Yuridik kafolatlar – qonunchilik faoliyati va huquqiy tizimning mu- kammalligi, jamiyat, davlat va fuqarolarning yuqori darajada huquqiy ong va madaniyatga egaligi, yuridik amaliyot va yuridik fan (ta’lim) ning rivojlangan- ligi bilan belgilanadi. Yuridik kafolat qonuniylikni ta’minlovchi kafolatlarning boshqa turlaridan keskin farq qiladi hamda samaraliroqdir. Chunki, yuridik kafolat qonunlar amal qilishi uchun asosiy garov hisoblanadi. Bunda huquqiy normalarning takomillashuvi, ularning bekamu-ko‘st tatbiq etilishi, shuningdek huquqiy normalar buzilishining oldini olishda mansabdor shaxslarning faoliyati va mas’uliyati katta o‘rin egallaydi.
Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash va qo‘riqlashda huquqiy kafolat ikki usulga, ya’ni: ishontirish va majburlash usullariga tayanadi. Ishontirish usuli keng xalq ommasiga qonunlar va huquqiy normalar mazmunini tushuntirish orqali, ular ongiga singdirish va boshqa tarbiyaviy choralar ko‘rish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda qonunlarga ixtiyoriy rioya qilinishiga erishiladi. Majburlash usulida qonunlar va boshqa huquqiy norma- lar buzilgan taqdirda, davlat organlari tomonidan majburiy choralar qo‘llash amalga oshiriladi. Shu tariqa qonunning bajarilishiga erishiladi. Umuman qo- nuniylikni ta’minlash va rivojlantirishda, avvalambor majburlash emas, balki ishontirish usuli asosiy o‘rin tutadi. Qachonki ishontirish ko‘zlangan natijani bermasa, huquqbuzar shaxs amaldagi huquqiy va ijtimoiy tartibotga qarshi o‘z harakatini davom ettirsa, shu vaqtdagina majburlash usuli qo‘llanilishi mum- kin. Majburlash hamma vaqt ishontirishga asoslanadi. Ishontirish usuli huquq- da mustahkamlangan yurish-turish qoidalarini ta’minlash maqsadida jamiyat a’zolari ongiga davlat va jamoat tashkilotlarining faol ta’sir qilishidir. Qonuniy- lik va huquqiy tartibotni ta’minlashda jamoatchilikka tayanish huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining ustuvor talabidir.
3-§.
Qonuniylikni ta’minlashda Konstitutsiyaning ahamiyati
Konstitutsiyamiz – Asosiy qonun sifa- tida, barcha qonunlarning, huquqiy tizimning o‘zagidir. U xalq manfaatini ifoda qiladi, xalq hokimiyatchiligini ta’minlaydi. Unda xalqning asosiy irodasi va intilishi har tomonlama o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish- ni o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan va ushbu maqsad yo‘lida jadallik bilan odimlamoqda. Huquqiy davlatning asosiy belgilari sifatida: huquq hukmronligi- ning tan olinganligi, inson huquq va erkinliklari ta’minlanganligi, hokimiyat- larning taqsimlanganligi, sud hokimiyatining mustaqilligi, rivojlangan fuqaro- lik jamiyati mavjudligi va boshqalarni e’tirof etish lozim.
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat va ijtimoiy hayotni tashkil etishning asosiy prinsiplar- dan biri sifatida mustahkamlangan. Bu huquqiy davlat bosh mezonining amal- dagi ifodasidir. Ushbu rahbariy g‘oyaning faol harakatini, ijrosini ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida shunday dedi: «Kanstitutsiya va qonun ustuvorligi hamda qonuniylik tamoyillarining so‘zsiz ta’minlanishi inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning muhim kafolatidir... Shu nuqtayi nazardan, Konstitutsiya hamda qonun talablariga og‘ishmay amal qilish ma’naviy savi- yamiz, madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart» 1.
Konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklari to‘liq mustahkamlab qo‘yilgan. Huquq va erkinliklar faqat qog‘ozda emas, balki, amalda ham o‘z ifo- dasini topmoqda. Har bir fuqaro konstitutsiyaviy huquqlarini to‘la anglab, ular- dan amaliy hayotda ravon foydalanish imkoniyatiga ega. Jamiyat a’zolarining o‘z huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va fuqarolik majburiyatlarini chuqur anglab yetishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» (1997-yil 29-avgust), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoyishi (2001-yil 4-yanvar) va shu kabi normativ-huquqiy hujjatlarning aha- miyati beqiyosdir.
Huquqni bilish va anglash huquqiy tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni talab qiladi. Huquqiy savodxonlik dastlab konstitutsiyaviy qoidalarni o‘rganishdan boshlanadi. Mamlaktimizda Konstitutsiyani o‘rganish, unda mujassamlangan
1 Xalq so‘zi, 2017-yil 8-dekabr.
g‘oya va talablarni aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish faoliyati muntazam tus oldi. Ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiyaning mazmuni, mohiyati, jamiyat hayotida tutgan o‘rni, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyatini yoritish keng o‘rin egalladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-bobida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi mustahkamlangan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi, birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalariga va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (15–16-mod- dalar).
Qonuniylikning belgilaridan biri bo‘lgan barcha huquq subyektlari uchun qonun talablarining istisnosiz majburiyligini jamiyatdagi demokratik teng huquqlilik prinsipidan ajratib bo‘lmaydi. Qonun hamma uchun joriy qili- nadi. Qonun oldida hamma teng. Qonunni bajarmaganlik yoki buzganlik uchun kim bo‘lishidan qat’i nazar, javobgarlikka tortiladi va buning uchun u asos hisoblanadi. Jamiyatda davlat organlari va jamoa tashkilotlari, shuning- dek, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun qonun (huquq) talablariga rioya etish majburiyati tengdir.
Shunday qilib, Konstitutsiya jamiyat hayotida qonuniylikka rioya etilishining negizi hisoblanadi. Fuqarolarning umumiy madaniy saviyasi, dav- lat apparati xizmatchilarining huquqiy bilim darajasining yuksakligi qonuniy- likni ta’minlashning muhim omilidir.
4-§.
Do'stlaringiz bilan baham: |