Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Huquqni muhofaza etish idoralari faoliyatini liberallashtirish ham demokratik islohotlarning muhim yo‘nalishi



Download 1,37 Mb.
bet197/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqni muhofaza etish idoralari faoliyatini liberallashtirish ham demokratik islohotlarning muhim yo‘nalishi.
2001-yil 29-avgustda Oliy Majlisning VI sessiyasida «Prokuratura to‘g‘risida» gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bunda, xususan, prokuratura faoliyatidan umumiy nazorat yo‘nalishi chiqarib tashlandi. Shuningdek, prokuratura endi ishlarni sudda ko‘rilishi chog‘ida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat munosabati bilan sudlarning ishiga aralashmaydi, balki sud muhokamasining barcha bosqichlarida va qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi masalalar sud tomonidan ko‘rilayotganda ishtirok etadi.
2016-yil avgustida O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinib, shu yil 16-sentabrda imzolandi. Mazkur qonun mamlakatda ichki ishlar organlar faoliyatining barcha yo‘nalishlarini huquqiy tartibga solishga xizmat qiladi2.
Zikr etilgan huquqiy hujjatlarda prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyatida, ayniqsa ularning tergov faoliyatida, inson huquqlari va manfaatlari ustuvor ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarning himoyaga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash maqsadida advokaturaning faoliyati takomillashtirilmoqda. Prokuratura, Adliya va Ichki ishlar vazirliklari tizimida inson huquqlarini muhofaza qilish bilan bevosita shug‘ullanuvchi maxsus tuzilmalar tashkil etildi. «Advokatura to‘g‘risida»gi, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi va kuchga kirganligi huquqni muhofaza etish mexanizmlari takomillashib borayotganligini ko‘rsatib turibdi.
Shaxsning huquqiy muhofazalanishi kafolatlarini kuchaytirish. Bu masala barcha davlat organlari va mansabdor shaxslarga taalluqli bo‘lib, uning e’tiborga molik jihati shundaki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash institutlarining muayyan tizimi vujudga keltirildi. Ya’ni, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy markazi, Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti va hokazo.
Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Majlisning vakili (Ombudsmanning) faoliyati yildan-yilga faollashib hamda tobora samarali bo‘lib bormoqda. Uning faoliyati asosan quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘layotir:

  • O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat(monitoring)ni amalga oshirish;

  • fuqarolarning inson huquqlariga oid ariza va murojaatlari bilan ishlash;– Ombudsmanning mintaqaviy (viloyatlardagi) vakillari faoliyati;

  • Ombudsmanning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi;

  • Ombudsmanning axborot – ma’rifiy va xalqaro sohadagi faoliyati.

E’tirof etish joizki, ombudsmanning faoliyati fuqarolar uchun foydali bo‘lib bormoqda.
Shu bilan birga so‘nggi yillarda respublika Prezidenti va Hukumatining yosh avlodga, bolalarning huquqiy maqomini yanada mustahkamlashga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotganligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasida Bolalar huquqlari bo‘yicha maxsus ombudsman lavozimi (instituti) ta’sis etilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu tashabbusning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyani (1989-yil 20-noyabr) bajarishdagi faolligini yanada oshirgan bo‘lar edi. Shu o‘rinda 2008-yil yanvarida O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinganligini ta’kidlash joiz.
Shuningdek, O‘zbekistonda ekologiya masalalari bo‘yicha maxsus ombudsman lavozimining ta’sis etilishi ham davr talabiga mos bo‘lib tushgan bo‘lar edi. Fuqarolar huquqlarini muhofaza etishda advokatura alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining «Advokatura to‘g‘risida»gi Qonuni va «Advokatlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishi advokaturaning huquqiy maqomini birmuncha mustahkamladi. Ammo, fuqarolarning ushbu konstitutsiyaviy huquqini amalda yuksak saviyada ta’minlash uchun yana ko‘p ishlar qilinishini hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish