Odilqoriyev X. T


-§. Huquqni amalga oshirish usullari va shakllari



Download 1,25 Mb.
bet281/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

2-§.
Huquqni amalga oshirish usullari va shakllari



Avval ta’kidlanganidek, huquqni amal- ga oshirish murakkab jarayon bo‘lib, ma’lum muddat mobaynida bosqichma-bosqich amal- ga oshiriladi. Bu jarayonda subyektiv huquq

va majburiyat sohiblari bo‘lgan shaxslar bilan bir qatorda, davlat ham o‘zining huquq ijod qiluvchi, huquqni ijro etuvchi, huquqni qo‘llovchi organlari orqali ishtirok etadi. Huquqni amalga oshirish jarayoni huquqni hayotga joriy etish usullari va shakllarining uyg‘unligidir. Ma’lumki, huquq normalari – bu gi- poteza, dispozitsiya va sanksiyalarning birligi hisoblanib, uning mazmuni amalga oshirishning ikki darajasi yoki usulini talab etadi: birinchisi, normal tatbiq etish – huquqiy xatti-harakatda dispozitsiyani ro‘yobga chiqarish; ik- kinchisi, huquqbuzarga, davlat hokimiyati tomonidan majburiy xulq-atvor chorasini qo‘llash orqali sanksiyani tatbiq etish.

Huquqni ijobiy, risoladagidek amalga oshirish usullaridan biri – huquqiy xatti-harakat hisoblanadi. Bu huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo‘lgan, ongli ravishdagi xulq-atvoridir.


Normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan qoidalarni qo‘llanish darajasiga ko‘ra, huquqni amalga oshirishning to‘rt xil shakli farqlanadi:



  1. huquqiy munosabatlar ishtirokchilari uchun umumiy vazifalar va prin- siplar o‘z ifodasini topgan qonunlarning muqaddimalarida ko‘zda tutilgan ta- lablarni ro‘yobga chiqarish;

  2. huquq subyektlarining huquqiy maqomi hamda vakolatlari doirasini o‘rnatuvchi umumiy normalarni tatbiq etish;

  3. muayyan huquqiy munosabatlarga tegishli bo‘lgan huquqiy normalarni joriy etish;

  4. huquq normasini vakolatli davlat organlari tomonidan hokimona tarzda qo‘llash.

Huquqni amalga oshirish huquqiy munosabatlar subyektlari doirasiga ko‘ra ham tasniflanadi. Huquqni amalga oshirishda ishtirokchilarning juda ko‘p guruhi qamrab olinadi. Huquqni amalga oshirish subyektlariga ko‘ra, individual va jamoa tomonidan huquqni tatbiq etish farqlanadi. Huquq normalarining ishtirokchilar xulq-atvorida mujassamlanishi uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning muayyan darajadagi amaliy faoliyati talab qili- nadi. Huquq normalari kishilarning muayyan munosabatlariga nisbatan tatbiq qilinadi va shunga ko‘ra muayyan huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki to‘xtashi sodir bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublika- sida huquqni amalga oshirishda O‘zbekiston xalqi, milliy davlat tuzilishi bilan bog‘liq munosabatlarda – millatlar va elatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat organlari, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar ishtirok etadi. Huquqiy tartibga solish pirovard natijada ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqda o‘z ifodasini topgan talablar va imkoniyatlar mujassamlashuvchi xulq-atvorida namoyon bo‘ladi. Huquqni amalga oshiruvchi subyektlar faoliyati xususiyatiga ko‘ra, huquqni amalga oshirishning uch xil shaklini ko‘rsatish mumkin – huquq normasiga rioya qilish, huquq normasini bajarish va huquq normasidan foydalanish:

Birinchi shakl huquq normasi talablariga rioya etish. Bu yerda

taqiqlovchi va muhofaza qiluvchi normalar amalga oshadi. Rioya etish amalga oshirishning bir shakli bo‘lib, u subyektlarning yuridik taqiqlarga mos ravishda ish ko‘rishida ifodalanadi. Bu shaklga subyektlarning passiv xulq-atvori xosdir. Ular yuridik normalar bilan man etilgan harakatlarni bajarmaydi, ya’ni o‘zlariga yuklangan passiv majburiyatlarni bajaradilar. Muhofaza qiluvchi normalarning barchasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmasa-da, norma ma’nosidan mantiqan kelib chiquvchi taqiq ifodalanadi: agar biron-bir harakat uchun norma sanksiyasida yuridik javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ravshanki, bunday ha- rakatni qonun chiqaruvchi organ man etgan. Masalan, bunday taqiqlar Jinoyat


kodeksi Maxsus qismi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks Maxsus qismi normalari bilan belgilangan.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish