Odilqoriyev X. T


XVII bob. HUQUQNING HARAKATLANISHI VA UNI AMALGA OSHIRISH



Download 1,25 Mb.
bet279/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

XVII bob. HUQUQNING HARAKATLANISHI VA UNI AMALGA OSHIRISH



1-§.
Huquqning harakatlanishi va uni amalga oshirish tushunchasi hamda bosqichlari

susida bormoqda.

Huquqning asl qadr-qimmati, ijtimoiy ahamiyati uning kishilar ongi-irodasiga ta’sir etish orqali insonlar o‘rtasidagi munosabat- larni tartibga sola olish salohiyatida namo- yon bo‘ladi. Gap huquqning real hayotga joriy qilinishi, ya’ni uning harakatlanishi xu-


Huquqning harakatlanishi, amal qilishi uning funksional holati ifodasi- dir. Huquqning jamiyat hayotida o‘z amalini topib, ijtimoiy munosabatlarning mazmuniga singishi, ularni me’yoriy tartibga solishda ifodalanadigan ijtimoiy manfaatli vazifani bajarishi uning funksional jihatini tashkil etadi. Huquqning harakatlanishidan muayyan ijobiy samara kutiladi. Buning uchun huquq amal- ga oshirilishi, hayotga tatbiq etilishi lozim. Huquq normalari bevosita hayotga, turmush amaliyotiga joriy etilgan taqdirdagina jamiyat, inson va davlat uchun foydali hamda manfaatli bo‘lishi mumkin. Huquq qanchalik sobitlik bilan, izchil amalga oshirilsa, ijtimoiy munosabatlar shunchalik samarali tartibga solinishiga erishiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ma’qullangan



«2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da belgilangan besh ustuvor yo‘nalishdagi muhim vazi- falarni muvaffaqiyatli bajarish uchun amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyotini va ilg‘or xorijiy tajribani chuqur tahlil etish asosida ish tutish e’tiborga molik jihatdir1. Ushbu g‘oya davlat boshlig‘i Sh. Mirziyoevning ma’ruzalarida yanada aniq ifoda etilgan: «Konstitutsiyamizda belgilangan qo- nun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir... Asosiy masala – qonunlarning... ijrosini to‘g‘ri tashkil etish hamda qonun talablariga qat’iy amal qilishni ta’minlashdan iboratdir»2.




1 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidаgi fаrmоni. – T., 2017. – 4-bеt.

2 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 8–9-bеtlаr.

Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning samarasi, unumdor- ligi ko‘p jihatdan huquqni to‘g‘ri amalga oshirishga bog‘liq. Agar huquq tatbiq etilmasa, insonlar xatti-harakatida o‘zining mujassam ifodasini topmasa, ijtimoiy tartibga soluvchi vosita sifatidagi qiymatini yo‘qotadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlab o‘tganidek, «qonunlarni qabul qilish – bu ish- ning bir qismi xolos». Lekin eng muhim masala ularni hayotga tatbiq etishdir.



Huquqning talqini oxir-oqibatda uning ijtimoiy munosabatlarning regulyatori bo‘la olishiga, tartibga solish qobiliyatiga borib taqaladi. Huquqning qadriyat sifatidagi mantig‘i – uning insonlarning ongi va irodasiga ta’sir o‘tkaza olish qobiliyatidadir. Aynan shu narsa huquqning harakatlanishi masalasini dolzarb mavzuga aylantiradi.

Huquqning harakatlanishi yoki amal qilishi – huquqning muayyan ma-

kon, zamonda tegishli shaxslar doirasidagi ijtimoiy munosabatlarga qadriyatlar nuqtayi nazaridan maqsadli, axborot yetkazuvchi omil va bevosita tartibga soluvchi ta’sir etishidir.

Huquqning harakatlanishi ijtimoiy modellarni va abstrakt qadriyatlarni real hayotga o‘tkazishda namoyon bo‘ladi. Huquqning harakati uning alohida shaxslar, guruhlar xulq-atvorida, jamiyat hayot tarzida adolat mezonlarini ta’minlashga oid mohiyatini ro‘yobga chiqarishdir. Huquq ijtimoiy kuch sifatida ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish jarayonida o‘z salohiyatini namoyon qiladi. Huquqning harakatlanishini davlatdan ajratilgan holda talqin etish mum-

kin emas. Hozirga qadar hech bir jamiyat davlatning ishtirokisiz adolat muhitini ta’minlay olgan emas. Hamma yerda davlat huquqiy normalarning harakatlani- shini, amalga oshishini ta’minlaydi. Davlat huquqiy tartibga solish vositalarini (mexanizmlarini) yaratadi, huquqning pirovard maqsadlariga erishish uchun ushbu vositalarni (mexanizmlarni) ishga soladi.

Huquq harakatlanishining asosiy ko‘rinishi sifatida huquqni amalga


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish