Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmini



Download 1,37 Mb.
bet233/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmini (avvalgi paragrafda ta’kidlanganidek) uch element: konstitutsiyaviy normalar; konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar; konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari tashkil etadi. Ushbu mexanizmning normativ asosini tashkil etuvchi yuridik normalar o‘zining eng oliy siyosiy-yuridik kuchi, yuksak barqarorligi va jamiyat hamda davlat tomonidan qat’iy ta’minlanishi bilan ajralib turadi.
Konstitutsiyaviy normalar asosida tarkib topgan huquqiy munosabatlar umumiy mazmun kasb etadi va tarmoq huquqiy munosabatlari (ya’ni, konkret munosabatlar) uchun asos vazifasini o‘taydi. Ular o‘zining doimiy barqarorligi, uzoq muddatga mo‘ljallanganligi va subyektlarning yuqori umumiy huquqiy holatini ifodalashi bilan tavsiflanadi. Bunday munosabatlarning subyektlari: davlat, xalq, millatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, davlat idoralari, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar va fuqarolar hisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarini amalga oshirish har qanday huquqiy normalarni amalga oshirish singari rioya qilish, bajarish, foydalanish va qo‘llash shaklida bo‘lishi mumkin.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmining xususiyatlaridan biri Konstitutsiya normalarining joriy qonunlar tomonidan konkretlashtirilishi hamda bevosita amalga oshirilishidir. Qonun normalari, o‘z navbatida, Prezident farmoni, Hukumat qarori, davlat boshqaruv idoralari va huquqni qo‘llovchi organlar hujjatlari orqali hayotga joriy etiladi.
Shunday qilib, jamiyat va davlat hayotini konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish, uning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlash mamlakatimizning yanada ildam qadamlar bilan mustaqillik yo‘lidan olg‘a qarab rivojlanishining ishonchli garovidir.
Huquqiy tartibga Ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir solishning etish jarayonining ichki tuzilishini (struktu-
4-§. ijtimoiy va ruhiy rasini) yanada kengroq talqin qilish mum-
mexanizmi kin. Zero, bu nihoyatda serqirra, mazmundor
va turfa xil namoyon bo‘lish jihatlariga ega
hodisadir. Huquqiy tartibga solish yuridik mexanizmdan tashqari, ijtimoiy (sotsial) va ruhiy (psixologik) mexanizmlarga ham ega.
Ayonki, huquq ijtimoiy muhitda amal qiladi. Uning harakatlanishiga turli ijtimoiy omillar, hayotiy vaziyat hamda hodisalar ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy adabiyotlarda huquqning kundalik real hayotda amal qilish hodisasi huquq harakatlanishining ijtimoiy (sotsial) mexanizmi deb yuritiladi.
Huquq harakatlanishining yoki huquqiy tartibga solishning ijtimoiy mexanizmi deganda, huquqiy prinsiplar va normalarning talablarini huquq subyektlari xulq-atvori hamda yurish-turishiga aylantirish (singdirish) bilan bog‘liq jarayonga ta’sir etuvchi ijtimoiy va boshqa hayotiy omillarning yalpi umumiy tizimi tushuniladi. Mazkur jarayonning asosiy bosqichlariga quyidagilar kiradi: huquq prinsiplari va normalari mazmunini barchaning e’tiboriga yetkazish; huquqiy aktlarda ijtimoiy foydali maqsadni ifodalash orqali huquqqa muvofiq xulq-atvorni yo‘naltirib turish; huquqiy ko‘rsatmalar yordamida ijtimoiy foydali huquqqa muvofiq xulq-atvorni shakllantirish; ijtimoiy-huquqiy nazoratni amalga oshirish.
Huquqiy tartibga solishning ijtimoiy mexanizmini tavsiflashda uning ushbu jihatlari alohida o‘rin tutadi:


  1. Download 1,37 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish