Ikkinchi bosqich – qonun loyihasini muhokama qilish. Qonun loyi- hasini muhokama etish qonun yaratish jarayonining muhim bosqichidir. Bu bosqich qonun chiqaruvchi organga qonun loyihasi taqdim etilib, u sessiya kun tartibiga kirgach boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev bu mavzuga e’tibor qaratib, «Qonunlarni qabul qilish jarayonida yangi tizim – aholi bilan muhokama qilish tizimini joriy etish lozim», – dedi. Ya’ni, «katta ahamiyatga ega, muhim qonun loyihalarini birinchi o‘qishda qabul qilgandan keyin ularni joylarda fuqarolar bilan keng muhokama qilish, ularning tak- lif va mulohalarini e’tiborga olib, loyihalarni takomillashtirgan holda ikkinchi o‘qishga kiritish tartibini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi»1.
Qaror topgan an’anaga ko‘ra, qonun loyihasi ikki xil tarzda muhokama qilinadi: aksariyat hollarda, umumiy qoidaga binoan, parlament – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarida muhokama etiladi; mamlakat hayotining o‘ta muhim masalalarini tartibga solishga qa- ratilgan qonunlarning loyihalari esa, keng xalq muhokamasiga chiqariladi. Barcha qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga qo‘yish majburiy qoida emas. Umumxalq muhokamalari so‘nggi yillarda qonunchilik tajribasida keng qo‘llanilayotgan demokratik institutdir.
Qonun loyihasi avval parlament muhokamasiga qo‘yiladimi yoki umumxalq muhokamasiga kiritiladimi, degan savolga aniq javob berish mushkul. Chunki parlament ba’zi loyihalarni avval o‘zi birinchi o‘qishda muhokama etib, zarur bo‘lsa, uni umumxalq muhokamasiga kiritish uchun matbuotda e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ba’zan esa, parlament loyihani umumxalq muho- kamasiga chiqarib, muhokama yakunlarini aniqlaganidan keyingina uni o‘z muhokamasidan o‘tkazib, qabul qiladi. Har qanday holatda ham umumxalq muhokamasidan o‘tgan qonun loyihasi yana parlament muhokamasidan o‘tadi, aks holda loyiha qonun sifatida qabul qilinmaydi.
Umumxalq muhokamasi aslida qonun loyihasi yuzasidan xalq bilan bo‘ladigan bevosita kengashuv, maslahatlashuvdir. Qonun loyihalarini umum- xalq muhokamasiga kiritish xalq ommasi tajribasini mujassamlashtirish, jamoatchilik fikrini aniqlash va qonunda xalq manfaatlari, xohish-irodasini to‘la-to‘kis aks ettirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 9-moddasiga muvofiq, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi. Bu qoida muhim qonun loyihalariga ham taalluqli. Umumxalq muhokamasini amalga oshirishning protsessual, tashkiliy jihatlari «Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida»gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Gap qonun loyihasini xalq
1 Mirziyoyev Sh. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak // Хalq so‘zi, 2017-yil 13-iyul.
muhokamasiga chiqarish to‘g‘risidagi qarorni kim, qaysi organ qabul qilishi, bu haqda tashabbus bilan chiqishga kimlar vakolatli ekanligi xususida bormoqda. Masalan, ushbu qonunga ko‘ra, qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga chiqarish haqidagi taklifni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari kiritishi mumkin. Loyihani bunday muhokamaga chiqarish to‘g‘risidagi qarorni esa, respublika parlamenti qabul qilishga haqli.
Qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqishda fraksiyalar va deputat- lar guruhlari ishtirok etishga haqli. Qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish natijalari asosida mas’ul qo‘mita uni Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish yoki qonun loyihasini kiritgan organga (shaxsga) qay- tarish to‘g‘risida Qonunchilik palatasining Kengashi oldiga masala qo‘yadi» (28-modda).
Qonun loyihasining asosiy muhokamasi Qonunchilik palatasining majlis- larida amalga oshiriladi. Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqa- sida, uch o‘qishda ko‘rib chiqadi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida mazkur qonun loyihasini qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar va moliyalash manbalari to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi. Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo‘yicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda uni birinchi o‘qishda qabul qilish yoki qonun loyihasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi muhokamasiga qonun loyihasining muqobil variantlari kiritilgan taqdirda ular bir vaqtda ko‘rib chiqilishi kerak. Qonun- chilik palatasi deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng ko‘p miqdordagi ovozini to‘plagan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilin- gan hisoblanadi. Qonun loyihasining qolgan variantlari Qonunchilik palatasi tomonidan rad etilgan deb topiladi.
Mas’ul qo‘mita qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida tushgan takliflarni umumlashtiradi. U asosli deb topgan takliflar qonun loyi- hasining matniga kiritiladi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilayot- ganida mas’ul qo‘mita ma’qullagan takliflar ham, ma’qullamagan takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish moddama-modda o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo‘yicha qonun loyihasini ma- romiga yetkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun palataga kiritish
muddatini belgilagan holda uni ikkinchi o‘qishda qabul qilish yoxud qonun loyihasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Uchinchi o‘qishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdan yaxlitligicha ovozga qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |