Odilqoriyev X. T


Ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qonunning ustuvorligini ta’minlash



Download 1,25 Mb.
bet275/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qonunning ustuvorligini ta’minlash. Qonunning mazmuni xalqchil, insonparvar, demokratik va adolatli bo‘lishiga erishish, uning sifatini muttasil yaxshilab borish hamisha o‘z dolzarbligini saqlab qolayotgan mavzudir. Mazkur yo‘nalishda, avvalo:

    • amaldagi qonunlarni inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarga mos- lashtirish bo‘yicha muntazam ishni yo‘lga qo‘yish va shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi insti- tuti faoliyatini yanada faollashtirish lozim;

    • qabul qilingan va endi yaratiladigan qonunlar mazmunini «Qonun

bilan taqiqlanmagan hamma narsaga ruxsat etiladi» (fuqarolar uchun) va

«Qonunda belgilangan narsalargagina ruxsat etiladi» (davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun) prinsiplari asosida qayta ko‘rib chiqish kerak;

    • inson huquqlari va erkinliklari ustuvor ta’minlanishi prinsipidan kelib chiqib, qonunchilik mazmunidagi etatizmdan voz kechish va inson manfaatla- rini yoqlovchi huquqiy tartibga solish mexanizmini joriy etishga bosqichma- bosqich o‘tish;

    • Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlashning yuridik, tashkiliy, ma’naviy-axloqiy mexanizmlarini vujudga keltirish. «Qonunning us- tuvorligi bizning islohotlar modelimizdagi yetakchi tamoyildir. U huquqiy dav- latning asosiy mezonlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi»3;

    • Konstitutsiya va qonunlarning amal qilish mexanizmini va ularni aniq hamda og‘ishmay qo‘llash amaliyotini joriy etish lozim.

Konstitutsiyaviy islohotlar – huquqiy islohotlarning markaziy bo‘g‘ini.

Jamiyat ehtiyojlari va taraqqiyot manfaatlariga mos tarzda Konstitutsiyaning takomillashtirilishi mamlakat konstitutsiyaviy tuzumini, siyosiy tizimni barqa- rorlashtirish garovi hisoblanadi. O‘zbekistonda amalga oshayotgan konstitutsi- yaviy mazmundagi muhim o‘zgarishlar pirovardida Konstitutsiyaning o‘zini ham takomillashtirishga sabab bo‘lmoqda. Masalan, 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida mamlakatda ikki palatali parlament tuzish g‘oyasi yoqlab ovoz berildi. Shu asosda 2002-yil 4-aprelda «Referendum yakunlari va davlat hokimiyatini tashkil qilishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi






1 Хаlq so‘zi, 2017-yil 13-iyul.

2 Хаlq so‘zi, 2017-yil 13-iyul.

3 Qаrаng: Islоm Kаrimоv Kоnstitutsiya to‘g‘risidа. – 417-bet.
konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Ushbu konstitutsiyaviy qonunning aha- miyatini izohlab, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov:

«... u referendum natijalarini qonunchilik tilida ifodalab – muhrlab beradi va Konstitutsiyamizga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga asos bo‘ladi»1, – dedi. Ushbu bashorat tez orada qonun ijodkorligi amaliyotida o‘z tasdig‘ini topdi. 2002-yil 12-dekabrda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar, 2003-yil 24-aprelda Konstitutsiyaning davlat hokimiyati organlari tashkil etilishiga oid boblariga ikki palatali parla- ment joriy etilishi bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi2. Bunda parlament palatalarining vakolat- lari mustahkamlandi, Prezident va Hukumatning vakolatlari qayta shakllan- tirildi, saylov qonunchiligiga oid konstitutsiyaviy normalar takomillashtirildi.



2007-yil 11-aprelda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokrat- lashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar- ning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun aholining ijtimoiy, siyosiy faolligini kuchaytirishda, chinakam ko‘ppartiyaviylikni rivojlantirishda, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda g‘oyat muhim rol o‘ynadi. U parlamentdagi turli siyosiy yo‘nalishlarga amal qiluvchi partiyalar fraksiyalarining huquqiy maqomini aniq belgilab berdi, ular- ning qonun ijodkorligi ishi samaradorligini oshirishda tutgan o‘rni, fraksiyalararo sog‘lom tortishuvni sezilarli darajada oshirdi. Parlamentdagi ko‘pchilikning va par- lamentdagi muxolifatning huquqlari qonunchilik yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yildi. 2008-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to- monidan «Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bi- lan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun ma’qullandi. Mazkur qonun mamlakatimizning saylov

qonunchiligini izchil demokratlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.



Konstitutsiyaviy islohotlar so‘nggi yillarda faol va maqsadli o‘tkazilayot- ganligiga e’tibor qaratish lozim. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlan- tirish konsepsiyasidan kelib chiqib, 2011-yil 18-aprelda qabul qilingan Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-mod- dalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu yangiliklar hokimiyat tar- moqlari mustaqilligining oshishiga, ularning o‘zaro bir-birini tiyish mexanizm- larini takomillashtirishga yo‘naltirildi. Parlamentda Hukumatning hisobotini tinglash, Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish institutlari joriy etildi.




1 Kаrimоv I.А. Хаvfsizlik vа tinchlik uchun kurаshmоq kеrаk. T.10. – T.: «O‘zbekiston», 2002. – 319-bet.

2 Хаlq so‘zi, 2003-yil 25-аprеl.
2014-yil 16-apreldagi Qonun bilan Asosiy qonunimizning 32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda jamoatchilik va parlament nazorati institutlari, mahalliy vakillik hokimiyati organlarida ma- halliy hokimlarning hisobotini tinglash masalalari konstitutsiyaviy darajada belgilandi. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi doimiy ishlovchi konsti- tutsiyaviy organga aylantirildi.

Prezident tashabbusi bilan 2017-yil 28-martda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80, 81, 83, 93, 107, 110, 112-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunga muvofiq, Oliy xo‘jalik sudi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi. Sud tizimida xo‘jalik sudlari tugatilib, ayni vaqtda iqtisodiy va ma’muriy sudlar tuzildi. Sudyalar korpusini shakllantirish ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi1.

Bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olib yuridik texnika qoidalariga rioya etgan holda qonunchilikni sistemalashtirish, ayniqsa kodeks- lashtirish. Hozirga qadar Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, Yer kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Oila kodeksi, Jinoyat kodeksi va boshqa kodekslar qabul qilindi. Biroq, barcha kodekslarimiz va joriy qonunlarimiz bozor munosabatlariga to‘la moslashtirib bo‘lindi, deyishga hali erta. Bu boradagi xalqaro tajribani puxta o‘rganish va o‘z milliy xususiyatlarimizni, huquqiy qadriyatlarimizni e’tiborga olgan holda qonunlarimizni yanada takomillashtirish zarur bo‘ladi. Qonunchilikni sistemalashtirish bilan bir vaqtda qonunosti normativ-huquqiy hujjatlarning iyerarxiyasida mutanosiblik va batartiblikni ta’minlash lozim. Idoraviy nor- mativ-huquqiy hujjatlarning qonunga mosligini ta’minlash sohasidagi ishlarni davom ettirish o‘rinlidir.


Huquqni muhofaza etish idoralari faoliyatini liberallashtirish ham demokratik islohotlarning muhim yo‘nalishi.

2001-yil 29-avgustda Oliy Majlisning VI sessiyasida «Prokuratura to‘g‘risida» gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bunda, xususan, prokura- tura faoliyatidan umumiy nazorat yo‘nalishi chiqarib tashlandi. Shuningdek, prokuratura endi ishlarni sudda ko‘rilishi chog‘ida qonunchilikka rioya etili- shi ustidan nazorat munosabati bilan sudlarning ishiga aralashmaydi, balki sud muhokamasining barcha bosqichlarida va qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi masalalar sud tomonidan ko‘rilayotganda ishtirok etadi. 2016-yil avgustida O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinib, shu yil 16-sentabrda imzolandi. Mazkur




1 Хаlq so‘zi, 2017-yil 29-mаrt.
qonun mamlakatda ichki ishlar organlar faoliyatining barcha yo‘nalishlarini huquqiy tartibga solishga xizmat qiladi1.

Zikr etilgan huquqiy hujjatlarda prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyatida, ayniqsa ularning tergov faoliyatida, inson huquqlari va manfaat- lari ustuvor ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarning himoyaga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash maqsadida advokaturaning faoli- yati takomillashtirilmoqda. Prokuratura, Adliya va Ichki ishlar vazirliklari tizimida inson huquqlarini muhofaza qilish bilan bevosita shug‘ullanuvchi maxsus tuzilmalar tashkil etildi. «Advokatura to‘g‘risida»gi, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi va kuchga kirganligi huquqni muhofaza etish mexanizmlari takomillashib borayotgan- ligini ko‘rsatib turibdi.


Shaxsning huquqiy muhofazalanishi kafolatlarini kuchaytirish.

Bu masala barcha davlat organlari va mansabdor shaxslarga taalluqli bo‘lib, uning e’tiborga molik jihati shundaki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash institutlarining muayyan tizimi vujudga keltirildi. Ya’ni, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy markazi, Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti va hokazo.

Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Majlisning vakili (Ombudsmanning) faoli- yati yildan-yilga faollashib hamda tobora samarali bo‘lib bormoqda. Uning faoliyati asosan quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘layotir:



  • O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi qonunchili- giga rioya etilishi ustidan nazorat(monitoring)ni amalga oshirish;

  • fuqarolarning inson huquqlariga oid ariza va murojaatlari bilan ishlash;

  • Ombudsmanning mintaqaviy (viloyatlardagi) vakillari faoliyati;

  • Ombudsmanning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va nohuku- mat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi;

  • Ombudsmanning axborot – ma’rifiy va xalqaro sohadagi faoliyati.

E’tirof etish joizki, ombudsmanning faoliyati fuqarolar uchun foydali bo‘lib bormoqda.

Shu bilan birga so‘nggi yillarda respublika Prezidenti va Hukumatining yosh avlodga, bolalarning huquqiy maqomini yanada mustahkamlashga alo- hida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotganligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublika- sida Bolalar huquqlari bo‘yicha maxsus ombudsman lavozimi (instituti) ta’sis etilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu tashabbusning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro






1 Хаlq so‘zi, 2016-yil 17-sеntabr.
Konvensiyani (1989-yil 20-noyabr) bajarishdagi faolligini yanada oshirgan bo‘lar edi. Shu o‘rinda 2008-yil yanvarida O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinganligini ta’kidlash joiz.

Shuningdek, O‘zbekistonda ekologiya masalalari bo‘yicha maxsus om- budsman lavozimining ta’sis etilishi ham davr talabiga mos bo‘lib tushgan bo‘lar edi. Fuqarolar huquqlarini muhofaza etishda advokatura alohida ahami- yat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining «Advokatura to‘g‘risida»gi Qo- nuni va «Advokatlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishi advokaturaning huquqiy maqomini birmuncha mustahkamladi. Ammo, fuqa- rolarning ushbu konstitutsiyaviy huquqini amalda yuksak saviyada ta’minlash uchun yana ko‘p ishlar qilinishini hayotning o‘zi taqozo etmoqda.


Huquqiy islohotni bilimdon va malakali kadrlar bilan ta’min-


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish