Jamoat birlash- malari va davlat organlarining o‘zaro muno- sabatlari
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan jamoat birlashmalarining huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgi- lanadi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublika- sining jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi,
«Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi va O‘zbekiston Respublikasining
«Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlarda jamoat birlashmalarining huquqlari, ularning maqsadlari, ish faoliyatining shakllari, tuzilish tartibi mustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari o‘zlarining davlat va jamiyat ishlarida qatnashish huquqini jamoat birlashmalariga uyushgan holda amalga oshiradilar. Jamoat birlashmalarining faoliyati juda keng sohalarni o‘z ichiga oladi. Ularning huquqlari, har bir jamoat birlashmasining nizomi va boshqa huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan.
Jamoat birlashmalarining nizomlari davlat tomonidan ro‘yxatga olinadi. Nizomlarni ro‘yxatga olish tartibi jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunning 11-moddasida ko‘rsatilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi xalqaro jamoat tashkilotlari, respublika viloyatlararo birlashmalarining nizom- lari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olinadi.
Viloyat, tuman, shahar, posyolka, qishloq hududida yoki ikki va undan ortiq tuman, shahar, posyolka, qishloq hududida faoliyatini amalga oshiradi- gan jamoat birlashmalarining nizomlari esa, viloyat adliya boshqarmalarida ro‘yxatga olinadi. Jamoat birlashmalari, ularning nizomlari ro‘yxatga olingan kundan boshlab, o‘z faoliyatlarini amalga oshiradilar va yuridik shaxs deb tan olinadilar. Jamoat birlashmalari nizomlarida, dasturiy va boshqa hujjatlarida belgilangan maqsadlar, vazifalarni amalga oshirish uchun o‘z maqsadlari va faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatadilar, qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda esa:
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini shakllantirishda qatna- shadilar;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini tayyorlashda ishtirok etadilar;
davlat va jamoat organlarida o‘z a’zolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritadilar va ularning manfaatlarini himoya qiladilar;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa huquqiy hujjatlarda, ja- moat birlashmalarining dasturlari va nizomlarida ko‘rsatilgan boshqa vakolat- larni amalga oshiradilar.
Shunday qilib, O‘zbekistonda jamoat birlashmalarining davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga fuqarolarni jalb qilib, ular ishtirokida davlat va jamiyatni rivojlantirishga hissa qo‘shish uchun to‘liq imkoniyatlar yaratilgan.
Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunda ularni tuzish va faoliyatini to‘xtatish tartibi ham ko‘rsatilgan. Jamoat birlashmasi kamida o‘n nafar fuqa- roning tashabbusi bilan tuziladi. Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari ta’sis s’ezdini (konferensiyasini) yoki umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi, uning ni- zomi (o‘zga asosiy hujjati) qabul qilinadi va rahbar organlari tuziladi. Qonunga muvofiq, nafaqat O‘zbekiston fuqarolari, balki chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham jamoat birlashmalariga a’zo etib qabul qilinadilar. Faqat 18 yoshga to‘lgan fuqarolar Respublika siyosiy partiyalariga a’zo bo‘lish huquqiga egadirlar.
Partiyalar o‘z a’zolarining siyosiy irodasini ifodalab, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzishda ishtirok etishni, shuningdek respublika Oliy Majlisi va Xalq deputatlari kengashlariga saylangan o‘z vakillari orqali ho- kimiyat organlarining faoliyatida qatnashishni asosiy vazifa qilib qo‘yadilar. Ularning dasturiy hujjatlari bo‘ladi va bunday hujjatlar matbuot orqali ommaning e’tiboriga havola qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi o‘zi xohlagan siyosiy partiyaga a’zo bo‘lib, o‘sha partiya orqali o‘z siyosiy irodasini ifoda etishi mumkin. Bunday erkinlik, o‘z navbatida, xalq siyosiy ongining o‘sishiga olib keladi. O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar har xil yo‘llar bilan o‘z a’zolari va boshqa fuqarolarning davlat ishlarida ishtirok etishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Siyosiy partiyalar respublika Oliy Majlisi, Xalq deputatlari kengashlari deputatligiga nomzodlar ko‘rsatishi, saylov oldi tashviqot ishlarini olib borishi, respublika Oliy Majlisida va tegishli Xalq deputatlari kengashlarida o‘z taraf- dorlari bo‘lgan deputatlar fraksiyalari, guruhlarini tuzish huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari siyosiy partiyalarning dasturini, ularning maqsadlarini o‘rganib chiqish imkoniyatiga egadirlar. Ular o‘z ixtiyor- lari va xohish-irodalarini siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lish orqali ifodalaydilar. Siyosiy partiyaga a’zolik faqat yakka tartibda amalga oshiriladi. Bir partiyaning a’zosi, ayni vaqtda, ikkinchi partiyaga a’zolikka qabul qilinmaydi. Ommaviy
jamoat harakatlari ham siyosiy yoki o‘zga maqsadlarni ko‘zlaydilar, lekin ularning ro‘yxatga olingan a’zolari bo‘lmaydi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi shaxslar, harbiy xizmatchilar o‘z xizmat faoliyatida faqat qonun doirasida ish yuritadilar, shuning uchun bu shaxslar siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadni ko‘zlovchi ommaviy harakatlarning a’zolari bo‘la olmaydilar.
Jamoat birlashmalari qonunlarda belgilab qo‘yiladigan tartibda ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanadilar hamda faqat o‘z nizomidagi vazifalarni bajarish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxonalar xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarni tuzishga haqlidirlar.
Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati natijasida olingan daromadlardan faqat nizomda ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi. Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunga asosan, siyo- siy maqsadlarni ko‘zlovchi siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlarning diniy tashkilotlardan, chet el davlatlari tashkilotlari va fuqarolaridan moliyaviy va o‘zga yordam olishi man etiladi, ulardan tushgan mablag‘lar esa, davlat foyda- siga o‘tkaziladi.
Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 60-mod- dasiga asosan, o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar. 2004-yil 30-aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy par- tiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi1. Qonun ushbu so- hadagi tegishli munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan va unda siyosiy partiyalarni moliyalashtirishning quyidagi manbalari belgilangan:
kirish va a’zolik badallari;
qonunga muvofiq tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;
davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
mamlakatimizdagi yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan Qonunga muvofiq tartibda beriladigan xayriya yordami.
Siyosiy partiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov yakuni bo‘yicha o‘z fraksiyasini tuzish uchun zarur deputatlik o‘rinlarini (9 depu- tat) olgan bo‘lsa, davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi (Qonun- ning 7-moddasi).
Jamoat birlashmalarining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi. Jamoat birlashmalari o‘z ommaviy axborot vositalarini ta’sis etishlari hamda amaldagi matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunlarga muvo- fiq noshirlik faoliyati bilan ham shug‘ullanishlari mumkin.
1 Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining Aхborotnomasi. 2004-yil, 5-son, 86-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, respublika Pre- zidenti farmonlari va hukumat qarorlari butun respublika hududida faoliyat ko‘rsatadigan barcha jamoat birlashmalari uchun ularning nizomlarida, boshqa hujjatlarida ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi hamda Konsti- tutsiyaga muvofiq, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat bolalar, yoshlar tashkilotlariga moddiy va ma’naviy madad beradi, ularga nisbatan imtiyozli soliq siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi, bolalar tash- kilotlariga, maktab, maktabdan tashqari muassasalarning binolaridan, klublar- dan, madaniyat saroylari va uylari, sport inshootlaridan bepul yoki imtiyozli shartlar bilan foydalanish huquqini beradi.
Konstitutsiyaga asosan, davlat organlari va mansabdor shaxslarning ja- moat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmala- rining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolik, ma’muriy va jinoyat kodekslarida jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi qoidalar mustahkamlan- gan. Davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun bu qoidalar majburiydir. Qonunga asosan, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, boshqa jamoat birlashmalari faoliyati asosan ular a’zolarining (qatnashuvchilarining) ishdan bo‘sh vaqtida va mazkur birlashmalar mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.
Jamoat birlashmalarining manfaatlariga daxldor masalalar qonunlarda ko‘zda tutilgan hollarda tegishli jamoat birlashmalari ishtirokida yoki ular bi- lan kelishilgan holda davlat organlari va xo‘jalik tashkilotlari tomonidan hal qilinadi.
Davlat moliya organlari jamoat birlashmalarining mablag‘ bilan ta’minlanishi va ular daromadlarining manbalarini soliqlar to‘g‘risidagi qonun- larga muvofiq nazorat qilib boradi. Prokuratura organlari esa jamoat birlash- malari respublika qonunlari va respublika Prezidenti farmonlarini qay darajada to‘g‘ri bajarayotganligini nazorat qilish huquqiga ega.
Jamoat birlashmalarining nizomini ro‘yxatga olgan O‘zbekiston Respub- likasi Adliya vazirligi va uning joylardagi organlari jamoat birlashmalari faoli- yatining maqsadlariga taalluqli nizom qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi- lar. Jamoat birlashmasi, uni ro‘yxatga olgan Adliya vazirligi organlariga ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha hisobot berib turadi. Ro‘yxatga oluvchi adliya organlari jamoat birlashmasining rahbar organidan qabul qilingan qarorlarni taqdim etishni talab qilishga, jamoat birlashmalari o‘tkazadigan tadbirlarda
11–18-8
qatnashish uchun o‘z vakillarini yuborishga haqli. Ular jamoat birlashma- sining nizomiga rioya qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan uning a’zolari va boshqa fuqarolardan tushuntirish xati olishlari mumkin. Bu har qanday birlashma faoliyatining oshkoralik bilan amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunni buzish amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy, ma’muriy, moddiy yoki boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladi. Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun aybdor bo‘lgan davlat va jamoat organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar ja- vobgarlikka tortiladilar. Shu bilan birga o‘z nizomini ro‘yxatdan o‘tkazmagan jamoat birlashmalari ham jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunni buzsalar, javobgar bo‘ladilar.
Agar jamoat birlashmasi o‘z nizomida belgilab qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar doirasidan chetga chiqadigan yoki qonunni buzadigan xatti-harakatlarni sodir etsa, shu jamoat birlashmasining rahbar organi jamoat birlashmasi nizo- mini ro‘yxatga olgan adliya organi yoki prokuror tomonidan yozma ravishda ogohlantirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-mod- dasiga muvofiq, jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi. Mahalliy jamoat birlashmalariga nisbatan bunday harakat tegishli viloyat, Toshkent sha- har, tuman sudlari tomonidan amalga oshiriladi. Xalqaro jamoat birlashmalari, davlatlararo jamoat birlashmalarining bo‘limlari, viloyatlararo jamoat birlashma- larining faoliyati esa respublika Bosh prokurori, O‘zbekiston Adliya vazirligi taqdimiga muvofiq O‘zbekiston Oliy sudi qarori bilan to‘xtatilishi mumkin. Bun- day vaqtda Oliy sud qarori ustidan shikoyat qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘lganidan so‘ng ko‘ppartiyaviylik muhiti vujudga keldi. Hozir O‘zbekistonda bir necha siyosiy partiyalar, ijtimoiy- siyosiy harakatlar paydo bo‘ldi va jamiyat hayotida faol ishtirok etmoqda. Xalq demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi va O‘zbekiston yoshlari ittifoqi kabi tashkilotlar shular jumlasidandir.
1996-yil 26-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning 1-moddasida siyosiy partiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: «Siyosiy partiya qarashlar, qiziqishlar va maqsadlarning mushtarakligi asosida tuzilgan, jamiyat muayyan qismining davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ixtiyoriy birlashmasi- dir». Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi ushbu qonunda, siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari, ular faoliyatining kafolatlari, ularni
tuzish tartibi, nizomi, ro‘yxatga olish, faoliyatini to‘xtatish tartibi, ularning huquqlari, vakillik organlaridagi partiya fraksiyalari, guruhlarining maqsadi, vazifalari to‘liq ko‘rsatib berilgan.
O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosat siyosiy partiyalar va jamoat bir- lashmalariga katta mas’uliyat yuklaydi. Bunday mas’uliyatning asosiy negizi har qanday jamoat birlashmasi oldiga qo‘yilgan yagona maqsadni, ya’ni bo- zor munosabatlariga o‘tish jarayonida har bir fuqaroning ijtimoiy himoyalan- gan bo‘lishi, ularning davlat va jamiyatni boshqarishda ongli ravishda va faol ishtirok etishini ta’minlashdan iborat. Jamoat birlashmalari respublikada amal- ga oshirilayotgan islohotlarni o‘z a’zolari ishtirokida tahlil qilishlari va ularga nisbatan o‘zlarining fikrlarini bildirishlari, islohotlar natijasida o‘z oldilarida turgan vazifalarni aniqlab olishlari hamda barcha a’zolarini ularni bajarishga jalb etishlari lozim. Bu, o‘z navbatida, jamiyatdagi barcha kuchlarni yagona maqsad – O‘zbekistonning yuksak taraqqiyoti, har bir fuqaroning tinch-totuv va farovon hayot kechirishi yo‘lida birlashtiradi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida mamlakat siyosiy tizimining, shu jumladan, davlatning demokratlashuvi tendensiyasi kuchayadi. Bir tomon- dan, siyosiy tizimning barcha tarkibiy bo‘g‘inlari faoliyatining xalq omma- sining ishtiroki, daxldorligi kuchayadi (kengayadi), ikkinchi tomondan, davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi, ijtimoiy sherikchiligi rivoj topadi.
Bu borada davlat xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy tashkilot sifatida quyidagi yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini faollashtiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |