Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet278/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

mokratlashtirish, sud-huquqiy islohotini amalga oshirish. Sud islohoti huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati umumiy shakllanish jarayonining ajralmas zaruriy tarkibiy qismidir. Sud-huquqiy islohoti mamlakatda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari bilan teng, mustaqil kuchli sud hokimiyatini vujudga keltirishning muhim omilidir.

Sud hokimiyati – uch hokimiyatning biri, uning yuksak nufuzli huquqiy holati jamiyat va davlat hayotida inson huquqlari, demokratiya va qonuniylik barqaror bo‘lishining asosiy shartidir. Zero, sud hokimiyatining vazifasi – fuqa- rolarning huquq va erkinliklarini, mamlakat konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini ta’minlash, qonunlarni va boshqa normativ hujjatlarni ijro etish va qo‘llashda qonuniylik hamda adolat uchun kurashishdan iborat.

Mustaqil O‘zbekistonda davlat hokimiyatining taqsimlanishi real joriy etilishi bilan chinakam tom ma’nodagi sud hokimiyatining qaror topishiga yo‘l ochildi. Bu o‘rinda o‘ta muhim narsa – sudning davlat hokimiyatining bir bo‘g‘ini sifatida tegishli qat’iy vakolatlar sohibi ekanligini tan olishdir. Jamiyat




1 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 10-bеt.
ijtimoiy ongi sud hokimiyatini e’tirof etishi, unga ko‘nikishi lozim. Sud hokimi- yati davlatning muayyan sudlov siyosatini shakllantiradi va ro‘yobga chiqaradi. Sudlov siyosatining asoslari qonunda o‘z aksini topadi va sud muassasalari faoliyati orqali hayotga tatbiq etiladi.

O‘zbekistonda mustaqil, adolatli sud hokimiyatini qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Endigi islohotlarning bosh vazifasi sudni adolat va haqiqat posboniga aylantirishdan iborat. Pirovardida sudga munosabat tubdan o‘zgarib, unga hurmat shakllanishi lozim. Buning uchun sud organlari faoliyatining huquqiy asoslarini qadam-baqadam takomillashtirib borish zarur. Mazkur huquqiy asos sud va sudyalarning hokimiyatning boshqa barcha tar- moqlaridan haqiqiy mustaqilligini, sud qarorlarini qabul qilishda ularning faqat qonunga bo‘ysunishini ta’minlashi lozim. Bu huquqiy asos demokratizmni, xolislikni, sudning hammabop bo‘lishini, sudning himoya doirasi kengayishini ta’minlashi lozim.

Mamlakatimizda sud islohotlarini jiddiy jonlantirishda, uni yangicha yon- dashuvlar asosidagi yangi bosqichga ko‘tarishda «O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» alo- hida o‘rin tutadi. Mazkur Strategiyaning ikkinchi ustuvor yo‘nalishi «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish» deb nomlan- gan. Unda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sud tizimini demokratlashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni kafolatlash, sud faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish, sud-huquq tizimida qonuniylikni mustahkamlash kabi muhim masalalar belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi «Sud- huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga va 2017-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari mamlakatimiz sud tizimini izchil demokratiyalash, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning huquq, erkinlik va qo- nuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini kafolatlash borasida katta qa- dam bo‘ldi. Ushbu farmonlar tufayli sud tizimida jiddiy tub islohiy o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi yagona oliy sud organiga aylandi; xo‘jalik sudlari va harbiy sudlar tugatildi; iqtisodiy va ma’muriy sudlar tashkil etildi; Sudyalar oliy kengashi tuzildi, u sudyalik lavozimiga tanlash va tayin- lash vakolatlariga ega bo‘ldi; sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash) birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yilga, shundan so‘ng muddatsiz davrga deb belgilandi. Yuqoridagi masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyasiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.


Yuqorida bayon etilgan barcha ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va tashkiliy chora- tadbirlar jamiyatimizda sudning yuksak nufuzini ta’minlashga, uning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Mustaqil, xo- lis, demokratik sud tizimini vujudga keltirish pirovardida inson manfaatlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatli muhofaza etishga xizmat qiladi. Shunday qilib, huquqiy tizim sohasidagi islohotlar, demokratlashtirish va liberallashtirish choralari, katta mas’uliyat talab etadi. Islohotlar huquqiy tizim tarkibiga kiruvchi barcha bo‘g‘inlarni qamrab oladi. Demak, har bir bo‘g‘inda ro‘y berayotgan o‘zgarish va jarayonlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Huquqiy islohotlarga keng qamrovli va kompleks yondashish lozim.

Ana shundagina islohiy kuch-g‘ayratimiz va ijodiy faoliyatimiz ijobiy samaralar berishiga umid bog‘lash mumkin1.






1 Qаrаng: Оdilqоriyev H.T. Kоnstitutsiya vа fuqаrоlik jаmiyati. – T., 2002. – 137-bet.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish