendensiya, yangicha yondashuvga muvofiq, avvalo, rioya etilishi talab qilinadigan qonunlarning mazmuni adolat




1 Mirziyoyеv Sh. Erkin vа fаrоvоn, dеmоkrаtik O‘zbеkistоn dаvlаtini birgаlikdа bаrpо etаmiz. – T.:

«O‘zbekiston», 2017. – 10-bеt.


mezonlariga to‘la mos bo‘lishi, insonparvarlik g‘oyasi va ruhi bilan sug‘orilgan, demokratik hamda xalqchil bo‘lishi lozim.



«Demokratik tarzda uyushtirilgan jamiyatda qonun adolat va tafakkur ifo- dasi bo‘lmog‘i lozim. Insoniyat asrlar mobaynida adolatli qonunlar haqida orzu qilib, ularga muqaddas haqiqat ramzi sifatida e’tiqod qilib kelgan»1. Davlat qo- nun ijodkorligi sohasida ham oqilona siyosat yuritishi lozim. «O‘zbekiston mus- taqil davlat sifatida hech kimga tobe bo‘lmagan qonunchilik siyosatini yuritadi. Yuksak nufuzli insonparvar, adolatli hamda demokratik qonunlar yaratish, qonunni inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash vositasiga aylantirish, jamiyat uchun umumiy manfaatli barcha munosabatlarni qonun yordamida muhofaza etish kabilar siyosatning asosini tashkil etadi»2. Ushbu siyosat aso- sida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotning muhim yo‘nalishlaridan biri

«ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qonunning oliyligini ta’minlash, uning mazmuni xalqchil, insonparvar va adolatli bo‘lishiga erishish, qonunning sifa- tini yaxshilash»3 dan iborat.

Qonuniylik prinsipi «qonun ustuvorligi» prinsipidan kengroq tushuncha bo‘lib, u qonun ustuvorligini ta’minlash masalalarini ham o‘z ichiga oladi. Qo- nuniylik deganda, nafaqat qonunlarga muvofiq ish tutish, balki barcha qonun- lar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish, ularni bajarish tushuniladi. Qonuniylikni zamonaviy talqinda kengroq tushunish uni huquqqa muvofiqlik tarzida tushunishni ifodalaydi. Huquq – haqiqat va adolat ifodasi degan konsepsiyadan kelib chiqilganda, huquqqa muvofiqlik ayni qonuniylik demakdir.

Qonuniylikni talqin etishdagi yangi tendensiyaning yana bir jihati – qo- nunning huquqiy bo‘lishi4. Tabiiyki, huquqiy davlat barpo etish, nafaqat davlat organlari faoliyatining huquq doirasida bo‘lishini, balki qonunlarning mazmuni ham tom ma’noda huquqiy bo‘lishini taqozo etadi. Chamasi, mamlakatimizdagi hozirgi islohotlar chog‘ida demokratik, adolatli huquqiy qonunning konsepsi- yasini ishlab chiqish, qonunning umumiy nazariy maketini vujudga keltirish lozim.



Qonunning ustuvorligi g‘oyasi bu hali huquqning to‘la tantanasi degani emas. Huquq – normalar tizimi ekanligidan tashqari, jamiyatning ijtimoiy ongida shakllangan, uning ma’naviy mulkiga aylangan adolat, erkinlik va teng- likni ifodalovchi ideal mezonlardir. Tabiiy huquq, uning asosida yaratilgan pozi-

1 Оdilqоriyev Х.T. O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа qоnun chiqаrish jаrаyoni. – T., 1995. – 28-bеt.

2 O‘shа joyda, 33–34-bеtlаr.

3 O‘shа joydа, 35-bеt.

4 I. Kаntning fаlsаfiy tа’limоtidа qоnunning аql muvоfiqligi vа huquqiyligi mаsаlаsi bаtаfsil аsоslаn- tirilgаn (Qаrаng.: Кант И. Основы метафизики нравственности. Критика практического разума. Метафи- зика нравов. – СПб., 1995, – 283–286-betlar)
tiv huquq davlat qonunlaridan ustun turadi. Shu bois Yevropaning ko‘pchilik davlatlari konstitutsiyalarida huquqning ustunligi prinsipi mustahkamlan- gan. Huquq ustunligi – bu ijtimoiy munosabatlarni insonning tabiiy huquqlari nuqtayi nazaridan, haqiqat va adolat mezonlari asosida tartibga solinishining yuksak darajasidir. Mamlakatimiz huquqshunosligi oldida turgan muhim ma- salalardan biri «huquq ustunligi» va «qonun ustunligi» prinsiplarining nisba- tini metodologiya jihatidan chuqur ilmiy-nazariy isbotlashdan iborat. Bunday ilmiy-ijodiy izlanish, shubhasiz, huquqiy tafakkurimizni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘taradi.

Milliy huquqshunosligimizda huquq ustunligi prinsipining tushunchasi, mohiyati va ahamiyatini izohlashga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar paydo bo‘layotganligi yuqorida biz asoslayotgan tendensiyaning isbotidir1.

Demokratik jamiyat barpo etayotgan huquqiy davlat qurish yo‘lidan bo- rayotgan va shu maqsadda tub islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatimiz uchun bugungi sharoitda (o‘tish davrida) qonun ustuvorligiga erishish vaziyat- ning ayni taqozosidir.

Huquq ustuvorligi (ustunligi) prinsipi biz kelgusida erishishga intilayotgan ideal tamoyil sifatida o‘z dolzarbligini saqlab qoladi. Istiqbolda, albatta, ijtimoiy hayotimizda huquq ustuvorligi tamoyili rahbariy mavqega ega bo‘ladi.

Ta’kidlash muhimki, qonunning ustunligini ta’minlash nihoyatda de- mokratik mazmundagi ishdir. Qonunga og‘ishmay itoat etilgan jamiyatdagina demokratiya qaror topadi va mustahkam bo‘ladi.



Qonunning oliyligi xususida gap borganda, avvalo, davlatning shoh qonuni hisoblangan Konstitutsiyaning oliyligini, ustuvorligini ta’minlash muhimligini e’tirof etish lozim. Konstitutsiya mamlakat huquqiy tizimining poydevoridir. U – xalqimizning davlat donishmandligi va siyosiy-huquqiy tajribasi samarasi tarzida yaratilgan.

Konstitutsiya normalari ibtido – asos sifatida ta’sis etuvchi xarakterga ega bo‘lib, ular bevosita amal qiladi. Birorta ham qonun yoki boshqa norma- tiv-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Konstitutsiyaning qoidalari joriy qonunlar yoki boshqa huquqiy hujjatlar vositasida muayyanlashtirilmaganligi tufayli ularni bajarmaslik va ularga rioya etmaslikka yo‘l qo‘yilmaydi.

Konstitutsiya va qonunlar har bir fuqaro uchun, har bir huquq sohibi uchun eng oliy qadriyat, mo‘tabar va muqaddas bo‘lmog‘i lozim. Biroq buning uchun Konstitutsiya va qonunlarning o‘zi nihoyatda adolatli, insonparvar, demokratik va oqilona bo‘lishi, jamiyatning yetilgan ehtiyojlariga hamda davr talablariga mos kelishi lozim.




1 Islоmоv Z.M. Kоnstitutsiya – huquq ustunligining аsоsi. – T., 2012.
Konstitutsiya Asosiy qonun sifatida mamlakatdagi normativ-huquqiy huj- jatlar tizimida ustunlik qiladi, «hukmron» mavqeni egallaydi. Uning normalari boshqa qonunlarning qoidalaridan yuqori oliy yuridik kuchga ega. Qolgan bar- cha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar konstitutsiya asosida, unga muvofiq va uning ijrosi uchun chiqarilgan. Bu madaniyati yuksak taraqqiy etgan mamlakatning qat’iy qoidasidir.

Qonun – jamiyat huquqiy tizimining eng muhim tarkibiy qismi, huquqni ifoda etishning oliy shaklidir. Qonun vositasi xalq (jamiyat) irodasining davlat amri darajasiga ko‘tarilishi, rasmiylashuvi, umummajburiy qoidaga aylanishi hamda mustahkamlanishi amalga oshadi.

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari tizimida qonunlar asosiy o‘rinni egallaydi. Qonun davlat oliy vakillik organining eng yuqori yuri- dik kuchga ega bo‘lgan aktidir. Qonunlar bevosita konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida, ularni hayotga joriy etish maqsadida chiqariladi.

Qonun oliy yuridik kuchga ega. Qonunning ushbu xususiyati quyidagi- larda namoyon bo‘ladi:




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish