Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet211/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

chasi va mohiyati bilan har qancha «muloqot» qilish, uni amal-
ga oshirish, ayniqsa, qo‘llash masalalari bi-
lan «to‘qnashuv» har safar huquqiy imperativlar, talablarning ma’no-mazmunini aniqlab, oydinlashtirib olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Huquqiy vaziyatni va unga nisbatan qo‘llanadigan huquqiy me’yorlar mazmunini mukammal anglab, to‘la tushunib ish tutish uning mahsuldor va samarali bo‘lishini kafolatlaydi. Qo‘llaniladigan huquqiy normaning mazmunini teran tushunib olishga sharhlash instituti ko‘maklashadi. «Huquqiy normani sharhlash» kategoriyasini tahlil etish doirasida avvalo «sharhlash» iborasining etimologiyasini bilib olish muhimdir.
«Sharhlash» – lotincha «interpretation» iborasidan olingan bo‘lib, uni keng va tor ma’noda talqin etish mumkin. Sharhlashni keng ma’noda tushunishda, tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarni tushuntirishga qaratilgan har qanday bilish jarayoni nazarda tutiladi. Tor ma’noda esa – so‘zlar, iboralar, formula va ramzlarni, ya’ni tabiiy yoki sun’iy til belgilarini aniqlashtirishni anglatadi. Ijtimoiy fanlarda «sharhlash» atamasi – «talqin qilish», «izohlash», «tushuntirish» kabi so‘zlarning sinonimi tarzida qo‘llaniladi.
Huquqni sharhlash tushunchasi adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Ba’zi bir mualliflar, huquqni sharhlash deganda – faqat huquq normasi mazmunini aniqlab olishni tushunsalar, boshqalar esa, huquqiy norma mazmunini tushuntirishni sharhlash deb hisoblaydilar. Uchinchi yondashuv tarafdorlarining fikricha, huquqni sharhlash – huquq mazmunini ham aniqlash, ham tushuntirib berishdan iborat. Huquqni sharhlash tushunchasini idrok etishda dastlabki ikki yondashuvda bir tomonlamalikka yo‘l qo‘yiladi. Aslida, sharhlash – huquq mazmunini aniqlash va uni tushuntirib berishdan iborat murakkab ijodiy jarayon bo‘lib, har ikki jihatning yagonaligida namoyon bo‘ladi.
Huquqni sharhlashning mazkur jihatlari quyidagicha ta’riflanadi:
Huquqning ma’nosini aniqlash va tushunish, ya’ni shaxsning huquq normasini anglash va o‘rganish jarayonidir. Bunda shaxs huquq haqidagi dastlabki tasavvurga ega bo‘ladi, u haqidagi mavjud ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.
Huquq normasining mazmunini tushuntirib berish – vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning normativ-huquqiy hujjatlarda mujassamlangan davlat irodasini huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilariga bayon etish va tushuntirishga qaratilgan maxsus faoliyatidir.
«Sharhlash – tushuntirish» faoliyati sharhlovchi shaxs «o‘zi uchun» huquq mazmunini aniqlab olganidan so‘nggina amalga oshirilishi mumkin. Tushuntirish, birinchidan izohlashning aqliy jarayoni sifatida, ikkinchidan, hujjatni (qaror, yo‘riqnoma va h.k.) tahlil etish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Tushuntirishning maqsadi – sharhlanayotgan normalarning mazmunini yoritish, huquq talablarini aniqlantirish yo‘li bilan ularning mazmunini og‘zaki yoki yozma talqin etishdan iborat. Biroq, huquqiy normani sharhlashni faqat tushuntirish faoliyati bilan cheklansa, sharhlashdagi aqliy fikrlash, mushohada yuritish, tafakkur qilish jarayoni chetda qolib ketadi. Demak, sharhlash uchun mutasaddi subyekt avval o‘zi huquqiy norma ma’nosini anglab olishi, keyin boshqalarga izohlab berishi lozim bo‘ladi.
Shunday qilib, huquq normalarini sharhlash deganda, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolarning huquq normalari mazmunini aniqlashga, ularda ifodalangan davlat hokimiyati irodasi mazmunini tushuntirib berishga qaratilgan maxsus faoliyati tushuniladi. Ayni vaqtda, – bu mushohada, tafakkur qilish jarayonidir.
Sharhlash eng umumiy va mavhum tabiatga ega bo‘lgan huquq normalarini, jamiyatda vujudga keluvchi alohida munosabatlarga tatbiq etish ehtiyoji tufayli yuzaga keladi. Prof. S.S. Alekseevning fikricha, qonun chiqaruvchi idora normativ ko‘rsatmalarni shakllantirar ekan, kelajakka, ijtimoiy hayotda vujudga kelishi ehtimol tutiladigan o‘zgarishlarni nazarda tutadi. Shunday qilib, huquq normalarini, ayniqsa, yuksak normativ umumlashganlik darajasi bilan ajralib turuvchi normalarni amalga oshirishda, ularni alohida olingan hodisaga nisbatan qo‘llashda bu normalarni sharhlash zarurati yuzaga keladi. Huquqni sharhlash natijasida uning mazmuni, ijtimoiy vazifasi, amaliy ahamiyati aniqlanadi, anglab yetiladi va tushuntirib beriladi.
Huquqni sharhlashning maqsadi qonun chiqaruvchi organning huquq normasida mujassamlashgan irodasini, ushbu norma bilan bog‘liq deb hisoblagan tasavvurlar va tushunchalarni ifodalashdan iborat. Uning asosiy vazifasi qonun chiqaruvchi organ qonunchilik hujjatida bayon etgan qoidaning mazmunini ochib berishdir. Huquqning mazmunini aniqlash sharhlashning maxsus usul va yo‘llarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Qonun va boshqa normativhuquqiy hujjatlar matnidagi so‘z va iboralarni savodxonlik, mantiqiy va yuridik jihatdan talqin etish sharhlovchi subyektdan ijodiy va ilmiy yondashuvni talab qiladi. Huquqni sharhlashning amaliy ahamiyati ko‘proq sud, prokuratura, ichki ishlar organlari kabi huquqni qo‘llash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari uchun muhimroqdir, zero, ular kundalik faoliyatida huquqqa oid masalalar bilan bevosita shug‘ullanadi hamda huquq normalarini to‘g‘ri tatbiq etilishi uchun mas’uldirlar.
Huquqning mazmuni qonun sifatida rasmiylashtirishdan oldin tushunib olinishi; xuddi shuningdek alohida huquq normasining mazmuni, u tatbiq etilishidan oldin aniqlanishi shart1.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish