Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet241/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqiy tartibot Huquqni amalga oshirish va huquqiy 4-§. va jamoat tartiboti. norma talablarini bajarish qonuniylikning Intizom asosiy talabidir. Bu talabning amalga oshiri-
lishi, erkin ijtimoiy munosabatlarda shunday
tartibni o‘rnatishga olib kelishi kerakki, bunda subyektiv huquq qarshiliksiz amalga oshirilishi, yuridik majburiyatlar esa, og‘ishmay bajarilishi lozim. Qonuniylik asosida o‘rnatilgan bunday tartibot huquqiy tartibot deyiladi. Demak, huquqiy tartibot qonuniylik talablarini amalga oshirish asosida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarning muayyan holatidir. Qonuniylik bilan huquqiy tartibot bir-biridan farq qiladi: qonuniylikning mazmuni huquqiy normalarga qat’iy va og‘ishmay rioya etishda ifodalansa, huquqiy tartibot esa, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvori, ularning subyektiv huquq va majburiyatlariga muvofiq kelishida ifodalanadi. Davlat jamiyatda o‘rnatilgan huquqiy tartibotning bosh kafolatidir. Shunday qilib, huquqiy tartibot – huquqiy munosabatlar doirasida, mazkur munosabatlarning ishtirokchilari o‘z subyektiv huquqlarini amalga oshirishlari va yuridik majburiyatlarini bajarishlari natijasida vujudga keladi.
Qonuniylikni amalga oshirish huquqiy tartibotni ta’minlash vositalaridan biri bo‘lsa, huquqiy tartibotni mustahkamlash esa, o‘z navbatida qonuniylikni mustahkamlashga yordam beradi.
Huquqiy tartibot – huquqiy normalarni qo‘llash natijasida ijtimoiy munosabatlarning tartibga solinganligini o‘zida ifodalaydi. Ushbu tartibot qonunlarning aniq amalga oshirilishi vositasida o‘rnatiladi. Bunda fuqarolar va tashkilotlarning huquqiy maqomi saqlanadi va ularning huquqiy layoqati qarshiliksiz amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.
Qonunlarsiz qonuniylik bo‘lmaganidek, huquqiy munosabatlarsiz huquqiy tartibot ham bo‘lishi mumkin emas. Shu bilan birga, huquqiy tartibot bilan huquqiy munosabatlarning yig‘indisini tenglashtirib bo‘lmaydi. Ma’lum guruhdagi ijtimoiy munosabatlarning huquq bilan tartibga solinishi huquqiy munosabatlar yig‘indisini tashkil qiladi, ya’ni shu munosabat ishtirokchilari uchun qonunda aniq huquq va majburiyatlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Ammo huquqiy tartibot uchun bu yetarli emas, shu bois subyektiv huquqlarning amalga oshirilishi, yuridik majburiyatlarning qat’iy bajarilishini ta’minlovchi kafolatlar bo‘lishi zarur. Huquqiy tartibot huquq bo‘lgan joyda, huquq normalarining amalga oshirilishi ta’minlangan joyda mavjuddir.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish