Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet270/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqiy davlat
6-§.ta’limotining tarixiy-nazariy
manbalari

Endilikda jahonda huquqiy davlatlarning soni etatik davlatlar sonining kamayishi hisobiga o‘sadi deb e’tirof etish mumkin. Biroq bu taraqqiyotning umumiy yo‘nalishi

bo‘lib, uni oddiy so‘z bilan izohlab bo‘lmaydi. Zero, turli mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy kuchlarning real nisbatidan kelib chiqqan holda bashorat qilinishi qiyin bo‘lgan hamda taraqqiyotning umumiy yo‘nalishiga mos kelmaydigan burilishlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, alohida davlatlar huquqiy davlat marrasiga yetganidan so‘ng, ularda keyinchalik totalitar va avtoritar tuzumlar qaror topishi mumkin va hokazo. Biroq, shunday bo‘lsa-da, umumiy taraqqiyot muqarrardir.
Darhaqiqat, huquqiy davlatning nazariy manbalari o‘z ildizlari bilan o‘tmishga borib taqalganini ta’kidlash joiz. Qadim zamonlarda yashab o‘tgan buyuk allomalar (Platon, Аrastu) davlat huquqining ulkan ijobiy ahamiyatini hisobga olmagan holda mustahkam, barqaror va ishonchli bo‘la olmasligi haqida fikr bildirganlar. Huquq davlat hukmdorlarining zo‘ravonligiga qarshi posangi sifatida baholangan. Ya’ni, qonun hech kimning hukmronligi ostida bo‘lmasligi kerak, zero, barcha organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning harakatlarini yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Dastlab tarqoq bo‘lgan, ba’zida esa, alohida farazlar sifatida namoyon bo‘lgan g‘oyalar zamirida keyinchalik huquqiy davlatning izchil va yaxlit konsepsiyasi vujudga keldi. Uning asoschilari Dj. Lokk, I. Kant, V. Gumbold, G. Еllinek, K. Shmidt hisoblanadi. Mazkur allomalarning qarashlarida ayrim tafovutlar bo‘lsa-da, umuman olganda, ular bir narsada haqlar, u ham bo‘lsa, davlatning o‘zi huquqiy qonun-qoidalarga amal qilishi va buni ijtimoiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilaridan talab qilishi kerakligidan iborat. Huquqiy davlat nazariy konsepsiyasi qoidalarining bir qator davlatlarning amaliy faoliyatiga tatbiq etilishi konservativ kuchlarning qarshiligiga uchragan va uni yenggan holda davlat va jamoat faoliyatining barcha jabhalarida chuqur o‘zgarishlar bilan iz qoldirgan. Chunonchi, butun davlat tizimini barpo etish va amal qilish prinsiplari demokratlashtirilgan, shaxs maqomi real mazmun bilan to‘ldirilgan, huquqiy qadriyatlar birlamchi ahamiyatga ega bo‘la boshlagan, mansabdor shaxslar zo‘ravonligiga barham berilgan, ularning faoliyati astasekin tartibga solingan va yo‘lga qo‘yilgan.
Huquqiy davlatlar «oilasi»ning paydo bo‘lishi va ortib borishi jamiyatning siyosiy taraqqiyotida yuzaga keladigan yangi bosqichni qayd etadi. Davlat-huquqiy nazariyasi va amaliyotining ushbu mislsiz yutug‘i hozirgi zamon sivilizatsiyasining ulkan muvaffaqiyatga erishganidan dalolat beradi. Huquqiy davlatlarning mavjudligi hayotning barcha tarmoqlarida erishayotgan kundalik yutuqlari, boshqa mamlakatlar uchun mayoq vazifasini o‘taydi hamda ularga adolatli insonparvar davlat qurish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Huquqiy davlat etatik davlatdan qat’iy ravishda ajralib turadi. Mazkur tafovut davlat hokimiyatini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha taraflari, shuningdek oldida turgan vazifalarni hal etish shakl va usullari, jamiyat, millat va elatlar, ijtimoiy guruhlar va alohida fuqarolar, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari kabi tarmoqlarni qamrab oladi. Ulardan eng muhimlari haqida to‘xtalamiz:

  1. Huquqiy davlatda hokimiyatning butun mexanizmi – har bir organ, mansabdor shaxs o‘z faoliyati davomida huquqiy prinsiplar va qoidalarga tayanadi, o‘z faoliyatini ular bilan bog‘laydi. Huquqiy normalar nafaqat aholi, balki davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun ham majburiydir. Ularning huquq doirasidan chiqishiga umuman yo‘l qo‘yilmaydi yoki bunga imkon berilmaydi. Аgar etatik davlatda rasmiy organlar va mansabdor shaxslar huquqni o‘zlari uchun ikkinchi darajali va majburiy emas deb tushunsalar, aksincha huquqiy davlat sharoitida bunday holat umuman nomaqbul va nojoiz hisoblanadi va shu sababdan u sekin-asta yengib o‘tiladi.

  2. Huquqiy davlatda etatik davlat uchun xos bo‘lgan huquq va qonun o‘rtasidagi masofaning uzayib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Undagi davlat organlarining barcha normativ hujjatlari o‘zining mazmun-mohiyati va yo‘nalishi, qabul qilish va rasmiylashtirish tartibi, qonuniy kuchga kiritish, qo‘llash, amalga oshirish va buzilishlardan muhofaza qilish xususiyatlariga ko‘ra huquqning yuqori talablariga javob beradi. Qonunchilik muntazam ravishda huquqiy prinsiplarga asoslanadi, ularni o‘ziga singdiradi, ulardan aslo chekinmaydi. Davlat organlarining huquqiy bo‘lmagan normativ hujjatlarni qabul qilish va amalga kiritishiga umuman yo‘l qo‘yilmaydi, aksincha, etatik davlatlarda ko‘pincha buning shohidi bo‘lish mumkin.

  3. Huquqiy davlat normativ qonunlarni qabul qilish va e’tirof etish bilan cheklanib qolmaydi. U mazkur qonunlar zaruriy ravishda hayotga tatbiq etilishi, barcha jismoniy va yuridik shaxslar, davlat va jamoat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyatini kerakli yo‘nalishga solishga katta ahamiyat beradi. Davlatning huquqni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati ustuvor vazifa hisoblanadi, shu bois, unda «qog‘ozda qolgan», amal qilmaydigan qonunlar umuman yo‘q, aksincha etatik davlatda keraksiz qonunlarning «uyumlari»ni hech kim tozalashga urinmaydi ham. Huquqiy davlatda ijtimoiy munosabatlarning har bir subyekti davlat organlarining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarini albatta bajarish kerakligiga astoydil ishonadi (boshqacha bo‘lishi mumkin emas), zero bu huquqiy tartibotning barqarorligi muhitini yaratadi va jamiyatda yuridik nigilizm tarqalishining oldini oladi hamda odamlarning huquqqa mensimay munosabatda bo‘lishini bartaraf etadi.

  4. Huquqiy davlatda davlat normativ hujjatlarining amal qilishida subordinatsiyaga rioya qilinishiga katta ahamiyat beriladi. Unda huquq manbalari, ya’ni normativ hujjatlarning qat’iy bo‘ysundirilgan tizimi shakllanadi, amal qiladi va rivojlanadi. Bu tizimda har bir aktning o‘rni uning yuridik kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur tizim, ifodali qilib aytganda, huquqiy manbalar «ehromi»ning cho‘qqisi – yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan konstitutsiya hisoblanadi. Hech qanday huquqiy manba konstitutsiya normalari va prinsiplariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita zid bo‘lishi mumkin emas. Аksincha, davlat organlarining barcha normativ hujjatlari va huquqning boshqa manbalari konstitutsiyaga asoslanishi, uni aniqlashtirishi, to‘ldirishi va mazmunini rivojlantirishi lozim. Shunga muvofiq ravishda konstitutsiyaviy va oddiy qonunlar tuziladi, yuridik pillapoya (piramida)ning quyi «qavatlari» davlat rahbarining hujjatlari, hukumat farmonlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning buyruqlari va ko‘rsatmalari, mahalliy vakolatli va ijro etuvchi organlar hujjatlari, huquqiy odatlar, sud va ma’muriy presedentlar1 yaratiladi. Kamroq yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlarga yuqoriroq yuridik hujjatlarga nisbatan ustuvor ahamiyat berilishi totalitar va avtoritar davlatlarga xos bo‘lib, huquqiy manbalar subordinatsiyasi va iyerarxiyasini buzadi va shu bois huquqiy davlat uchun zid hisoblanadi.

  5. Shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining maqomi birinchidan, huquqiy davlatda huquq va erkinliklarning keng miqyosda qamrab olinganligi, normal hayot faoliyati ta’minlanganligi hamda oldinda turgan vazifalarni hal etish uchun yetarliligi bilan ajralib turadi. Ikkinchidan, huquqlar bilan uyg‘unlikda majburiyatlarning mutanosib va muvofiq tizimini o‘z ichiga oladi. Uchinchidan, huquqni albatta hayotga tatbiq etish real yuridik kafolatlar bilan mustahkamlangan. Bunda ijtimoiy munosabatlarning bir turdagi subyektlari orasida tenglikni ta’minlash, sinfiy, milliy, urug‘-aymoqchilik imtiyozlarini belgilash va bu orqali ulardan biriga imtiyoz berib, ikkinchisini imtiyozlardan mahrum etishga yo‘l qo‘ymaslikka intilish mavjuddir. Subyektlar orasida mazkur tenglikning yo‘qligi etatik jamiyatning huquqiy amaliyoti uchun xosdir. Bir vaqtning o‘zida huquqiy davlat shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining maqomini qo‘llab-quvvatlash, normativ mustahkamlash va takomillashtirish haqida g‘amxo‘rlik qiladi, o‘zidagi yashirin imkoniyatlarni huquq subyektlari oldida namoyon qilishga intiladi.

  6. Barcha davlat va ijtimoiy institutlar hamda tuzilmalarning legitimligi – huquqiy davlatning alohida belgilaridan biridir. Bu yerda yetarli yuridik asosga ega bo‘lmagan institutlar va tuzilmalarni kam uchratish mumkin. Basharti, ular mavjud bo‘lsa ham, uzoq muddatga yashash va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish istiqbollariga ega bo‘lmaydilar, pirovardida yengib bo‘lmas qiyinchiliklarga uchrab, tezda sahnadan tushib ketadilar. Davlat intstitutlari va tuzilmalarining ko‘pchiligi qonun asosida, belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilgan holda, ularning maqsadi, vazifasi, amal qilish shakl va usullari rasmiy belgilangan holda yaratiladi. Xususan, bu qonuniylashtirishni ro‘yxatga olish, ijozat berish va litsenziya berish usullari, shuningdek, tegishli davlat organlari tomonidan nazorat-taftish vakolatlarining qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi. Huquqiy davlatdagi muhitning o‘zi yuridik munosabatda shubhali institut va tuzilmalarning qisqarishi uchun kurashadi va aksincha, qonuniyligi tasdiqlanadigan institutlar uchun esa keng imkoniyatlar yaratib beradi.

  7. Huquqiy davlatda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi e’tirof etiladi va amalga oshiriladi. Shunga muvofiq yagona davlat hokimiyati doirasida uning uchta mustaqil tarmoqqa bo‘linishi ta’minlanadi. Bular yuqorida ta’kidlanganidek, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bo‘lib, ular o‘zaro uzviy munosabatda bo‘ladilar. Ko‘rib chiqilayotgan prinsipning ahamiyati shundaki, u hokimiyatning faqat bitta organ yoki mansabdor shaxs qo‘lida jamlanishining oldini oladi, natijada ichki davlat apparatida hokimiyat vakolatlarining teng taqsimlanishini ta’minlaydi.

  8. Huquqiy davlatda ichki qonunlar hamda umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalari o‘rtasida oqilona muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha choratadbirlar amalga oshiriladi. Bu muvofiqlik hozirgi zamon huquqiy sivilizatsiyasi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur yutuqlar u yoki bu darajada huquqiy davlatlarga ham tegishli bo‘lib, ularda odatda, ichki qonunlar oldida xalqaro shartnomalar(faqat ratifikatsiya qilinganlari)ning ustuvorligi belgilanadi va bu shartnomalarning bevosita qo‘llanilishi nazarda tutiladi. Shu bilan birga, mazkur mamlakatlar yuridik tizimlarining tashqi dunyodan alohidaligi va cheklanganligi bartaraf etiladi, ya’ni ular jahon hamjamiyatining huquqiy tizimiga integratsiyalashadilar va ko‘pgina asosiy prinsip hamda normalariga rioya etib, ularni o‘z normativ-huquqiy hujjatlari darajasida mustahkamlaydilar.

  9. Huquqiy tartibot buzilgan hollarda (ayniqsa fuqarolar huquq va erkinliklarining buzilishi) huquqiy ta’sir qilish va huquqiy himoya mexanizmi amal qiladi, unda sud birinchi darajali rol o‘ynaydi. Mazkur mexanizm boshlangan jinoyatning oldini olish, buzilgan huquqni tiklash, yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlash, aybdorlarni jazolash, yangi huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar va ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga davlatning barcha huquqiy talablari to‘liq ravishda bajarilishi lozimligi haqida uqtirish vazifalarini hal qiladi. Аgar huquqiy tartibot, fuqarolar huquq va erkinliklarining har qanday buzilishi tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslarning e’tiboridan chetda qolmasa, tartibbuzarlar har gal munosib jazo olsa, bunday yondashuvning o‘zi qonunni buzishning samarali umumiy preventiv, ya’ni oldini oluvchi omili bo‘lib xizmat qiladi. O‘z navbatida, bu davlatda qonuniylikka rioya etish sharoitiga ta’sir etadi. Huquqiy davlatning yurisdiksiya, huquqiy tartibotni muhofaza qilish va oldini olish faoliyatida huquqiy talablarga qat’iy rioya etishi zarur. Shu sababdan jamiyat hayotining huquqiy «kayfiyati» etatik davlatdagiga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi.

  10. Huquqiy jamiyat uchun fuqarolarning davlat oldida va davlatning fuqarolar oldida o‘zaro mas’ulligi xosdir. Davlat har bir odamga tug‘ilishidan boshlab berilgan tabiiy ajralmas huquq va erkinliklarni tan olish bilan birga ularni hayotga real tatbiq etish va tajovuzlardan himoyalashni ham kafolatlaydi. O‘z navbatida, fuqarolar o‘z huquq va manfaatlaridan davlat, boshqa fuqarolar, ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga zarar yetkazmagan holda foydalanishlari mumkin, ya’ni ular o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni qat’iy bajarishlari lozim. Boshqacha aytganda, davlatning fuqarolar bilan aloqasi murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, ular o‘rtasida muayyan huquqlarning vujudga kelishi hamda muayyan majburiyatlarning bajarilishini taqozo etadi.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish