Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet19/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Kibernetik metod – davlat va huquq hodisalarini o‘rganishda hozirgi zamon texnikaviy vositalarini qo‘llab, huquqiy ma’lumotlar to‘plash, ularga ishlov berish va umumlashtirish usuli. Masalan, bu usul yordamida elektron hisoblash mashinalari, kompyuter, multimedia va boshqa texnika vositalarini qo‘llab, davlat va huquq funksiyalarining istalgan birontasini modellashtirish hamda shu asosda kelgusida ularning rivojlanishini bashorat qilish mumkin. «Kibernetika» yunoncha «boshqarish san’ati» demakdir. Davlat va huquqni o‘rganishda modellashtirish metodi bu voqeliklarning oqilona modelini yaratishga, davlat va huquqning harakatlanish mexanizmlari tuzilishiga mo‘ljallangan modelni joriy etishga, demokratik va huquqiy tartibga solish jarayonlarini zarur yo‘nalishda modellashtirishga ko‘maklashadi. Bu metod davlat va huquq nazariyasi arsenalidagi tushuncha va kategoriyalarni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Davlaт вa huquq nazariyasining metodlari


metafizika




tariхiy




qiyosiy-huquqiy

aniq-sotsiologik
statistik-
matematik
kibernetik
ijtimoiy-tajriba
Ijtimoiy tajriba metodi – davlat va huquqqa oid biron-bir institutni, organni, normani hayotga joriy etishdan avval ularni tajriba o‘tkazish yo‘li bilan sinab ko‘rish usuli. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida mahalliy darajadagi ma’muriy hududiy birliklarda (viloyat, shahar, tumanlarda) hokimlik lavozimini joriy etishdan avval 1991-yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarori bilan Toshkent shahar hokimi lavozimi ta’sis etilib, bir yil mobaynida ijtimoiy-huquqiy tajriba – sinov o‘tkazildi. Toshkent shahar hokimi muvaqqat Nizom asosida faoliyat yuritdi. Tajriba natijalari umumlashtirilib, 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati organlarini isloh etish to‘g‘risida» gi qonun bilan respublikamizning barcha tuman, shahar va viloyatlarida hokim lavozimi joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-martdagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi sinovi bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish haqidagi Farmoyishi asosida shu yilning mart-dekabr oylarida Samarqand va Buxoro viloyatlarida huquqiy eksperiment o‘tkazildi.
Bunday eksperiment o‘tkazishdan maqsad: – qonun loyihasining davlat organlari faoliyatining ochiqligini, shaffofligini, ular faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, aholi keng foydalanishini ta’minlashga qaratilgan qoidalari samaradorligini aniqlashdan iborat edi.
Huquqiy eksperiment – huquqiy normalar samaradorligini oldindan (ularning loyihasini amaliyotda tekshirib ko‘rish asosida) baholashning eng maqbul vositasidir. Huquqiy eksperiment davomida qonun loyihasi dastlabki sinovdan o‘tkaziladi, uning tartibga solish ta’siri, ishlash mexanizmlari va samaradorligi tekshirib ko‘riladi, loyihaning yutug‘i va nuqsonlari aniqlanadi. Shu asosda uni yanada takomillashtirish mumkin bo‘ladi.
Ilmiy adabiyotlarda huquqiy eksperiment deganda – huquq (qonun)ni ijod etishga vakolatli bo‘lgan organ tomonidan qonunchilikka kiritish mo‘ljallanayotgan bo‘lg‘usi yangi normalarni cheklangan masshtabda sinab ko‘rish asosida ularning samaradorligini, foydaliligini va iqtisodiy tejamliligini aniqlash, hamda o‘rnatiladigan huquqiy mezonlar (huquq ijodkorligi qarorlari) ning oqilona variantini ishlab chiqish maqsadida o‘tkaziladigan tekshiruv tadbiridir1.
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasining metodlari davlat va huquq hodisalarini, ular bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganishga, bu muhim ijtimoiy-siyosiy institutlarning rivojlanish qonuniyatlarini ochishga yo‘naltirilgan ilmiy usullar, yo‘llar, tamoyillar va vositalar majmuidir.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish