Birinchi yo‘nalish – davlat organlari o‘z faoliyatini oshkoralik va ochiqlik
muhitida amalga oshira borib, jamiyatni o‘z faoliyatining asosiy mazmunidan muntazam xabardor etib boradi. Davlat organlari faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini ta’minlash mexanizmlari rivoj topadi. Davlat or- ganlarining parlament va xalq oldida hisobot berish institutlari vujudga ke- ladi. Jumladan, Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida quyidagilarni ta’kidladi: «Endi nafaqat hukumat, balki mutasaddi vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, hokimlar ham o‘z faoliyati yakun- lari bo‘yicha hisobot berish tizimi joriy etiladi va shunga qarab ularning ishiga baho beriladi»1, shuningdek, «2017-yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etiladi»2.
1 Qarang: Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.
– T., 2017. – 17-bet.
2 O‘sha manba, 18-bet.
Ikkinchi yo‘nalish – davlat organlarining siyosiy tizimning boshqa bo‘g‘inlari hamda fuqarolik jamiyatining barcha institutlari bilan o‘zaro ham- korligi kengayib boradi. Jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etish- ga davlat organlari bilan bir qatorda siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, shu jumladan mahallalar keng jalb etiladi. Bunda jamoatchilik muhokamalari va jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazish, davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorlik- dagi jamoatchilik kengashlari (komissiyalari) tuzilishi va ular faoliyatini sama- rali yo‘lga qo‘yish tendensiyasi kengayadi.
Uchinchi yo‘nalish – siyosiy tizim doirasida demokratik institutlarning
kengayib borishi, davlat, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari hamkorligi- ning yangi shakllari paydo bo‘lishi, o‘z navbatida, ular faoliyat ko‘rsatishining qonunchilik va huquqiy bazasini shakllantirish, tegishli huquqiy mexanizm- larni vujudga keltirish va huquqiy amaliyotni monitoring qilish institutlari ken- gayishi tendensiyasi namoyon bo‘lishiga olib keladi.
Shu tarzda siyosiy tizim doirasida demokratik hamkorlik, qonun ustuvor- ligi va adolat tamoyillari qaror topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |