Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


XXII bob. YURIDIK IXTILOF (KOLLIZIYA)



Download 1,37 Mb.
bet243/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

XXII bob. YURIDIK IXTILOF (KOLLIZIYA)


Yuridik
ixtiloflarning 1-§.tushunchasi,
sabablari va oqibatlari

Mustahkam qonuniylik va barqaror huquqiy tartibotni ta’minlash har qanday jamiyat va davlatning diqqat-e’tibori markazida turgan masaladir. Yangi jamiyat barpo etishga yo‘naltirilgan jo‘shqin islohotlar va moder-

nizatsiyalash sharoitida keng ko‘lamli huquq
ijodkorligi, shu jumladan qonun chiqarish faoliyati amalga oshirilmoqda. Buning natijasida huquqning barcha tarmoqlari bo‘yicha nihoyatda katta hajmdagi normativ-huquqiy hujjatlar majmui vujudga keladi. Boshqacha aytganda, o‘ta murakkab, ko‘p tarmoqli qonunchilik tizimi qaror topadi. Shiddat bilan rivojlanib, tez o‘zgarib borayotgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish ehtiyojlariga javob tarzida yaratilayotgan normativ hujjatlar va ularda mustahkamlangan huquqiy qoidalar o‘rtasida ba’zan nomutanosibliklar, noaniqliklar, kelishmovchiliklar, hatto qarama-qarshiliklar (ixtilof, ziddiyat, kolliziyalar) uchrashi tabiiy.
Qolaversa, so‘nggi yillarda huquqni talqin etishda sotsiologik yo‘nalish ustuvor mavqega ega bo‘lib bormoqda. Sotsiologik yondashuv nafaqat huquqning kelib chiqish sabablarini, jamiyat hayotida adolat va tenglikni ta’minlashda o‘ynaydigan ijobiy rolini, balki uning kamchiliklarini, salbiy jihatlarini salmoqli empirik asosga tayangan holda xolisona ochish imkonini beradi. Ijtimoiy hodisalarni sotsiologik tahlil etish vositasida ularning barcha jihatlarini kompleks tarzda aniqlash mumkin. Sotsiologiyaning maqsadi barcha ijtimoiy hodisalar kabi huquqning jamiyat hayotidagi ahamiyatini, unga batartiblik, barqarorlik, uyushqoqlik baxsh etuvchi qadriyat ekanligini ko‘rsatishdan iborat. Ogyust Kontning e’tiroficha, tartib va barqarorlik jamiyat borlig‘ining namoyon bo‘lishidir. Dyurkgeym esa, sotsiologiyaning asosiy xizmatini jamiyatning qadriyatli normativ sistemalarini tahlil qilish va tadqiq etishning metodlarini ishlab chiqishda, deb bildi1. Sotsiologiya jamiyat va huquq amal qilishidagi ziddiyatlar, kamchiliklar va salbiy hodisalarni aniqlashga yordam beradi.
Yuridik ziddiyatlar, o‘z yechimini topmay qolayotgan muammolar hamda kamchiliklarning ko‘lami «yuridik kolliziya» va «yuridik konflikt» kategori-
yalari ma’no-mazmunini ilmiy tahlil etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Boz ustiga, qonunchilik hujjatlarida «kollizion normalar», «kelishmovchiliklarni bartaraf etish protseduralari» kabi huquqiy institutlarning paydo bo‘layotganligi ham mazkur voqeliklar xususida ilmiy tadqiqotlar olib borish lozimligini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Yuridik adabiyotda esa, huquqning alohida tarmog‘i – kollizion huquq vujudga kelayotganligi haqida nazariy mulohazalar bildirilmoqda. Bu hol mazkur huquq tarmog‘ida asosiy, sistema hosil qiluvchi ahamiyatga molik bo‘lgan tushunchalar: yuridik ixtilof va yuridik nizoning mazmuni hamda ta’rifini aniqlash masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda.
Yuridik ensiklopedik lug‘atda tavsif berilishicha, kollizion normalar (fransuzcha «conflits de lois», inglizcha «conflists of laws» so‘zlaridan olingan bo‘lib nizo, to‘qnashuv degan ma’noni anglatadi) xalqaro xususiy huquq sohasida uchraydigan bir necha normalar bo‘lib, ular ma’lum bir masalani tartibga solish jarayonida to‘qnashadi1.
Professor Yu.A. Tixomirovning fikriga ko‘ra, yuridik ixtilof (kolliziya) deganda, amaldagi huquqiy hujjatlar bilan huquqiy tartibot va talablar, ularni o‘zgartirish, e’tirof etish yoki rad etish bo‘yicha harakatlar o‘rtasidagi qaramaqarshilik (ziddiyat) tushuniladi. Yuridik nizo (konflikt) esa, siyosiy, ijtimoiy kuchlar bilan davlat, jamoat tuzilmalari o‘rtasidagi g‘ayrikonstitutsiyaviy qarama-qarshi kurashdir2.
Ayni vaqtda, ijtimoiy hayotdagi nizolarni hal etish va yuridik amaliyotdagi ziddiyatlar, kamchiliklar, nomutanosibliklarni hal etish asnosida yangi ilmiy yo‘nalish – yuridik konfliktologiya shakllanmoqda. Uning asosida yuridik konflikt(nizo)ning huquqiy belgilanishi, huquqiy shaklga ega bo‘lishi yotadi. Bunda har qanday nizoga xos elementlar (ishtirokchilar, motiv-maqsad, sabab, obyekt, jarayon va hokazolar) mavjud bo‘ladi. Yuridik konfliktda nizo (bahs) tomonlarning huquqiy munosabati bilan bog‘liq, bunda subyektlar va ular xatti-harakatining motiv-maqsadlari, obyektlari huquqiy xususiyatlarga, nizoning o‘zi esa, yuridik oqibatlarga ega bo‘ladi.
Davlat va huquq umumiy nazariyasi bo‘yicha akademik kurs mualliflari talqiniga binoan, yuridik ixtilof deganda, ayni bir yoki o‘xshash ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi nomutanosiblik yoki qarama-qarshilik, shuningdek huquqni qo‘llash bilan mutasaddi davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida kelib chiquvchi qarama-qarshiliklar tushuniladi3.
Ma’lumki, qonunchilik murakkab, ko‘p tarmoqli tuzilma bo‘lib, unda turli nomutanosiblik, nomuvofiqlik, har xillik, o‘zaro zid qoidalar, raqobatlashuvchi normalar va institutlar mavjud. So‘nggi yillarda mamlakatimiz qonunchiligi bozor munosabatlarini qaror toptirish yo‘nalishida rivojlanib, miqdor jihatdan o‘sib bormoqda. Bunda ijobiy siljishlar bilan bir qatorda islohot talablaridan, ijtimoiy jarayonlardan ortda qolish tendensiyalari ham kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev ta’kidlaganidek, «Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, amaldagi qonunlarimizda bir-biriga zid o‘rinlar ham yo‘q emas»1. Yana bir chiqishda davlat rahbari: «Afsuski, hozirgi kunda qonunlarning islohotlar samarasiga ta’siri yetarlicha sezilmayapti. Ularning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishdagi roli pastligicha qolmoqda»2 – dedi. Qonunlarimiz o‘tish davri ruhini aks ettirib, muayyan nobarqarorlik kasb etmoqda, ya’ni ular tez-tez o‘zgartirilib, to‘ldirilib, yangi tahrirda qayta qabul qilinib kelmoqda. Davr talablaridan kelib chiqqan holda yuridik normalarning kattagina qismini tuzatish, yangi hayotiy voqeliklarga muvofiqlashtirish, xalqaro standartlarga moslashtirish, samaradorligini oshirish, batartiblashtirish lozimligi ayondir. Bundan tashqari, qonunchilikning umumiy tizimida turli darajadagi va har xil ahamiyatli, turli yuridik kuchga hamda ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan hujjatlar amal qiladi, shuningdek unifikatsiya (bir xillashtirish) va differensiatsiya (turkumlashtirish), birlashtirish va alohidalash jarayonlari kechmoqda, vertikal va gorizontal aloqa va tendensiyalar birikib ketishi yuz bermoqda. Shu nuqtayi nazardan xulosa qilganda, qonunchilik jo‘shqin, tig‘iz rivojlanuvchi, ayni vaqtda, ziddiyatli va asimmetrik (nomutanosib) tizim sifatida namoyon bo‘lishi ham mumkin.
Ijtimoiy hayotda ba’zan shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ularni hal etish tartibi bir vaqtning o‘zida bir necha normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan bo‘ladi. Masalan, boquvchining vafot etganligi munosabati bilan zararni to‘lash tartibi ayni vaqtda ham O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 192-moddasida, ham O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1009-moddasida nazarda tutilgan. Ammo, ushbu moddalar masalani hal etishga bir xilda yondashmagan. Fuqarolik kodeksining 1009-moddasining III qismiga muvofiq boquvchining o‘limi munosabati bilan zarar: voyaga yetmaganlarga – o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar; o‘n sakkiz yoshdan oshgan o‘quvchilarga – o‘quvning kunduzgi shaklida o‘qishni tugatgunga qadar, biroq yigirma uch yoshdan oshmaguncha to‘lanadi. Biroq, Mehnat kodeksining 192-moddasi V qismida o‘n olti yoshdagi va undan katta o‘quvchilar o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida o‘qishni tugatgunlaricha, lekin o‘n sakkiz yoshga qadar bo‘lgan davrda, zararni undirish huquqiga egadirlar, deb belgilangan.
Bu ikki yuridik norma o‘rtasida ziddiyat mavjud: 1009-modda zarar undirish yoshi chegarasini yigirma uch yoshgacha, 192-modda – 18 yoshgacha, deb belgilagan. Ushbu nomuvofiqlik (kolliziya) ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqib, 2008-yil 21-oktabrda matbuotda o‘z xulosasini e’lon qilgan. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi boquvchining o‘limi munosabati bilan zararni to‘lash tartibini belgilovchi normalaridagi mazkur farq ushbu normalarning amaliyotda qo‘llanilishida jiddiy qiyinchiliklarga olib kelmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi mazkur ixtilofli ishni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 192-moddasining normalarini O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1009-moddasining normalariga muvofiqlashtirish lozim, degan xulosaga keldi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga asoslangan holda Mehnat kodeksining 192-moddasiga o‘quvning kunduzgi shaklida ta’lim olayotgan shaxslarning ular 23 yoshga yetgunga qadar boquvchining o‘limi munosabati bilan zararni undirish huquqini belgilovchi o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi tartibda kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi1.
Bunda huquqiy tartibga solish mavzesining bir nuqtasida bir necha normalar to‘qnashuvi yuz beradi. Ba’zan esa, buning aksi bo‘ladi, ya’ni muayyan muammoli munosabatni bevosita tartibga soladigan yuridik norma mavjud bo‘lmaydi. Har qanday ixtilofni bartaraf etish uchun huquqni sharhlovchi yoki huquqni qo‘llovchi shaxsdan yuksak kasb malakasi, ish holatini aniq tahlil etish, eng maqsadga muvofiq qaror variantini tanlab olish talab etiladi. Qarama-qarshiliklarni bartaraf etishda, odatda, yangi normalar – ya’ni, kollizion normalarni qabul qilish yordam beradi. Masalan, 1995-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 71-bobi «Kollizion normalar» deb atalib, unda fuqarolik huquqining asosiy institutlari bo‘yicha kodeksdagi moddalarni qo‘llashda ziddiyat kelib chiqqanda qaysi qonunlarni qo‘llash belgilangan.
Yuridik ixtiloflar, shubhasiz, huquqiy tizimning barqaror va batartib faoliyat yuritishiga xalaqit beradi, aksariyat hollarda fuqarolarning huquqlari buzilishiga olib keladi, huquqiy tartibga solishning samarasiga, qonuniylik va huquqiy tartibotga, jamiyatning huquqiy ongi va madaniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular huquqni qo‘llash amaliyotida noqulayliklar keltirib chiqaradi, oddiy fuqarolarning qonunchilikdan foydalanishini qiyinlashtiradi, huquqiy nigilizm ildiz otishiga yo‘l ochadi. Basharti, bitta holatni tartibga soluvchi ikki, uch yoki undan ko‘p o‘zaro qarama-qarshi hujjatlar bo‘lsa, ijro etuvchi subyektlar ularning hech biriga rioya etmaslik imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bois bunday ixtiloflarning oldini olish, yumshatish yoki bartaraf etish yuridik fan va amaliyot oldida turgan muhim vazifadir.
Huquqiy normalarning ixtiloflashuvidan ularning raqobatlashuvini farqlash lozim. Raqobatlashuvchi normalar deganda, o‘zaro qarama-qarshi bo‘lmagan, faqat turlicha aniqlik darajasi va hajmi jihatdan farqlanuvchi ikki, uch va undan ortiq normalarning bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi tushuniladi. Bular, odatda, turli yuridik kuchga ega bo‘lgan, har xil darajadagi huquq ijodkorligi organlari tomonidan qabul qilingan normalardir. Yuridik normalarning raqobatlashuvi aslida normal holatdir. Biroq, bundan farqli o‘laroq normalar ixtilofi salbiy holat bo‘lib, ko‘pincha noxush oqibatlarga olib keladi. Ixtiloflashuvchi normalar o‘zaro kelisha olmaydilar, bir-birini istisno etadilar.
Yuridik ixtiloflarning sabablari ham obyektiv, ham subyektiv xususiyatga ega. Obyektiv sabablar qatoriga huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning ichki ziddiyati, jo‘shqinligi va o‘zgaruvchanligi, ularning to‘lqinsimon notekis rivojlanishi kiradi. Bunda huquq ijtimoiy munosabatlarning, umuman hayotning rivojlanish darajasidan ortda qoladi (konservativ bo‘lib, ma’naviy eskiradi). Shu bois huquq doimiy ravishda «tuzatilib», takomillashtirilib, yangi hayotiy vaziyatlarga moslashtirilib boriladi. Buning natijasida ayrim normalar bekor qilinib, o‘rniga yangilari paydo bo‘lib turadi. Eskirgan normalar o‘z vaqtida bekor qilinmagan taqdirda, ular bilan yangi normalar o‘rtasida ixtiloflar kelib chiqishi mumkin. Shu o‘rinda ijtimoiy munosabatlarning mazmunan turli-tumanligiga, ularning har biri o‘ziga xos tarzda huquqiy tartibga solinishiga e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga ijtimoiy munosabatlar doimo qonunlardan ildamroq rivojlanib borishini e’tirof etish lozim. Qolaversa, ijtimoiy munosabatlar huquqiy va nohuquqiy tartibga solish sohalari o‘rtasidagi chegara ham o‘zgarib turadi. Va nihoyat, har qanday milliy huquqiy tizim xalqaro standartlarga, ma’naviy-gumanistik mezonlarga, demokratiya prinsiplariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Sanab o‘tilgan omillar qaysidir ma’noda yuridik ixtiloflar paydo bo‘lishini tabiiy va muqarrar qiladi. Yu.A. Tixomirovning fikricha, yuridik ixtiloflarni faqat salbiy holat sifatida qabul qilish ularni xolisona baholashga halaqit qiladi. «Kolliziyalar qator hollarda ijobiy rag‘bat berishi, taraqqiyotga bo‘lgan ehtiyojni, yangi huquqiy holatga o‘tish talabini ifoda etishi mumkin»1. Darhaqiqat, dialektikaning qarama-qarshiliklar birligi va kurashi taraqqiyotga turtki beradi, degan qoidasini hech kim inkor etmaydi.
Yuridik ixtiloflar taraqqiyotga ijobiy turtki berishi quyidagilarda ko‘rinadi: birinchidan, yuiridik ixtilof huquqiy tizim yoki uning ayrim elementlaridagi, davlat institutlari, xo‘jalik yuritish shaklidagi deformatsiya (buzilish) ni aks ettiradi; ikkinchidan, yuridik ixtilof davlat-huquqiy institutlar ijobiy faoliyati va rivojlanishidagi tabiiy qarama-qarshiliklarning ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi; uchinchidan, yuridik ixtilof yangi huquqiy tartibotga o‘tish yoki konstitutsiyaviy tuzumni himoya etishga oid adolatli talablarni ifodalashi va shu tariqa beboshlik, g‘ayriqonuniy harakatlar va hujjatlardan norozilikni bayon etadi.
O‘z davrida G. Gegel shunday degan edi: «... qonunlarni qo‘llashda ixtiloflarning kelib chiqishi tamomila zarur holatdir, aks holda ishlarni yuritish mexanik xususiyatga ega bo‘lib qoladi. Agar yuristlar masalalarni hal etishni sudyalar ixtiyoriga berish bilan ixtiloflardan qutilish mumkin degan xulosaga kelgan bo‘lsalar, buni ma’qullab bo‘lmaydi, zero qarorlarni faqat sudyalar qabul qilishining oqibati beboshlik bo‘lishi mumkin»12.
Huquqiy hayotdagi ixtiloflarning subyektiv sabablari siyosatchilar, qonun yaratuvchilar va hokimiyat vakillarining, bir so‘z bilan aytganda, insonlarning irodasi va ongi bilan bog‘liqdir. Bular, masalan, qonun sifatining pastligi, huquq sohasida tartibga solinmagan bo‘shliqlarning mavjudligi, norma yaratish faoliyatining muvofiqlashtirilmaganligi, huquqiy materialning tizimlashtirilmaganligi, huquqiy madaniyatning sayozligi, yuridik nigilizm mavjudligi, ijtimoiy tanglik holatlarining paydo bo‘lishi va hokazolar.
Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda huquqning yangi tarmog‘i – kollizion huquqni shakllantirish vaqti yetdi, degan mulohazalar mavjud. Ta’kidlanishicha, kollizion huquqning o‘z predmeti, prinsiplari va huquqiy tartibga solish tizimi qaror topib bormoqda. Chamasi, bu huquq tarmog‘i yuridik ixtilof va nizolarning barcha turlarini hal etishni, ularning sabablarini, vujudga kelish va namoyon bo‘lish dinamikasini, rivojlanish bosqichlarini o‘z qamroviga olishi lozim.
Yuridik ixtiloflar aksariyat hollarda ijtimoiy hayotda va yuridik amaliyotda jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Yuridik qarama-qarshilik, nomutanosiblik va ixtiloflar huquqiy tizimning bir maromda, bahamjihat faoliyat yuritishiga halal beradi, qator hollarda esa fuqarolarning huquqlari buzilishiga, huquqiy tartibga solishning samaradorligi pasayishiga sabab bo‘ladi. Eng xavotirlisi shundaki, huquq sohasidagi ixtiloflar jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibot rejimiga putur yetkazadi, huquqiy ong va huquqiy madaniyat holatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ixtiloflar huquqni qo‘llash amaliyotida noqulayliklar keltirib chiqaradi, fuqarolar tomonidan qonunchilik normalaridan foydalanishni qiyinlashtiradi, aholi orasida huquqiy nigilizm kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Yuridik ixtiloflarning salbiy oqibatlarini quyidagicha guruhlashtirish mumkin: 1) ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar; 2) ijtimoiy-siyosiy oqibatlar; 3) ma’naviyruhiy oqibatlar; 4) huquqiy oqibatlar.
Ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar subyektlar o‘rtasida mulkiy nizolarning kelib chiqishiga, ularning moddiy zarar ko‘rishiga, moliyaviy va soliq munosabatlarida nomutanosibliklar yuz berishi bilan ifodalanadi. Ijtimoiy-siyosiy oqibatlar davlat organlari va mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlarini to‘la va lozim darajada ado etishlariga halal berishiga, mansab lavozimlarining suiiste’mol qilinishiga, fuqarolarning siyosiy huquqlari buzilishiga, siyosiy tizimda ziddiyatli holatlar vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.
Ma’naviy-ruhiy oqibatlar jamiyatda qaror topgan madaniy, ma’naviy hamda axloqiy qadriyatlar amal qilishiga putur yetkazishi, shuningdek huquq subyektlariga ma’naviy zarar yetkazilishi bilan ifodalanishi mumkin. Huquqiy oqibatlar ham jiddiy zarar bilan ifodalanishi tabiiy. Bunda huquqiy ongda deformatsiya (buzilish) holatlari namoyon bo‘ladi, huquqiy nigilizm ildiz otadi, huquqiy madaniyat zavol topadi, qonun ustuvorligi yetarli ta’minlanmaydi, qonunchilik hujjatlarining samaradorligi pasayadi va hokazo.
Demak, yuridik ixtiloflarning oqibatlari jamiyat taraqqiyotiga jiddiy salbiy zarar keltirishi mumkin. Shu bois, bunday ixtiloflarning oldini olishning samarali mexanizmlarini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratish lozim.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish