Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev
yuridik fanlar emas, balki boshqa ijtimoiy fanlar ham o‘rganadi. Chunki insonlarning faoliyati serqirra va turli-tuman bo‘lib, ular huquq vositasida tartibga solinadi, davlat-siyosiy munosabatlarning obyekti sifatida maydonga chiqadi. Davlat va huquq hamisha ijtimoiy hayotning muhim masalasidir. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalarini tadqiq va tahlil qilishda boshqa fanlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi, ularning yutuqlari, ilmiy xulosa va tavsiyalaridan foydalanadi. Davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlar: falsafa, iqtisod, sotsiologiya, siyosatshunoslik, tarix kabi fanlar bilan mustahkam aloqada bo‘ladi. Falsafa hamda davlat va huquq nazariyasi. Falsafa tabiat, jamiyat va tafakkur rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Ijtimoiy falsafa davlat va huquqni jamiyatning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Shu bois, u davlat va huquq masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy hodisa sifatida talqin etadi. Davlat va huquq nazariyasi fani falsafadan ijtimoiy, shu jumladan davlathuquqiy hodisalarni bilishning metodologiyasi sifatida foydalanadi, falsafaning qoidalari va xulosalariga tayangan holda, davlat va huquq muammolarini aniqlashtiradi hamda ularning nazariy jihatlarini o‘rganadi. Bunda falsafa bilan davlat va huquq nazariyasi bir-birini takrorlamaydi, aksincha to‘ldiradi. Falsafa borliqning ongga, insonning uni o‘rab turgan atrof-muhitga munosabatining umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimlar tizimidir. Falsafa davlat va huquqning mohiyati, tabiati, uning ijtimoiy hodisalar tizimidagi o‘rnini aniqlaydi. Davlat va huquq nazariyasi fani esa, davlat va huquqning barcha ko‘rinishlari va belgilari bilan bir butun holda batafsil o‘rganadi. Agar falsafa davlat va huquqning mohiyatini aniqlash imkonini bersa, davlat va huquq nazariyasi falsafani ijtimoiy taraqqiyot, davlat va huquqning umumiy tamoyillari, ijtimoiy vazifasi va funksiyalarini ifodalash usullari bilan boyitadi. Falsafaning umumiy qonun va kategoriyalaridan davlat va huquqqa tegishli voqea-hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda amaliy foydalanish, bir tomondan, davlat va huquq sohasida to‘plangan barcha bilimlarni ilmiy jihatdan umumlashtirib, bu bilimlarni davlat va huquq nazariyasining kategoriyasi sifatida bayon qilish imkonini beradi; ikkinchi tomondan, davlat va huquq nazariyasi fani to‘plagan bilimlar, ma’lumotlar falsafaning obyektiv qonunlarni ochishi va umumiy kategoriyalarni ishlab chiqishi uchun amaliy ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Davlat va huquq nazariyasi o‘z mavzusini tahlil etish chog‘ida falsafaning «munosabat», «erkinlik», «jarayon», «funksiya», «butun va qism», «sistema», «evolyutsiya», «taraqqiyot», «aloqadorlik», «mohiyat», «shakl» kabi tushuncha va kategoriyalaridan keng foydalanadi1. Mazkur fanlar yaratadigan bilimlar o‘zaro bir-biriga singib ketadi. Davlat va huquq zohir bo‘lishining falsafiy talqini hozirgi davrda alohida dolzarblik kasb etmoqda. Huquqshunoslik bilan falsafa hamkorligi zamirida «huquq falsafasi» degan yangi ilmiy yo‘nalish shakllanmoqda. Davlat va huquq hodisalarini falsafa kategoriyalari va qonuniyatlari nuqtayi nazaridan talqin etish huquqshunoslik fani rivojida yangi ufq va marralar ochishi shubhasizdir2. Tabiiyki, davlat va huquq nazariyasi huquq falsafasi fani bilan ham o‘zaro uzviy hamkorlik qiladi. Shunday qilib, falsafa fani davlat va huquq nazariyasi uchun poydevor bo‘lib, metodologik asos vazifasini bajaradi, davlat va huquq nazariyasi esa, falsafa shu jumladan, huquq falsafasi uchun aniq hayotiy ma’lumotlar manbayi vazifasini bajaradi. Download 1,37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |