Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet280/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

oshirish – davlat tomonidan yuridik mustahkamlangan va kafolatlangan im- koniyatlarni ro‘yobga chiqarish, ularni odamlar va ularning tashkilotlari faoli- yatida hayotga tatbiq etish demakdir. Yuridik adabiyotlarda «huquqiy normani amalga oshirish», «huquqni tatbiq etish», «huquqiy normalarni tatbiq etish»,

«huquqiy normani qo‘llash» kabi tushunchalar yuzasidan yakdil fikr yo‘q. Le- kin, huquqiy normalarni tatbiq etish – huquqiy normalarni amalga oshirishni anglatishi aksariyat nazariyotchi olimlar tomonidan tan olinadi.

Etimologiya nuqtayi nazaridan «amalga oshirish» ma’nosini bildiradigan

«realizatsiya» atamasi lotinchadan olingan bo‘lib, «realis» – moddiy yoki mod- diylashtirish degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bu so‘z ko‘proq u yoki bu reja, dastur va loyihalarni, maqsadlar va hokazolarni amalga oshirish yoki ular- ni tatbiq etish ma’nosida qo‘llaniladi. Huquq mafkuraviy hodisa bo‘lib, muayyan
imkoniyat sifatida odamlar harakatida, faol xulq-atvorida, moddiy va ma’naviy boyliklar, ne’matlardan foydalanishda ro‘yobga chiqadi, moddiylashadi. Ayni vaqtda, uni amalga oshirish yana bir ma’noga ega: boshqa imkoniyatlar(rejalar, dasturlar, niyatlar va sh.k.)dan farqli o‘laroq, huquq amalga oshirish imkoniyatining ko‘proqligi bilan tavsiflanadi, kafolatlar bilan ta’minlanadi. Tahlil qilinayotgan tushunchani izohlovchi yana bir holat shundan iboratki, huquq tabiiy va ijobiy, obyektiv va subyektiv huquqni o‘z ichiga oluvchi serqirra hodisadir. Huquqni amalga oshirish institutini uning serqirra mazmunini hisobga olgan holda talqin etilishi lozim.

«Huquqni amalga oshirish» kategoriyasi yuqoridagi mazmunga mos ke- ladi. Darhaqiqat, huquq nomoddiy ko‘rinishga ega bo‘lsa ham, u kishilarning faoliyatida, faol xulqi va yurish-turishlarida, ularning moddiy va ma’naviy qadri- yatlardan foydalanganlarida moddiylashadi. Demak, huquqni amalga oshirish – uning talablarini huquqiy munosabatlar ishtirokchilari faoliyatida namoyon bo‘lishi, uning ko‘rsatmalarini huquqiy xatti-harakatga aylantirishni anglatadi. Yuridik talqini va mohiyatiga ko‘ra, huquqni amalga oshirish davlat – hokimiyat xarakteriga ega bo‘lgan faoliyat bo‘lib, u qonunda mustahkamlan- gan irodaga muvofiq ro‘y beradi. Uning yakuniy natijasi – qonunning talabini bajarish yoki undagi taqiqqa yarasha o‘z xatti-harakatlaridan tiyilish, ularni

cheklashdan iborat bo‘ladi.

Huquqni amalga oshirish o‘zaro ichki bog‘langan, tarkibiy qismlari bir- birini taqozo etadigan murakkab mexanizm sifatida maydonga chiqadi. Maz- kur mexanizm biror-bir elementining oqsashi yoki yetarli darajada ishlamasligi huquqni ro‘yobga chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Huquqni amalga oshirish natijasida inson huquq va erkinliklari muhofaza etiladi, xalqning davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtiroki ta’minlanadi, mulk (xususiy mulk) qo‘riqlanadi, tadbirkorlik rivojlantiriladi va qo‘llab-quvvatlanadi, ijtimoiy va huquq-tartibot mustahkamlanadi. Huquq amalga oshirilgan taqdirdagina shaxs va jamiyat uchun ma’no va ahamiyat kasb etadi. Agar huquq hayotga tatbiq etilmasa, u muqarrar tarzda o‘lik hodisadir. Huquq normalarining bosh vazi- fasi shundan iboratki, ular shaxs huquqlarining mazmunini aniqlashga yordam beradi va shu tariqa uni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

O‘z tabiati, mantig‘i jihatidan huquqni amalga oshirish – zamon va ma- konda yuz beruvchi murakkab jarayon. Unda nafaqat taraflar, subyektiv huquq va majburiyatlarning egalari, balki davlat o‘zining huquq ijodkorligi, huquqni ijro etuvchi, huquqni qo‘llovchi organlari orqali ishtirok etadi. Huquqni amalga oshirish, huquqni hayotga tatbiq etish jarayoni sifatida, birinchidan, huquqni amalga oshirishning yuridik mexanizmlarini, ikkinchidan, huquqni bevosita amalga oshirishning shakllarini o‘z ichiga oladi. Huquqni amalga oshirishning
yuridik mexanizmlari xilma-xil bo‘lib, ularning mazmuni u yoki bu mamlakat huquqiy tizimining xususiyatlari bilan belgilanadi. Mamlakatimiz huquqiy tizimida huquqni amalga oshirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat.

Dastlabki bosqich – tabiiy huquqni qonun darajasiga ko‘tarish (ijo-

biy huquq), uni normativ shaklda ifodalash. Tabiiy huquqning o‘zagini inson huquqlari, uning inson va jamiyat tabiatidan kelib chiquvchi ijtimoiy-huquqiy talablari tashkil etadi. Bu talablarni qanoatlantirish uchun davlat ularni qonun yo‘li bilan, normativ darajada tan olishi kerak. Inson huquqlarini qonun dara- jasiga ko‘tarish: a) ularni konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni; b) ularni amaldagi qonunchilik hujjatlarida mustahkamlashni nazarda tutadi.



Ikkinchi bosqich – qonunni amalga oshirishning har xil mexanizmlari

ishga solinadi. Bu mexanizmlar yordamida qonun qoidalarini subyektiv huquqlar va yuridik majburiyatlarning muayyan mazmuniga o‘tkazish amalga oshiriladi. Bu mexanizmlar rang-barangdir, chunonchi, unga qonunni hukumat, vazirlik- lar, idoralar, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonun osti normativ hujjatlari- da va mahalliy ahamiyatga molik boshqa normativ hujjatlarda aniqlashtirish; qonun normalarini rasmiy sharhlash, hujjatlar orqali tushuntirish; qonunni qabul qilish, qo‘llash va majburiy ijro etish taomillarini tartibga soluvchi protsessual normalar; huquq normalarini qo‘llashga doir har xil hujjatlar kiradi. Davlat organlarining huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish borasidagi faoliyati ham shu bosqichga kiradi.

Yakunlovchi bosqich – huquqni bevosita amalga oshirishdan iborat.

Aynan shu bosqichda huquqlar abstrakt imkoniyatdan real voqelikka aylanadi va bu huquq sohibining xohish-irodasiga ko‘ra yuz beradi, ya’ni huquqning amalga oshish-oshmasligi, agar amalga oshirilsa, bu qachon va qay darajada yuz berishi huquq subyektiga bog‘liq bo‘ladi.

Dunyo davlatlarida huquqni amalga oshirish o‘z xususiyatlariga ega. Masalan, anglo-sakson huquqi mamlakatlarida huquqni amalga oshirish ja- rayoni boshqacha kechadi. Huquqiy talablarni, ya’ni tabiiy huquqni majburiy norma darajasiga ko‘tarish sud tomonidan amalga oshiriladi. Sud muayyan yuridik ishni ko‘rib chiqar ekan, yuzaga kelgan nizoning haqiqiy holatlari, taraflarning da’volarini mufassal tahlil qiladi va ularning o‘zaro huquq va majburiyatlarini aniqlab, janjalni hal qiladi. Ishni hal qilish chog‘ida presedent – o‘xshash ish bo‘yicha ilgari chiqarilgan sud qarori normativ asos sifatida maydonga chiqadi.

Mazkur huquqiy tizimda huquqiy talabni amalga oshirish mexanizmi roman-german huquqiy tizimidagi shunday mexanizmga qaraganda soddaroq, chunki oldindan qonun yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yishni taqozo etmaydi. Sudyaning o‘zboshimchaligi xavfini oshirib ko‘rsatish yaramaydi, chunki sud


qarori ustidan yuqori sudga shikoyat berish imkoniyati doimo mavjud bo‘ladi. Masalan, anglo-sakson huquqi vujudga kelgan Angliyada oliy sud instansiyasi vazifasini Angliya Parlamentining yuqori palatasi – Lordlar palatasi bajaradi.

Shunday qilib, huquqni amalga oshirish nimaligini tushunish uchun quyi- dagilarni anglab olish kerak: huquqni tatbiq etishdan amalda subyektiv huquqqa ega bo‘lgan shaxs, ya’ni huquq subyektigina manfaatdordir. Boshqa barcha shaxslar – majburiyat olgan taraf, huquqni qo‘llovchi, qonun chiqaruvchi organ pirovard natijada vakolatli shaxs manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radi. Ko‘rsatilgan shaxslar va organlar faoliyati, bu faoliyatni tartibga soluvchi yuridik norma- lar jamuljam holda huquqni amalga oshirishning murakkab va ko‘p jihatli mexanizmini tashkil etadi. Binobarin, huquqni amalga oshish-oshmasligi masala- sining yechimi bu huquq sohibiga bog‘liq bo‘ladi. Huquqni amalga oshirish mexanizmi faqat uning xohish-irodasiga ko‘ra ishga solinishi mumkin. Mazkur mexanizmning mavjudligi, uning sifatli va samarali ishlashga qodirligi muhim- dir. Subyektiv huquqni himoya qilish mexanizmlari, ya’ni yuridik javobgarlik mexanizmlari huquqni amalga oshirishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Himoya qilish jarayonida huquq tiklanadi va yana uni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Yuridik javobgarlik subyektiv huquqlarni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni muayyan darajada ta’minlaydi va shu tariqa ularni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratadi.








Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish