Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet240/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

3-§.Konstitutsiyaning
ahamiyati asosiy irodasi va intilishi har tomonlama o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishni o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan va ushbu maqsad yo‘lida jadallik bilan odimlamoqda. Huquqiy davlatning asosiy belgilari sifatida: huquq hukmronligining tan olinganligi, inson huquq va erkinliklari ta’minlanganligi, hokimiyatlarning taqsimlanganligi, sud hokimiyatining mustaqilligi, rivojlangan fuqarolik jamiyati mavjudligi va boshqalarni e’tirof etish lozim.
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat va ijtimoiy hayotni tashkil etishning asosiy prinsiplardan biri sifatida mustahkamlangan. Bu huquqiy davlat bosh mezonining amaldagi ifodasidir. Ushbu rahbariy g‘oyaning faol harakatini, ijrosini ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida shunday dedi: «Kanstitutsiya va qonun ustuvorligi hamda qonuniylik tamoyillarining so‘zsiz ta’minlanishi inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning muhim kafolatidir... Shu nuqtayi nazardan, Konstitutsiya hamda qonun talablariga og‘ishmay amal qilish ma’naviy saviyamiz, madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart»1.
Konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklari to‘liq mustahkamlab qo‘yilgan. Huquq va erkinliklar faqat qog‘ozda emas, balki, amalda ham o‘z ifodasini topmoqda. Har bir fuqaro konstitutsiyaviy huquqlarini to‘la anglab, ulardan amaliy hayotda ravon foydalanish imkoniyatiga ega. Jamiyat a’zolarining o‘z huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va fuqarolik majburiyatlarini chuqur anglab yetishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» (1997-yil 29-avgust), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoyishi (2001-yil 4-yanvar) va shu kabi normativ-huquqiy hujjatlarning ahamiyati beqiyosdir.
Huquqni bilish va anglash huquqiy tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni talab qiladi. Huquqiy savodxonlik dastlab konstitutsiyaviy qoidalarni o‘rganishdan boshlanadi. Mamlaktimizda Konstitutsiyani o‘rganish, unda mujassamlangan
g‘oya va talablarni aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish faoliyati muntazam tus oldi. Ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiyaning mazmuni, mohiyati, jamiyat hayotida tutgan o‘rni, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyatini yoritish keng o‘rin egalladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-bobida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi mustahkamlangan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi, birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalariga va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (15–16-moddalar).
Qonuniylikning belgilaridan biri bo‘lgan barcha huquq subyektlari uchun qonun talablarining istisnosiz majburiyligini jamiyatdagi demokratik teng huquqlilik prinsipidan ajratib bo‘lmaydi. Qonun hamma uchun joriy qilinadi. Qonun oldida hamma teng. Qonunni bajarmaganlik yoki buzganlik uchun kim bo‘lishidan qat’i nazar, javobgarlikka tortiladi va buning uchun u asos hisoblanadi. Jamiyatda davlat organlari va jamoa tashkilotlari, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun qonun (huquq) talablariga rioya etish majburiyati tengdir.
Shunday qilib, Konstitutsiya jamiyat hayotida qonuniylikka rioya etilishining negizi hisoblanadi. Fuqarolarning umumiy madaniy saviyasi, davlat apparati xizmatchilarining huquqiy bilim darajasining yuksakligi qonuniylikni ta’minlashning muhim omilidir.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish