Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet312/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Qonuniylik kafolatlari deganda huquqlardan foydalanish va yuridik

majburiyatni amalga oshirishga imkon beruvchi ijtimoiy taraqqiyotning obyek- tiv shart-sharoitlari va davlat hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan turli-tuman usul va vositalar tushuniladi. Qonuniy- likni kafolatlash jamiyatda qabul qilingan qonunlarni ijtimoiy hayotga tat- biq etishning garovi hisoblanib, davlat ularni qo‘riqlash va mustahkamlashni ta’minlovchi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, yuridik, ma’naviy va boshqa omillarga tayanadi. Agar qonunlar davlat tomonidan kafolatlanmasa, u ijtimoiy munosa- batlarni tartibga solishda yuridik ahamiyatga ega bo‘lmaydi.


Qonuniylikni amalga oshirishning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijti- moiy, jamoatchilik, huquqiy kabi kafolatlari mavjud.

Iqtisodiy kafolatlar – jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, samarali soliq tizimi, yuqori darajadagi ishlab chiqarish, moddiy ne’matlarning adolatli taqsimoti tizimining mavjudligi, iqtisodiyotning mustahkam huquqiy bazasi yaratilganligi bilan belgilanadi. Shuningdek, qonuniylikning iqtisodiy kafolati xilma-xil mulk shakllarining mavjudligi, monopoliyaning cheklanganligi, ijti- moiy inqirozning yo‘qligi, fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy va moddiy ta’minlanganligi bilan ham tavsiflanadi.

Jamiyatda qabul qilingan har bir qonun o‘zining iqtisodiy negiziga ega bo‘lishi lozim, chunki huquqiy normalarning amaliyotga tatbiq etilishi uchun muayyan sarf-xarajatlar talab qilinadi. Agar qonun qabul qilinsa-yu, lekin u iqtisodiy jihatdan ta’minlanmasa, amaliyotga tatbiq etila olmaydi. Ayonki, qonun normalarini amalga oshirish bevosita iqtisodiy manbalarga tayanadi.



Siyosiy kafolatlar – davlat va uning faoliyatini yuqori darajada tashkil qilinganligi, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining joriy etilganligi, davlat or- ganlarining Konstitutsiya asosida tuzilganligi, demokratik siyosiy tartibning mavjudligi va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Siyosiy kafolatlar mazmunini de- mokratiyaning mustahkamlanishi, davlat va jamiyat qurilishi, oshkoralik tar- zida jamoatchilik tomonidan ma’muriy organlar faoliyatini nazorat qilishning kengayishi, adolatli siyosiy tizimning shakllanishi va rivojlanishiga erishish tashkil etadi. Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan siyosiy normalarni amalga oshirish uchun fuqarolarning erkin fikrlashiga sharoit yaratilishi, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga nisbatan senzuraning bekor qilinishi kabi talab- lar qo‘yiladi va ular bajarilishi lozim.

Mafkuraviy kafolatlar – jamiyatda hurfikrlilik, so‘z va fikr, ma’naviy rivojlanish erkinligi, diniy bag‘rikenglikning amal qilishi va insonlarning yuqo- ri ma’naviyatga egaligida namoyon bo‘ladi. Aholi qonunlarni muqaddas bilib, uni hurmat qilishi hamda unga so‘zsiz bo‘ysunishiga huquqiy savodxonlik va huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, ommaning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali erishish mumkin.

Ijtimoiy kafolatlar – bunda qonunlar qabul qilishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining manfaatlari ustuvor inobatga olinishi lozim. Zero, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar oldida mamlakat barcha fuqarolari teng bo‘lib, qonun talablarini jamiyatning barcha a’zolari birday qabul qilishi shart. Shu bois qonun qabul qilish jarayonida uning norma- larida jamiyatning barcha ijtimoiy qatlamlari manfaatlarining inobatga olini- shi qonuniylikka erishishning garovidir. Shuningdek, qonuniylikka erishishda
mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosatni, ya’ni aholining bandlik darajasi yuqori- ligi, ishsizlikdan himoyalanishning kafolatlanganligi, aholi kam ta’minlangan qismining davlat tomonidan ijtimoiy himoyalanganligi katta ahamiyat kasb etadi.

Jamoatchilik kafolati – qonunlarni amalga oshirishda faqatgina davlat- ning tashabbusi yetarli emas. Qonunlarning ijrosini ta’minlashda davlat organ- laridan tashqari, mansabdor shaxslar, ayniqsa, keng jamoatchilik – mahalla, maktab va boshqa ta’lim muassasalari, xotin-qizlar kengashi, yoshlar ijtimoiy harakati, nodavlat tashkilotlar, kasaba uyushmalari muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun mazkur jamoat birlashmalari qonunlarning amalga oshirilishi hamda ular buzilishining oldini olishda faol ishtirok etishlari lozim. Fuqarolik jamiyati institutlari qanchalik faol va kuchli bo‘lsa, qonuniylikning jamoatchilik tomonidan kafolatlanishi shunchalik ta’sirchan bo‘ladi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish