Qonunchilik funksiyasining mohiyati shundaki, bunda davlat (hukm- ron sinf, demokratiya sharoitida – butun xalq) o‘z irodasiga rasmiy majburiy siyosiy tus beradi. Ayni paytda uning mohiyati, butun siyosiy xarakteriga qaramasdan, voqelikni, ijtimoiy munosabatlar mazmunini nazariy anglashdan (hech bo‘lmaganda, shunday bilish taqozosidan) iborat. «Qonunchilik funksi- yasi, – irodaning amali emas, balki uning «nazariy energiyasi» bo‘lishlikdir. Bu yerda iroda o‘zini qonun o‘rniga o‘tkazmaydi: uning roli aynan haqiqiy qo- nunni (obyektiv taraqqiyot qonunini – X.O.) ochish va ifoda etishdan iboratdir. Qonun chiqaruvchi qonunlarni kashf etmaydi, balki ularni shakllantiradi, u faqat anglangan ijobiy qonunlarda ma’naviy munosabatlarning ichki qonun- larini ifoda etadi»1. Demak, hayotning, taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlari birlamchidir, qonun esa, ularni yuridik shakl sifatida qayd etadi. Qonun yaratishning mohiyati mana shundadir.
Davlat hokimiyati yuridik qonunlarsiz o‘z amalini topolmaydi. Shu sabab- li davlat ijobiy qonunchilik yuritadimi yoki sifatsizmi, bundan qat’i nazar, maz- kur faoliyatni albatta amalga oshiradi. Bu faoliyat bo‘lmasa, hech bir masala siyosiy ahamiyatlilik darajasiga ko‘tarila olmaydi. Zero, fuqarolik jamiyatining hamma ehtiyojlari ham... qonun tariqasida umumiy e’tirofga sazovor bo‘lish uchun muqarrar ravishda davlat irodasi orqali o‘tadi2. Buning sababi shuki, faqat qonunlargina obyektiv zarur bo‘lgan huquqning eng muhim xususiyat- larini imkon qadar ko‘proq va zamonaviy darajada o‘zida ifoda etib, uni davlat himoyasiga qo‘yishi mumkin.
1 K. Marks, F. Engels. Аsarlar. 1-jild. – 162, 359-betlar.
2 Marks K, Engels F. Tanlangan asarlar. – T., 1981, 3-jild. – 435-bet.
Davlat hokimiyatining xalq irodasiga va iqtisodiy ehtiyojlarga mos yuri- dik qonunlari jamiyatda mujassam huquq sifatida gavdalanadi. Bunday vaziyat faqat demokratiya sharoitida bo‘lishi mumkin. Aslini olganda, yuridik qonunlar qonun chiqaruvchi idora tomonidan qayd etilgan va shu idora tomonidan ochil- gan muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlar mavjudligining obyektiv qonuni- dan boshqa narsa emas.
Shunday qilib, huquq ijodkorligining ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarining yuqori saviyada muntazam bajarib turilishi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish samaradorligining oshishini, qonunchilik tizimining izchil tarzda takomillashuvini ta’minlaydi.
2-§.
Huquq ijodkorligining prinsiplari
Demokratik davlatda xalqning iroda- sini, ijtimoiy manfaat va ehtiyojlarni qonun darajasiga ko‘tarish huquq ijodkorligining mazmunini tashkil etadi. Ushbu o‘ta jiddiy
va mas’uliyatli jarayon muhim prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Agar shun- day prinsiplarga, ya’ni rahbariy g‘oya va qoidalarga tayanilmasa, huquqiy nor- malar tizimida sifat va samaraga erishib bo‘lmaydi. Eng asosiysi, xalq irodasi va manfaatlari ifodasini to‘liq ta’minlab bo‘lmaydi.
Shu bois mamlakatimizda amalga oshiriladigan huquq ijodkorligi quyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |