Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Sistemali-strukturali o‘rganish metodi



Download 1,37 Mb.
bet17/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Sistemali-strukturali o‘rganish metodidavlat va huquq nazariyasi, uning predmetini mustaqil ijtimoiy tizim (sistema) tarzida o‘rganish usuli. Bunda davlat va huquqni jamiyat hayotining boshqa hodisalari tizimida o‘rganish, ularning tuzilishini (strukturasini), davlat va huquq hodisalarini tashkil etuvchi tarkibiy elementlarini o‘rganish amalga oshiriladi. Bu metod tadqiq etilayotgan obyekt haqida to‘la va atroflicha bilim hosil qilishga yordam beradi.
Sistemali-strukturali metod davlat qurilishi va huquq amal qilishini tizimli tahlil etishning metodologik yondashuvlari, usullari va prinsiplarini o‘z ichiga oladi. Davlat va huquqni tizimli tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 1) sistema qismlarning bir butun kompleks o‘zaro aloqadorligi ekanligi; 2) sistemaning tashqi muhit bilan uzviy birligi; 3) tahlil etilayotgan har qanday sistemaga o‘zidan yuqoriroq va kattaroq boshqa sistemaning tarkibiy elementi deb qaralishi; 4) o‘rganilayotgan sistemaning elementlari, odatda, quyi turuvchi, kichik sistemani hosil qilishi1.
Tarkibiy qismlarning (elementlarning) o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi fanimiz predmetini tashkil etuvchi «davlat apparati», «huquqiy tizim», «huquq normasi», «huquqiy munosabatlar», «huquq buzilishining yuridik tarkibi» kabi voqeliklar(institutlar) ning tarkibiy tuzilishi (strukturasi) misolida namoyon bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda, mazkur institutlarni sistemali-strukturali tahlil etish mumkin va lozim. Mazkur metoddan barcha davlat-huquqiy hodisalarni tadqiq etishda foydalanish mumkin.
Qiyosiy-huquqiy metod – qiyoslash, taqqoslash, solishtirish orqali davlat va huquq voqeliklarini o‘rganish, ularning o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlarini aniqlab olish usuli. Masalan, O‘zbekistondagi ikki palatali parlamentning mohiyati, vakolatlari ko‘lami, xususiyatlarini aniqlash uchun dunyodagi boshqa davlatlar ikki palatali parlamentlarining huquqiy maqomi va vakolatlari bilan qiyoslanadi. Yoki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos jihatlarini tushunib olish uchun uni boshqa davlatlarning konstitutsiyalari bilan solishtirib o‘rganiladi va hokazo. Qiyosiy-huquqiy usul yordamida davlat va huquqning nafaqat boshqa mamlakatlardagi analoglari (o‘xshash hodisalar) bilan farqi aniqlandi, balki ularning o‘tmishdagi, avvalgi bosqichdagi holati bilan hozirgi kundagi holati qiyoslanib, qimmatli ma’lumotlar to‘planadi.
Ushbu metod turli davlatlar va huquqiy tizimlarning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini bilish hamda ana shu asosda davlat va huquq taraqqiyotining qonuniyatlarini ochishga, davlat va huquq sohasidagi hodisalar va jarayonlarni o‘zaro solishtirish asosida ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga imkon beradi1.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish