Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet232/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Konstitutsiyaviy- Huquqiy tartibga solishning eng oliy 3-§.huquqiy tartibga shakli – konstitutsiyaviy tartibga sosolish lishdir. Zero, Konstitutsiya mamlakatning
Asosiy qonuni bo‘lib, yuksak maqomli, o‘ta
nufuzli siyosiy-yuridik hujjat sanaladi. U mo‘tabar ijtimoiy-huquqiy qadriyat sifatida jamiyat va davlat hayotining bosh mezoni, ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtiruvchi, ravon tartibga soluvchi ta’sirchan vositadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab o‘tganidek, «...biz mamlakatimizda huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etish, inson manfaati, huquq va erkinliklarini eng oliy va ustivor qadriyat sifatida qaror toptirish borasida o‘tgan davr mobaynida qonunchilik sohasida va amaliy siyosatimizda qanday natija va yutuqlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsak, ularning barchasi Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan talab va tamoyillar bilan uzviy bog‘liqdir»1.
Huquqiy tartibga solish mexanizmida Konstitutsiyaning ustuvorligini ta’minlash nihoyatda muhim ahamiyatga molik masaladir. Konstitutsiya – mamlakat huquqiy tizimining o‘zagi, uning mustahkam poydevori. Konstitutsiya normalari birlamchi, ta’sis etuvchi xarakterga ega bo‘lib, ular bevosita amal qiladi. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda, 2-qism).
Konstitutsiya Asosiy qonun sifatida mamlakat normativ-huquqiy hujjatlar tizimida ustuvorlik qiladi, «hukmron» mavqeni egallaydi. Uning normalari boshqa qonunlarning qoidalaridan ham yuqoriroq yuridik kuchga ega. Qolgan barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida, unga muvofiq tarzda va uning ijrosi uchun chiqariladi. Basharti, qonunlar Konstitutsiyaga zid kelib qolsa, yoki unda belgilangan tartiblarni buzib ishlab chiqilgan va qabul qilingan bo‘lsa, ular o‘z kuchini yo‘qotishi shart.
Konstitutsiya butun huquqiy tizimning uyushtiruvchi, hamjihatlashtiruvchi markazi, «tizim» hosil qiluvchi o‘zagi bo‘lib, barcha huquq tarmoqlari va qonunchilik sohalarini shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi yuridik asosdir. Qonunchilikning hamma sohalari bevosita Konstitutsiya qoidalari va prinsiplariga tayanadi. Binobarin, Konstitutsiya qonunchilik tarmoqlari vujudga kelishi va amal qilishi uchun sarchashma – manba bo‘lib hisoblanadi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, konstitutsiyaviy normalar siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotning eng muhim tomonlarini huquqiy tartibga soladi. Ana shu ma’noda konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish huquqiy tartibga solishning boshqa turlaridan farq qiladi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish murakkab ichki tuzilish-
(struktura)ga va ijtimoiy hayotning alohida sohalariga ta’sir etishning o‘ziga xos xususiyatlariga ega. U huquqiy tartibga solish yagona tizimining maxsus qismi sifatida bir qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi, ya’ni:

  • mamlakat miqyosida yagona konstitutsiyaviy tartibga solishning muayyan tizimini tashkil etadi;

  • u umumiy-majburiy, normativ xarakterga ega;

  • huquqiy tartibga solishning umumiy siyosiy yo‘nalishini, ustuvor prinsiplarini belgilaydi;

  • ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish davlat tomonidan eng yuksak darajada kafolatlanadi va ta’minlanadi.

Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning mushtarak tizimlilik xususiyati konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining ichki mutanosibligi, bahamjihatligi, o‘zaro mantiqiy muvofiqligi va batartibligida ko‘rinadi. Mamlakat konstitutsiyaviy qonunchiligi tizimiga – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va barcha konstitutsiyaviy qonunlar (masalan, «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar) kiradi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning normativlik darajasi hamda siyosiy-yuridik ahamiyati konstitutsiyaviy qonunchilikni o‘rnatish xarakteri va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning muhimligi bilan belgilanadi. Konstitutsiyada mustahkamlangan prinsiplarning hammasi normativ tabiatga ega bo‘lib, ular mavjud huquqiy tizim uchun, davlat idoralarining huquq ijodkorlik va huquqni qo‘llash faoliyati uchun, fuqarolar, mansabdor shaxslar va jamoat birlashmalari faoliyati uchun ustuvor, rahbariy ahamiyatga egadir. Konstitutsiyaviy tartibga solishning umumiy-majburiy tabiatiga kelganda shuni aytish kerakki, u eng oliy darajadagi majburiylikka ega va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning barchasi subyektlari uchun bajarilishi shart bo‘lgan qat’iy talabdir.
Mamlakatimizda Konstitutsiyaga amal qilish majburiyati konstitutsiyaviy qonunchilik darajasida mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar (Konstitutsiyaning 15-moddasi).
Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining amalga oshirilishi iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy va yuridik kafolatlar tizimi bilan ta’minlanadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan ishlab chiqarish rivoj topgani hamda xususiy mulkchilik munosabatlari qaror topgani sayin konstitutsiyaviy normalar amal qilishi- ning iqtisodiy zaminlari, kafolatlari mustahkamlana boradi. Shuningdek, mamlakatimizning siyosiy tizimi demokratik tarzda takomillashib borgani sayin konstitutsiyaviy tartibga solishning siyosiy kafolatlari kuchayib boradi. Jamiyatning g‘oyaviy asoslari va ma’rifiy-ma’naviy kamoloti ta’minlanib, tobora yuksalib borgani sayin konstitutsiyaviy tartibotning g‘oyaviy-ma’naviy kafolatlari rivoj topadi. Konstitutsiyaviy tartibga solishning yuridik mexanizmi esa, Konstitutsiya amal qilishining barcha huquqiy vositalari hamda usullari yig‘indisini qamrab oladi. Konstitutsiya normalari qonuniylik prinsipiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Xuddi shu narsa konstitutsiyaviy tartibga solishning yuridik kafolatini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ustuvorligini ta’minlashning, unga rioya qilishning alohida muhofaza mexanizmi vujudga keltirilgan. Bunday mexanizmning asosiy va markaziy bo‘g‘inini Konstitutsiyaviy sud tashkil etadi. U qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar hujjatlarining konstitutsiyaviyligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib, hal etadi. O‘zbekiston Respublikasining «Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida»gi (1995-yil 30-avgust) qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaviy sud mamlakatimizda konstitutsiyaviy nazoratning oliy sudlov organi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud barcha davlat organlari tomonidan chiqariladigan huquqiy hujjatlarning, O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari va boshqa majburiyatlarining Konstitutsiyaga to‘la mos bo‘lishini kuzatib turadi; Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi, qonunlari va huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat’iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas (Konstitutsiyaning 109-moddasi).
Konstitutsiyaviy tartibga solish jamiyatda yetakchi hamda nufuzli o‘rnini egallaydi. U oliy darajadagi huquqiy tartibga solishdir. Konstitutsiya normalari o‘z yuridik kuchi jihatidan boshqa oddiy huquqiy normalardan so‘zsiz ustuvor bo‘lganligi uchun konstitutsiyaviy tartibga solish yuksak yuridik maqomga, shuningdek, muhim ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega.
Xo‘sh, konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish qanday ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi? Bunday tartibga solishning predmetini jamiyat va davlat hayot faoliyatining eng muhim jihatlari, shunga oid asosiy ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Bu ijtimoiy munosabatlar – jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, sotsial va madaniy rivojlanishini, O‘zbekiston davlat ichki va tashqi siyosati asoslarini, respublikada inson (fuqaro) huquqlari va erkinliklarini ustuvor ta’minlashni aks ettiruvchi, xususiy mulkchilikka asoslangan barqaror bozor iqtisodiyotining qaror topishi bilan bog‘liq munosabatlardir. Ushbu munosabatlar jamiyat va davlatimizning mohiyatini hamda asosiy xususiyatlarini ifoda etadi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tarzda tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlarni bir necha yirik majmualarga ajratish mumkin:

  • jamiyatning iqtisodiy tizimi, xususiy va boshqa shakldagi mulkchilik hamda tadbirkorlik asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar;

  • mamlakat siyosiy tizimi va davlat tuzumi asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar;

  • shaxsning huquqiy maqomi asoslarini belgilovchi inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash tizimiga oid ijtimoiy munosabatlar;

  • mamlakatimizning davlat tuzilishi shakli, ma’muriy-hududiy tuzilishi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi asoslarini belgilashga oid ijtimoiy munosabatlar;

  • saylov tizimi, Parlament, Prezident, Hukumat, sud hokimiyati, mahalliy davlat vakillik va ijroiya idoralarining huquqiy maqomi, vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar va hokazo.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish