Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet204/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqni qo‘llash – O‘z ahamiyatiga ko‘ra huquqni qo‘llash huquqni amalga huquqiy tartibga solishning huquq ijodkorligi-
3-§.oshirish shakli dan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi muhim sifatida institutdir. Qonunda belgilangan maxsus
tarzda chiqariladigan qarorlar yuridik norma-
larni hayotga tatbiq etishni ta’minlovchi, ularni o‘z hukmi bilan mustahkamlovchi yuridik kuchga ega va xulq-atvorning qonuniy vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Huquqni qo‘llash quyidagi xususiyat va belgilarga ega:

  1. davlat hokimiyatini amalga oshirish vakolati berilgan organlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;

  2. individual xususiyatga ega bo‘ladi;

  3. muayyan huquqiy oqibatlar – subyektiv huquqlar, majburiyatlar, javobgarlikni keltirib chiqaradi;

  4. maxsus belgilangan protsessual shakllarda amalga oshiriladi;5) yuridik ahamiyatli alohida qaror chiqarish yo‘li bilan yakunlanadi.

Huquqni qo‘llash huquqni amalga oshirishning bosh funksiyasi – huquqiy tartibga solish jarayonida davlat majburlovidan foydalangan holda yuridik ta’minlash faoliyatining zarurligini ifodalaydi. Huquqni qo‘llash bo‘yicha maxsus faoliyatga bo‘lgan ehtiyoj asosan davlat majburlovidan foydalanish zarurati bilan belgilanadi. Huquq sohasida davlat majburlovi qonuniylik rejimi sharoitida o‘z-o‘zidan amalga kiritilmaydi. Huquq normalari davlat majburlovini qo‘llash imkoniyatinigina nazarda tutadi. Amalda u vakolatli organlar tomonidan qo‘llanilishi lozim. Bu organlar davlat majburlov choralaridan foydalanishning qonuniyligi, o‘rinliligi va maqsadga muvofiqligini tekshirishlari, zarur hollarda qonunda nazarda tutilgan doirada ularni muayyanlashtirishlari, ularni qo‘llash tartibini belgilashlari, ya’ni individual-huquqiy tartibga solishni amalga oshirishlari shart.
Shuningdek, huquqni qo‘llash huquqiy tartibga solish jarayonida (qat’iy qonuniylik sharoitida) davlat majburlovini amalga oshirishning birdan-bir yo‘li hisoblanadi. Bu huquqni amalga oshirishning huquqni qo‘llash amal qiladigan barcha shakllariga – foydalanish, rioya etish va bajarishga taalluqlidir.
Huquqiy tartibga solishni ta’minlovchi faoliyatni va shu munosabat bilan davlat majburlovining qo‘llanilishini belgilovchi haqiqiy holatlar qatoriga, odatda, quyidagilar kiradi: a) subyektiv huquqni amalga oshirishga monelik qiluvchi holatlarning mavjudligi, yuridik majburiyatlarni bajarmaslik; b) yuridik javobgarlikka tortishni talab qiluvchi huquqbuzarlik sodir etilishi.
Hokimiyatning qonunchilik va ijro tarmoqlariga mansub organlari yozilgan huquq normalariga asosan ish ko‘rishlari lozim. Huquqni qo‘llash – huquq ijodkorligi yoki ma’muriy organlarning davlat-hokimiyat vakolatlariga asoslangan yuridik normalarni hayotga tatbiq etish borasidagi harakatlaridir. Bu yerda huquqiy tizimlarning o‘ziga xosligiga qarab muhim xususiyatlar mavjud bo‘lsa-da (avvalo, anglo-sakson guruhiga kiruvchi umumiy presedent huquqi tizimlari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda), biroq huquqni qo‘llovchi organ yozilgan huquqning davlat tomonidan belgilangan yoki qabul qilingan (tasdiqlangan) amaldagi yuridik normalari bilan ish ko‘radi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish