Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet238/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Qonuniylik 2-§.prinsiplari va kafolatlari

Mamlakatimiz huquqiy tizimi muayyan huquqiy prinsiplar asosida amal qiladi. Jamiyat hayotida qonuniylikni ta’minlashga bir qan-

cha muhim prinsiplarga rioya qilish orqali eri-
shiladi. Qonuniylikning o‘ziga xos xususiyatlari uning quyidagi prinsiplarida ifodalanadi:

  1. Qonuniylikning yagonaligi. Qonunlar mamlakat hududida bir xilda qo‘llaniladi. Qonuniylik barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatning butun hududida yagona ma’no kasb etishi, bir xilda qo‘llanishi, hammaning qonun oldida tengligi, aholining biron-bir guruhi uchun imtiyoz va cheklashlar yo‘qligini bildiradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar».

Respublikamizda qonunning yagonaligi va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, birinchidan, O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarini uning butun hududida amal qilishini va barcha normativ-huquqiy hujjatlar qonun asosida qabul qilinib, ularga zid bo‘lmasligini anglatadi. Ikkinchidan, O‘zbekiston qonunlari uning ijtimoiy va davlat tuzumini, barcha millat va elatlarning manfaatlarini qo‘riqlaydi. Uchinchidan, mamlakatning butun hududida qonunlar bir xilda qo‘llaniladi.

  1. Qonunning ustuvorligi va hamma uchun majburiyligi. Jamiyatda qonunlar oliy yuridik kuchga ega, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning hammasi qonun asosida qabul qilinadi. Biror-bir huquqiy norma qonunga zid bo‘la olmaydi, agar qonun bilan boshqa huquqiy norma o‘rtasida shunday nomuvofiqlik paydo bo‘lsa, bunday holda qonun amal qiladi. Bu prinsip Konstitutsiyamizning 15-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, unda shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.

Davlat uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar».

  1. Qonuniylik va maqsadga muvofiqlik prinsipi. Mamlakat hududida amaldagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni aniq bajarish har qaysi davlat organi, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun shartdir. Ammo, barcha fuqarolar ham amaldagi qonunlarga bir xilda ixtiyoriy va vijdonan rioya qilavermaydilar. Ayrim fuqarolar qonun talablarini bajarmaydi va amaldagi ba’zi qonunlarning eskirib qolganligi hamda ularni hozirgi davr talablariga javob bermasligini ro‘kach qiladilar. Mamlakatda o‘rnatilgan qonunchilik tartibiga ko‘ra vakolatli organ tomonidan amaldagi qonunlar ras miy ravishda bekor qilinguniga qadar u yuridik kuchga ega bo‘ladi va unga rioya qilish hamma uchun majburiydir. Jamiyatda o‘zining yuridik ahamiyatini yo‘qotgan biror-bir qonun yo‘q. Agar qonunlarning birortasi jamiyat manfaatlariga zid yoki uning talablariga to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lsa, bunday holda qonunchilik tashabbusi huquqiga ega subyektlar mazkur qonunlarni bekor qilish to‘g‘risidagi tashabbus bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga murojaat etadilar. Qonun o‘rnatilgan tartibda bekor qilingandagina, o‘zining yuridik kuchi va ahamiyatini yo‘qotgan hisoblanadi.

  2. Qonuniylikning aholi madaniy darajasi bilan bog‘liqligi. Qonuniylik madaniyatni oshirishga, o‘z navbatida, madaniyatning rivojlanishi esa, qonuniylikni mustahkamlashga yordam beradi. Qonuniylik aholining huquqiy madaniyat darajasi bilan bevosita bog‘liq. Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qonunlarga rioya qilish va ularning bajarilishi shunchalik samarali bo‘ladi. Aholining huquqiy ongi va madaniyat darajasi yuqori bo‘lmasa, bunda qonuniylikka erishish amri mahol. Basharti, fuqarolar qonun chiqaruvchi organning qonunlarda mustahkamlangan erki-irodasi, unda qo‘yilgan talablarni bilmas ekan, bundan ijobiy natija kutib bo‘lmaydi. Asosiysi, fuqarolar qonunlarda qanday imtiyozlar berilganligi yoki qanday harakatlar taqiqlanganligidan bexabar qoladi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» qabul qilingan bo‘lib, u huquqiy savodxonlik, huquqiy tafakkur va ma’rifatni shakllantirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mamlakatda qonuniylikni ta’minlashda ularni kafolatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunlar orqali kishilar o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinar ekan, ularni hayotda to‘g‘ri tatbiq etish uchun qonuniylik tegishli usullar vositasida amalga oshiriladi. Bunday usullar davlat tomonidan belgilangan bo‘lib, qonuniylik kafolatlari deb ataladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish