Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet203/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Ikkinchi shakl – majburiyatlarni bajarish. Bajarish huquqni amalga oshirishning shunday bir shakliki, u huquqiy qoidaning bajarilishida ifodalanadi. Amalga oshirishning mazkur shaklida subyektlar xulq-atvori faol xususiyatga ega bo‘ladi: ular yuridik normalar bilan belgilangan harakatlar sodir etadi, ya’ni o‘zlariga yuklangan faol harakat qilish majburiyatlarini bajaradilar. Mas’uliyatni nazarda tutuvchi majburiyat yuklovchi normalarni amalga oshirish uchun faol xulq-atvor, chunonchi: soliq to‘lash, xaridorga mahsulot yetkazib berish, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishni bajarish kabilar talab etiladi.
Uchinchi shakl – subyektiv huquqdan foydalanish. Dispozitsiyalarida subyektiv huquqlar nazarda tutilgan vakolat beruvchi normalar shu shaklda amalga oshiriladi. Foydalanish amalga oshirishning shunday bir shakliki, u berilgan ruxsatlardan kelib chiquvchi imkoniyatlarni amalga oshirishda ifodalanadi. Subyektlarning faol xulq-atvori bu shaklga xos xususiyatdir. Ayni holda subyektiv huquqlar, o‘z faol xulq-atvori, huquq orqali berilgan yuridik imkoniyatlardan foydalanish huquqlari (masalan, himoyalanish huquqi, mulk obyektlarini yuridik jihatdan tasarruf etish huquqi, saylov huquqidan foydalanish) to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi FKning 164-moddasida shunday deyilgan: «Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli molmulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iboratdir». Subyektiv huquq ham faol, ham passiv xulq-atvorni nazarda tutadi. Subyekt o‘z huquqidan foydalanishdan bosh tortsa, o‘zini passiv tutadi. Subyektiv huquq vakolatli shaxsning o‘z harakatlari orqali (ashyo egasi undan ashyoning bevosita vazifasiga ko‘ra foydalanadi), yuridik harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan (ashyoni garovga berish, uni hadya qilish, sotish va hokazo), majburiyat olgan shaxsga talab qo‘yish orqali (qarzdordan qarzni qaytarishni talab qilish) va da’vo shaklida, ya’ni vakolatli davlat organiga poymol etilgan huquqini himoya qilishni so‘rab murojaat etish yo‘li bilan (agar qarzdor qarzni qaytarishdan bosh tortsa, qarz beruvchi qarzini majburiy tarzda undirishni so‘rab sudga murojaat etadi) amalga oshirilishi mumkin.
To‘rtinchi shakl – huquqni qo‘llash. Huquqni qo‘llash uchun vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar, vakolat berilgan nodavlat-notijorat tashkilotlar tomonidan huquq normasida, qonunda mujassamlangan imperativ talabni, yuridik qoidani hayotga joriy qilish lozim bo‘ladi. Huquqni qo‘llash alohida hokimiyat mazmuniga ega faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyat uyushtiruvchi, tashkil etuvchi xususiyatga ega. U faol xatti-harakat orqali sodir etiladi.
Huquqni amalga oshirish to‘g‘risida eng aniq ma’noda bajarish shakli bilan bog‘liq holda so‘z yuritish mumkin. Huquqni amalga oshirishning qolgan ikki shakli (foydalanish va rioya etish)ga kelsak, bu yerda huquqni amalga oshirish haqidagi umumiy qoidalar aniqlik kiritishga va hatto eslatmalarga, izohlarga muhtojdir. Avvalambor, ko‘rsatilgan bu ikki shaklga birlikda, uyg‘unlikda va tartibga solish turiga ko‘ra qaralishi lozim. Foydalanishda doim rioya etish ham bo‘ladi: umumiy ruxsat beruvchi huquqiy tartibga solishda – muayyan man etuvchi normalarni buzmaslik tarzida, ruxsat beruvchi tartibga solishda – subyektiv huquq belgilagan xulq-atvor chegarasiga qat’iy rioya qilish, bu chegaradan chetga chiquvchi harakatlar sodir etmaslik tarzida namoyon bo‘ladi.
Binobarin, eng muhimi bunda emas. Umumiy ruxsat beruvchi huquqiy tartibga solishda ham, aniq ruxsat beruvchi tartibga solishda ham vakolatli subyekt faol harakat qiladi. Bu faol xulq-atvorga faqat shartli ravishda huquqni amalga oshirish sifatida qaralishi mumkin. Subyektlarning faol xulq-atvorida asosan ijtimoiy hayotning obyektiv belgilangan ehtiyojlariga asoslangan moddiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa manfaatlar amalga oshadi. Tegishli – vakolat beruvchi va man etuvchi yuridik normalarni, shuningdek umumiy ruxsat va taqiqlarni amalga oshirish esa, amalda namunaviy konstruksiyalar, umumiy va mutlaq huquqiy munosabatlarning yaratilishi va subyektlarning ularga muvofiq ijtimoiy ehtiyojlari bilan belgilangan o‘z faol xulq-atvorini amalga oshirishidan iborat bo‘ladi.
Huquqni amalga oshirish aksariyat hollarda davlat va uning organlari ishtirokisiz yuz beradi. Fuqarolar va tashkilotlar o‘z ixtiyori bilan, majburlovsiz, o‘zaro kelishuvga ko‘ra huquqiy munosabatlarga kirishadilar va bu munosabatlar doirasida subyektiv huquqlardan foydalanadilar, majburiyatlarni bajaradilar va qonunda belgilangan taqiqlarga rioya qiladilar. Shu bilan birga, ayrim hollarda, davlatning aralashuviga zarurat tug‘iladi, bunday aralashuvsiz huquqni amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi. Huquqiy tartibga solish jarayoniga uning yakunlovchi bosqichida huquqni qo‘llash maydonga chiqadi.
Huquqni qo‘llashning zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi:
Birinchidan, ayrim normalarni amalga oshirish mexanizmida davlatning ishtiroki nazarda tutiladi. Bu, avvalo, moddiy ne’matlarni davlat tomonidan taqsimlash nazarda tutilgan normalardir. Masalan, pensiya huquqini amalga oshirish ijtimoiy ta’minot organi komissiyasining ayrim fuqaroga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi qarorini zarur element sifatida o‘z ichiga oladi. Davlat yer fondidan yer uchastkasi ajratish tegishli davlat organining alohida hokimiyat qarorini talab qiladi. Shu tartibda, ya’ni alohida hokimiyat qarori chiqarish yo‘li bilan fuqarolar va tashkilotlarga foydalanish uchun davlat mulkiga kiruvchi yer uchastkalari ajratiladi.
24–18-8
Ikkinchidan, davlat apparati doirasida davlat organlari va mansabdor shaxslari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar asosan hokimiyat va bo‘ysunish xususiyatiga ega bo‘ladi. Mazkur huquqiy munosabatlar zaruriy element sifatida hokimiyat qarorlarini, ya’ni huquqni qo‘llash hujjatlarini (masalan, Prezidentning vazirni lavozimdan olish to‘g‘risidagi farmonini) o‘z ichiga oladi.
Uchinchidan, huquq normasi huquq to‘g‘risida nizo chiqqan hollarda qo‘llaniladi. Agar taraflar o‘zaro huquqlari va majburiyatlari xususida bir to‘xtamga kela olmasalar, ular nizoni hal qilishni so‘rab vakolatli davlat organiga murojaat etadilar (masalan, tashkilotlar o‘rtasidagi nizolarni xo‘jalik sudlari ko‘rib chiqadi).
To‘rtinchidan, huquqni qo‘llash sodir etilgan huquqbuzarlik uchun yuridik javobgarlik chorasini aniqlash, shuningdek tarbiyaviy, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun zarur bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, huquqni qo‘llash – vakolatli organlar va shaxslarning yuridik ish bo‘yicha yuridik faktlar va muayyan huquqiy normalar asosida alohida qarorni tayyorlash va qabul qilish borasidagi hokimiyat mazmuniga ega bo‘lgan faoliyatidir.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish