Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Huquqiy islohotni bilimdon va malakali kadrlar bilan ta’minlashning mukammal tizimini tashkil qilish



Download 1,37 Mb.
bet198/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqiy islohotni bilimdon va malakali kadrlar bilan ta’minlashning mukammal tizimini tashkil qilish. Huquqshunos-yuristlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish; huquqshunoslik fanini rivojlantirish va ilmiy tavsiyalarni huquqiy islohot manfaatlariga, uning samarasini oshirishga xizmat qilishga yo‘naltirish o‘ta muhim vazifalardan biridir. Hozirgi paytda Adliya vazirligi qoshida sudyalar va adliya idoralari xodimlarining malakasini oshirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzurida prokuror va tergov xodimlarining malakasini oshirish Oliy kurslari faoliyat ko‘rsatmoqda; Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida rahbar xodimlarning malakasini oshirish fakulteti ish olib bormoqda. Bu borada ta’lim va malaka oshirishning uzluksizligi hamda muntazamligi ta’minlanishiga katta e’tibor berilmoqda.
Mamlakatda davlat qurilishini erkinlashtirishga, boshqaruv tizimini demokratlashtirish hamda uning oqilona shakllarini ishlab chiqishga, davlatning markaziy organlari funksiyalarini mahalliy va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazishga yo‘naltirilgan ma’muriy islohotlar ham huquqiy islohotlarning muhim bo‘g‘inidir.
Aholining keng qatlamlari ichida huquqiy umumta’limni joriy etish. Milliy istiqlol ruhi bilan sug‘orilgan huquqiy mafkurani va huquqiy madaniyatni shakllantirish fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim shartidir. 1997-yil avgustidan boshlab mamlakatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» hayotga joriy etilmoqda. Respublikada huquqiy targ‘ibot markazlari faol ishlab, aholi huquqiy madaniyatini oshirishga sezilarli hissa qo‘shmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning quyidagi so‘zlari muhim: «20 yil avval bu borada qabul qilingan Milliy dasturni yangidan ishlab chiqishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Parlamentimiz jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha yangi Milliy dasturni yaratishda bosh-qosh bo‘lishi maqsadga muvofiq»1.
Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni muvaffaqiyat bilan hayotga tatbiq etish yangicha huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirish bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Huquqiy madaniyatni ijtimoiy ongga singdirish hamda aholining yurish-turishi hamda fe’l-atvorida tegishli ko‘nikmalarni shakllantirish jo‘ngina uddalanadigan ish emas. Huquqiy madaniyatni shakllantirish barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar, mahalla jamoalari, maktab, oila, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bahamjihat, maqsadga yo‘naltirilgan ulkan ma’rifiy-tashkiliy faoliyati natijasida amalga oshadigan ishdir.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish