Falsafada turmush tarzi va dunyoni anglash usuli.
Reja:
1. Falsafiy dunyoqarash.
2.Falsafaning asosiy funktsiyalari.
3.Falsafaning ilmiyligi muammosi.
Xulosa:
Falsafa - borliq, uning turli shakllari orasidagi o’za-ro aloqadorlikni ifoda-
lovchi nazariy qarashlar sistema-sidir. U dunyo, borliq, materiya, inson, insonning
ongi va tafakkuri, uning dunyoga munosabati, insoning dunyoni nazariy bili-shining eng umumiy qonuniyatlari, printsiplari va kategoriyalari haqidagi fandir.
Falsafa dunyo va unda in-sonning tutgan o’rni haqida, insonning dunyoga bo’lgan muno-sabatlari haqida, dunyoning eng umumiy qonuniyatlari haqida umumlashgan qarashlar sistemasiniishlab chiqadi.
. U fan sifatida dunyo, borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson ongi va tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonunlari va asosiy
harakatlan-tiruvchi kuchlarini o’rganadi.
Falsafa, avvalo, dunyoni nazariy o’zlashtirishdir, u in-sonning tabiat, jamiyat
va inson tafakkuri haqidagi nazariy tushunchalari, qarashlari va fikrlaridir. Falsafa
ki-shilarni bir butun dunyo borliq, materiya, tabiat, jamiyat va inson to’g’risidagi
umumiy nazariy bilimlar, g’oyalar bilan qurollantiradi. Bu nazariy bilimlar, g’oya-
lar o’zlarida fal-safiy dunyoqarashni ifodalaydi. Falsafa dunyoqarash sifatida
jamiyatdagi ijtimoiy manfaatlar bilan, siyosiy va mafkuraviy kurashlar bilan, bir
butun jamiyatning moddiy va ma‘naviy hayoti bilan chambarchas bog’liqdir. U
ijtimoiy borliqqa ijtimoiy ong orqali faol ta‘sir ko’rsatadi, jamiyatning ma‘naviy
hayotida yangi g’oyalarni va yangi ma‘naviy qadriyatlarni shakllantiradi.
Falsafa paydo bo’lishi bilan real kuzatishlar, mantiqiy tahlillar, xulosa chiqa-
rishlar, isbotlash asosida fikr yuritishlar bilan oldingi hayoliy va ilohiy obrazlar
asosi-dagi tasavvurlardan iborat mifologik va diniy dunyoqarashlarni ongdan siqib
chiqara boshladi. Shu paytgacha xalq ora-sida yashab kelgan afsona va rivoyatlar
falsafada endi aqliy jihatdan qayta ko’rib chiqilib, ularga yangicha hayotiy maz-mun berila boshlandi. Falsafiy dunyoqarash rivojlanib borishi faqat mifologik va diniy dunyoqarashlardangina farq qilib qolmasdan, balki oddiy kundalik ongning ham chegaralarini buzib, o’zida ma‘naviy madaniyatning qimmatli yutuqlarini
mujassamlashtirgan ma‘naviy sohaning alohida bir turiga aylanib bordi.
Falsafiy dunyoqarashni bir butun qilib ushlab turgan ikki qutb mavjud: olam
va odam (yoki ob‘ektivlik va sub‘ektivlik, moddiylik va ma‘naviylik, katta olam va kichik olam va hokazo). Shuni nazarda tutgan holda hamyurtimiz, buyuk fay-lasuf Shayx Aziziddin Nasafiy butun olamning o’zi ulug’ olam (olami kubro) bo’lsa.
Insonning o’zi kichik olamdir (insoni kubro), deb ta‘kidlaydi. Bunda odam olamning bir bo’lagi sifatdagina emas, borliqning o’ziga xos shakli si-fatida idrok etiladi.
Boshqa narsalardan farqi shundaki, u o’ylash va bilish, sevish va nafrat-lanish,
quvonish va qayg’urish, orzu qilish va baxtli bo’lish imkoniga ega. Ushbu qarama-
qarshi qutblar orasidagi turli munosabatlar falsafaning bahs mavzuini tashkil etadi.
Falsafa uchun xarakterli bo’lgan ba‘zi savollarga nazar tashlaylik. Shirinlik-
shakarning ob‘ektiv xossasimi yoki odamning sub‘ektiv tuyg’usimi? Go’zallik-
narsalarga xos xususiyatmi yoki inson tomonidan o’ylab topilgan mezonmi?
Chuqurroq o’ylab qarasak, bu va bunga o’xshash savollar bir umumiy muammoga-
borliq va ong, ob‘ektivlik va sub‘ektivlik, olam va odam orasidagi o’zaro munosa-
batlarga taalluqlidir. «Falsafaning asosiy vazifasi,- deb yozgan edi Bertran Rassel
ushbu savollarga javob berish yoki hech bo’lmasa ularni tadqiq etishdan iboratdir». Bundan xulosa shuki, «olam-odam» muammoning umumiy formulasi deb hisob-
lanishi mumkin. Shuning uchun ham uni falsafaning asosiy masalasi deb atashadi.
«Olam - odam» munosabatlarini uch asosiy tipga bo’lish mumkin: gno-
seologik (bilishga doir), aksiologik (qadriyatlarga doir), prakseologik (amaliyotga
doir). O’z vaqtida buyuk nemis mutafakkiri Immanuil Kant falsafa uchun prin-sipial
ahamiyatga ega bo’lgan uch savolni aytib o’tgan edi. Ular quyidagilar: «Nimani
bilishim mumkin?», «Nima qilishim kerak?», «Nimaga umid qilishim mumkin?».
Savollar mohiyatiga chuqurroq nazar tashlasak, ular odamning olamga bo’lgan
munosabatlarining uch tipiga mos tushishiga ishonch hosil qilamiz.
Falsafiy bilish «Olam nima?» degan savolga javob berishdan boshlanadi. Bu
savol mohiyatan «Biz olam haqida nimalarni bilamiz?» degan savol bilan tutashdir. Falsafa-bunday savolga javob izlaydigan yagona bilim sohasi emas. Asrlar
davomida yangi va yangi nazariya va amaliyot natijalari unga javob berishga urinib ko’rdilar. Biroq falsafaning olamni bilish borasidagi vazifalari o’ziga xos
xususiyatga ega.
Nazariy-falsafiy bilimning boshqa vazifalari ham bor. Bunday bilim
yordamida kishilarda o’z dunyoqarashlarini muttasil kengaytirib borishga ehtiyoj
vujudga keladi. Falsafiy tafakkur atrof-muhitni o’rganish bilan cheklanib qolmay,
makon va zamonning benazir tomonlariga nazar tash-lashga ham harakat qiladi.
Buni faylasuflar intellektning tajribasiz bilim yig’ishga bo’lgan qobiliyati deb
ataydilar. Haqiqatan ham, olamni makonda tubsiz zamonda cheksiz yaxlitlik sifati-da bilish uchun hech qanday tajribaga tayanib bo’lmaydi. Tajriba bunday bilimlarni dunyoga keltira olmaydi, falsafa esa buning uddasidan chiqishga majbur. Xullas, falsafiy dunyoqarash-nazariy sistemalashti-rilgan, izchil, asoslangan
qarashlar yig’indisidir. Unda ikki qutb mavjud: olam va odam. Falsafaning asosiy
masa-lasi ana shu ikki qutb orasidagi o’zaro aloqadorlik muno-sabatni tadqiq
etishdan iborat.
Falsafaning asosiy funktsiyalari
Falsafaning jamiyat hayotidagi roli yuqorida aytilganlar bilan cheklanmaydi.
Uning asosiy roli falsafaning jamiyatda bajaradigan asosiy funktsiyalarida yanada
yaqqol-roq namoyon bo’ladi. Uning bunday asosiy funktsiyalari qo’yidagilar:
1) dunyoqarash funktsiyasi;
2) metodologik funktsiyasi;
3) gnoseologik funktsiyasi;
4) ijtimoiy funktsiyasi;
5) aksiologik funktsiyasi.
Falsafa dunyoni bir butun holda olib, unda insonning dunyoga munosabati
haqidagi barcha bilimlarni nazariy jihatdan umumlashtirib, o’zlashtirish asosida
bizni bir butun dunyo: borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va
tafakkuri, insonning dunyoni bilishi to’g’risidagi eng umumiy qarashlari bilan
qurollantiradi. Bu falsafaning dunyoqarash funktsiyasidir. Dunyoqarash funktsiyasi falsafaning, falsafiy bilimlarning asosiy xususiyatidir.
Falsafaning dunyoqarash funktsiyasi uning boshqa funk-tsiyalari bilan
chambarchas bog’liqdir. Buni biz qo’yida uning metodologik funktsiyasini
yoritishda yaqqol ko’ramiz.
Falsafaning metodologik funktsiyasi. Falsafa o’z tadqiqot predmeti sifatida
borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, insonning dunyoni bilishidagi eng umumiy
qonunlarini o’rganadi. U bunda inson tafakkuri va bi-lishiga oid eng umumiy
tushunchalar, kategoriyalar sistemasi bilan ish ko’radi. Bu kategoriyalar ichida eng muhim o’rinlarni borliq, materiya, ong, tafakkur, predmet, hodisa, protsess, xossa,
munosabat, o’zgarish, rivojlanish, sabab va oqibat, tasodif va zaruriyat, qism va
butun, element va struktura kabilar tashkil qiladi. Falsafaning bu kategoriyalari
dunyodagi, tabiat va jamiyatdagi predmet va hodi-salarning eng umumiy tomo-
nlarini, bog’lanish va aloqadorliklarini in‘ikos ettiradi. Falsafa, shu bilan birga,
tafakkurning va inson bilishining eng umumiy universal printsiplarini ham ishlab
chiqadi. Falsafa o’zining bu kategoriyalar sistemasi va universal printsiplarini
dunyoni bir butun holda olib, uning eng umumiy qonuniyatlarini o’rganish asosida
hosil qiladi. Uning bu kategoriyalari, printsiplari va qonunlari insoniyat bilimlari
sistema-sining hamma sohalariga, ularning butun mazmuniga singib ketgan
bo’ladi.
Borliqning turli konkret tomonlarini o’rganuvchi alohida xususiy aniq fanlar o’z-lari erishgan yutuqlarni umumlashtirishda ulardan umumiy xulosalar chiqarishda
falsafiy kategoriyalar va printsiplardan foydalanishga muhtoj bo’la-dilar. Aniq
fanlar o’z tadqiqotlarida falsafasiz, uning printsiplari, qonunlari va ka-tegoriya-
larisiz hech bir ish qilolmaydilar. Bunday hollarda barcha aniq alohida fanlar
uchun falsafa metodologik rol o’ynaydi. Umuman, aniq fanlar taraqqiyotida falsafaning roli katta. Ba‘zan shunday bo’ladiki, aniq fanlar o’z rivojlanish jara-yonida murakkab muammolarga duch keladilar, bunda ular murakkab muammoni
tug’dirgan metodologik qiyinchi-liklarni o’zlari hal qila olmaydilar. Bunday
paytlarda ham ularga falsafa yordamga keladi. Bu o’rinda ham falsafaning
metodologik funktsiyasi namoyon bo’ladi.
Falsafaning bundan tashqari gnoseologik funktsiyasi ham bor. Falsafa inson-
ning dunyoni bilish muammosini o’rganar ekan, u o’zining dunyoni bilishning
umumiy metodlarini ishlab chiqib, inson bilishining bir butun umumiy nazariyasini ham yaratadi, shu asosda falsafa inson bilish faoliyatining paydo bo’lishi, uning
rivojlanish tendentsiyalari va eng umumiy qonun-larini ochib beradi . U bunda inson bilishining haqiqatga borish yo’llarini ham, hosil qilingan bilimlarninghaqi-qatligini tekshiruvchi usullarni ham tadqiq etadi.
Falsafa insonning dunyoni bilishining eng umumiy qonunlarini ishlab chiqish
bilan cheklanmay, inson oldiga uni o’zgartirish masalasini ham qo’ydi. U dunyoni
bilish asosida uni o’zgartirishda insonning faol faoliyatiga asosiy e‘tiborni qaratadi Falsafa bunda bilishning eng umumiy qonunlari bilan kishilar tafakkurini
qurollantirib, ularga ob‘ektiv protsesslarning o’zgaruvchan, rivojlanuvchi, qarama-
qarshi va ziddiyatli mazmunini hisobga olgan holda dialektik fikr yuritishni
o’rgatadi. Bunday fikr yuritish malakasini hosil qilish inson tafakkuri madaniya-
tining ravnaqi uchun uning juda ko’p turli-tuman amaliy va nazariy masalalari-ni hal qilishda katta rol o’ynaydi. Bunday hollarning barchasida falsafaning gnoseologik funktsiyasi namoyon bo’ladi.
Umuman, falsafa alohida fanlar uchun, ularning tabiat va jamiyatning, borliq
va ongning konkret tomonlarini o’rgani-shida, tadqiq qilishida eng umumiy metod
rolini o’ynaydi.
Falsafaning funktsiyalaridan yana biri ijtimoiy-aksiologik funktsiyasidir.
Falfasa turli ijtimoiy qad-riyatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish bilan chekla-
nib qolmasdan, voqelikni talqin va tahlil, ta‘rif va tan-qid etadi. Shu jumladan
ijtimoiy ideal haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish ham falsafa zimmasidadir.
Ijtimoiy idealni shakllantrish bilan bog’liq muam-molar falsafa bilan siyosiy
tuzum o’rtasidagi o’zaro muno-sabatlar xarakteriga borib taqaladi. Bir qarashda
falsafa barcha zamonlarda ijtimoiy ideal, siyosiy tuzum, hokimiyat haqidagi
mulohazalarni yaratganu, davlat, siyosiy tuzum ularni ruyobga chiqarishga
intilgandek tuyuladi.
Biroq falsafiy ta‘limot siyosiy hokimiyatning hatti-harakatlar, oqibatlari
uchun javobgar bo’la olmaydi. Axir, falsafadan siyosatga eltuvchi yo’llar turfa xil,
ya‘ni bir falsafiy bilimdan turlicha xulosalar chiqarish mumkin. Chunonchi, «dav-lat tartibga asoslanishi kerak, mamlakatda tartib bo’lmog’i zarur»,degan fikr asosi-da qonun ustuvor-ligini ta‘minlash ham, Stalin va Pinochet kabi minglab kishi-larni o’limga hukm qilishi ham mumkin.
Falsafa ijtimoiy idealni shakllantirish bilan birga voqelikni tahlil va tanqid
ham qiladi, ya‘ni faylasuf ijtimoiy ideal bilan voqelik o’rtasidagi tafovutni aniq-
lashga intiladi. Tanqid sub‘ektning noroziligini ifodalaydi. Norozilikni esa turlicha
ifodalash mumkin. Ba‘zi hollarda voqelikni tahlil qilishdan voz kechish, «sukut
saqlash» ham norozilik ifodasi bo’ladi.
Falsafaning funktsiyalari orasida madaniy-tarbiyaviy funktsiyasining o’rni
ham beqiyosdir. Falsafa madaniyatli shaxsni shakllantirishda hal qiluvchi omil
vazifasini o’taydi. Madaniyatli shaxsning eng asosiy fazilatlaridan biri-aqliy
zukkolikdir. Aqliy zukkolik-shaxsning tabiat va jamiyatda sodir bo’layotgan turli
hodisa va voqealarni, jarayonlar kuzatish, uning mohiyatini ilg’ab olish, sabab-larini tushunish, oqibatlarini oldindan ko’ra bilish, bun-dan to’g’ri xulosa chiqarish qobiliyatining, shuningdek fahm-farosati, zehni, ziyrakligining rivojlanganligi holatini ifodalovchi kategoriyadir.
Uning asosiy komponentlarini bilimlar, tafakkur yuritish qobiliyati, aql mustaqilligi, ijodkorlik tashkil etadi. Ushbu komponentlarning barchasi yuksak darajada shakllangandagina fikrlash madaniyati yuksaladi. Shaxsning voqea va hodisalardagi ziddiyatlarnianiqlashvaularni bartaraf etish qobiliyati esa fikrlash madaniyatining mezoni hisoblanadi.
Falsafa informatsiyalar to’plash funktsiyasini ham bajaradi. Uning asosiy
vazifalaridan biri-hozirgi zamon fani, tarixiy amaliyot hamda bugungi inson
intellektual salohiyati talablariga javob bera oladigan dunyoqarashni shakl-
lantirishdan iborat. Buning uchun esa ob‘ektni to’g’ri aks ettirish, uning kom-
ponentlari va elementlari, ularning o’zaro aloqadorligi haqida ishonchli ma‘lu-
motlar olish maqsadida turli informatsiyalar yig’ish, tahlil etish, qayta ishlash va
sistemalashtirish bilan shug’ullanadi. Bu informatsiyalar turli falsafiy katego-
riyalarda o’z ifodasini topadi.
6. Falsafaning ilmiyligi muammosi
Biz tanishib chiqayotgan masalaradan yana biri-bu falsafiy dunyoqarashning
ilmiyligi muammosidir. Bu muammo falsafaning fan bilan munosabatini o’z ichiga oladi. Falsafaning fanga munosabati, uning konkret fanlar bilan bog’liqligi bu
yangi masala emas. Falsafa fan bilan egizak, ular bir paytda birga dunyoga kelgan. Dastlab paydo bo’lgan falsafa dunyo to’g’risidagi inson bilimlarining jamlan-masidan iborat bo’lib, u o’z ichiga falsafiy qarash-lar birga birga, aniq fan soha-lariga oid dastlabki bilim-larni ham olgan. Shu tufayli falsafa o’z o’rinda fanning vazifasiniham bajargan. Jamiyat ishlab chiqarishi va kishilar amaliy faoliyatining rivojlanib borishi bilan falsafa ham rivojlanib borgan. Natijada falsafadan
astasekin bir qatorfanlar ajralib chiqa boradi. Falsafa tarkibida vujudga kelgan va undan keyinchalik ajralib chiqqan mustaqil fanlar va falsafaning inson
bilishidagi imkoniyatlarini taqqoslab ko’rsak, falsafa bilan fan butun bilish tarixida cham-barchas bog’liq va aloqadorlikda bo’lgani-ning guvohi bo’lamiz.
Falsafiy dunyoqarashning ilmiylik muammosi antik davr falsafasidayoq
boshlangan edi. Bu narsa falsafaning o’ziga xos tub muammolarini aniqlashga
borib taqaladi.
Falsafa tarixida falsafaning o’ziga xos tub muammo-larini birinchi bo’lib
aniqlashga kirishgan mutafakkir Aristoteldir. Borliqning alohida konkret soha-lariga oid bilimlardan farqli ravishda, u falsafani tub ma‘nodagi bor-liqning umu-miy boshlang’ich sabablari va printsiplari to’g’risidagi ta‘limot, deb ta‘riflaydi.
Uningcha, borliqni bilishda falsafaning nazariy qudrati xususiy konkret bilimlar
imkoniyatiga nisbatan o’lchab bo’lmas darajada buyukdir. Aristotel falsafani «fanlar malikasi» deb boshqa bilim sohalarini uning kanizaklari sifatida unga xizmat qiladi, ular falsafaga qarshi bir so’z ham ayta olmaydi, deydi. Falsafa va xususiy bilimlar -o’rtasidagi munosabatga bunday qarash ko’p asrlar davomida fayla-suflar ongida saqlanib qoladi. Hatto Gegel kabi buyuk faylasuf ham Aristotel traditsiyasi yo’lidan borib, falsafani «fanlar qirolichasi» yoki «fanlar fani» deb ataydi. Bunday
qarashning aks-sadosini hatto hozirgi kun-larda ham eshitish mumkin.
XIX asrga kelib alohida fanlar taraqqiyotining yangi boqichi boshlanadi, ular
yanada gurkirab rivojlana boshlaydi. Bu yangi bosqich boshlangan bir sharoitda
alohida fanlarning buyukligi, falsafaning esa hech bir qimmati yo’qligi, falsafa o’z
qimmatini yo’qotib borayotganligi haqida har xil qaramaqarshi fikrlar paydo bo’la
boshlaydi. Bu davrga kelib, keng tarqalgan pozitivizm oqimi vakillari aniq fanlar
hech qanday falsafaga muhtoj emas, har bir aniq fan o’z-o’ziga falsafa, deyishadi.
Ular bu bilan falsafaning bilish imkoniyatlarini, uning ilmiy-ligini shubha ostiga ola boshlaydi.
Pozitivistlar falsafa haqiqiy fan emas, deb e‘lon qiladilar. Ular alohada
fanlar to’liq rivojlangan yetuk bosqichda falsafaning dunyoni bilishga imtiyozli
da‘vogarligi yo’qoladi, falsafa fan bo’lmay qoladi, deyishadi. Bu noto’g’ri edi.
Potivizmning bu noto’g’ri qarashini o’z vaqtida tushunib yetmagan ko’pchilik
tabiatshu-noslar uning ta‘siriga berilib biz har qanday falsafdan voz kechamiz deb
chiqadilar. Biroq haqiqatda esa falsafadan voz kechish mumkin emas edi. Chunki
aniq fanlarning vazifalari dunyo hodisalarini oddiy, shundaygina tasvirlash va
izohlashdan iborat bo’lmay, balki ularning sabab-larini ochib mohiyatini tushuntirib
berishi ham lozim edi. Buning uchun bu aniq fanlar nazariy tafakkurga muhtoj bo’lar va nazariy tafakkursiz hech ish qilolmas edi. Nazariy tafakkur esa ilmiy
tushunchalardan, falsafiy kategoriyalardan iborat bo’lib, u ijtioiy-tarixiy amaliyot
erishgan yutuqlar, falsafa va aniq bilimlarning tarixiy taraqqiyot natijasida, falsafa
va aniq fanlar tarixini o’rganish asosida hosil bo’ladi. Nazariy tafak-kurni esa faqat
falsafagina bera oladi.
Xullas, falsafa aniq fanlar kabi ilmiydir. U fan bilan birga vujudga kelib, fan
bilan birga rivojlangan. Falsafa ilmiylikning barcha mezonlariga javob beradi, ya‘ni uning o’z ob‘ekti va predmeti bor, u jamiyatda aniq funktsiyalarni bajaradi, uning bilimlari asoslangan, ob‘ektiv va sistemalidir. Shuning bilan bir qatorda bu-yuk faylasuf Aristotel falsafa «fanlar malikasi» va nemis mutafakkiri Gegel aytganidek
falsafa «fanlar qiroli-chasi», «fanlar fani» deganidek falsafa bugungi kunda kelib
ham fanlarning metodologik asosi vazifasini ham o’taydi.
Biz tanishib chiqayotgan masalaradan yana biri-bu falsafiy dunyoqarashning ilmiyligi muammosidir. Bu muammo falsafaning fan bilan munosabatini o’z ichiga oladi. Falsafaning fanga munosabati, uning konkret fanlar bilan bog’liqligi bu yangi masala emas....
Falsafiy dunyoqarashning ilmiylik muammosi antik davr falsafasidayoq boshlangan edi. Bu narsa falsafaning o’ziga xos tub muammolarini aniqlashga borib taqaladi.
Falsafa tarixida falsafaning o’ziga xos tub muammo-larini birinchi bo’lib aniqlashga kirishgan mutafakkir Aristoteldir. Borliqning alohida konkret soha-lariga oid bilimlardan farqli ravishda, u falsafani tub ma‘nodagi bor-liqning umu-miy boshlang’ich ...
XIX asrga kelib alohida fanlar taraqqiyotining yangi boqichi boshlanadi, ular yanada gurkirab rivojlana boshlaydi. Bu yangi bosqich boshlangan bir sharoitda alohida fanlarning buyukligi, falsafaning esa hech bir qimmati yo’qligi, falsafa o’z qimmatini...
Xullas, falsafa aniq fanlar kabi ilmiydir. U fan bilan birga vujudga kelib, fan bilan birga rivojlangan. Falsafa ilmiylikning barcha mezonlariga javob beradi, ya‘ni uning o’z ob‘ekti va predmeti bor, u jamiyatda aniq funktsiyalarni bajaradi.
Xulosa:
Buning uchun bu aniq fanlar nazariy tafakkurga muhtoj bo’lar
va nazariy tafakkursiz hech ish qilolmas edi. Nazariy tafakkur esa ilmiy
tushunchalardan, falsafiy kategoriyalardan iborat bo’lib, u ijtioiy-tarixiy amaliyot
erishgan yutuqlar, falsafa va aniq bilimlarning tarixiy taraqqiyot natijasida, falsafa
va aniq fanlar tarixini o’rganish asosida hosil bo’ladi. Nazariy tafak-kurni esa faqat falsafagina bera oladi.
Xullas, falsafa aniq fanlar kabi ilmiydir. U fan bilan birga vujudga kelib, fan
bilan birga rivojlangan. Falsafa ilmiylikning barcha mezonlariga javob beradi, ya‘ni uning o’z ob‘ekti va predmeti bor, u jamiyatda aniq funktsiyalarni bajaradi, uning bilimlari asoslangan, ob‘ektiv va sistemalidir. Shuning bilan bir qatorda bu-yuk faylasuf Aristotel falsafa «fanlar malikasi» va nemis mutafakkiri Gegel aytganidek falsafa «fanlar qiroli-chasi», «fanlar fani» deganidek falsafa bugungi kunda kelib ham fanlarning metodologik asosi vazifasini ham o’taydi.
Asosiy adabiyotlar:
1. Falsafa. Q. Nazarov tahriri ostida. Toshkent, 2000.
2. Filosofiya. Pod red. V.P. Koxanovskogo.- Rostov-na-Donu,
1999.
3. Falsafa. E. Yusupov tahriri ostida. Toshkent, 1999.
4. Osnov filosofii. Pod. red. M. Axmedovoy i V. Xana. Toshkent,
1998.
5. Rahimov I. Falsafa. Qisqacha konspekt. Toshkent, 1998.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |