Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet155/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqiy madaniyatning regulyativ funksiyasi demokratik huquqiy davlatni shakllantirish va adolatli fuqarolik jamiyatini vujudga keltirishni ta’minlovchi nazariy va tashkiliy faoliyat bilan bog‘liq. Bu funksiya umumiy va shaxsiy manfaatlarni insoniyat ijtimoiy rivojlanishining markaziga qo‘yish, shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun muhit yaratish, unga zarur mehnat va hayot sharoitini yaratish, siyosiy erkinligini ta’minlashga yordam beradi. Bu funksiya umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy va ma’naviy kafolat-
1 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligini vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. – T., 2017. – 10-bеt.
19–18-8
larni, ya’ni rostgo‘ylik, insof, diyonat, ezgulik, shafqat, vijdon, insoniy qadrqimmat va tanlov erkinligini qamrab oladi.
Huquqiy madaniyatning normativ funksiyasi aksiologik (baholovchi) tavsiflar tizimi yordamida aks ettiriladi. U turli hodisa va faktlarda, ma’lum bir ahamiyat kasb etgan ongli shaxslar harakatida o‘z aksini topadi. Shundan kelib chiqqan holda, huquqiy normalar boshqa jamiyatning huquqiy madaniyatini tashkil qiluvchi elementlarni baholovchi obyekt sifatida maydonga keladi.
Huquqiy madaniyatning normativ funksiyasi huquq normalarida nazarda tutilgan harakat namunalariga mos holda atrofdagi huquqiy voqelikni o‘zgartirishda erishilgan natijaga nisbatan munosabatda o‘z aksini topadi. Huquqiy madaniyatdagi baholovchi faoliyat shaxs, huquq xizmatchilari jamiyati, qonunchilik, huquqiy tartib-intizom, huquqiy munosabatlar, huquqiy boshqaruv mexanizmi (tegishli huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan) «o‘lchovidan» tashkil topadi.
Huquqiy madaniyatning sotsiologik funksiyasi shaxsning huquqiy sifatlari shakllanishi tizimi orqali o‘rganib chiqilishi mumkin. Shubhasiz bunday jarayonga huquqiy voqelik muayyan darajada ta’sir o‘tkazadi. Shu bilan birga, maqsadli huquqiy tarbiyaviy ishlarni olib borish, aholining huquqiy ta’limini tashkil qilish chorasini ko‘rish, ularga yuridik yordam ko‘rsatish, shaxsning o‘zini o‘zi tarbiyalash jarayonini faollashtirish zarur.
Huquqiy madaniyat kommunikativ funksiyani ham bajaradi. U fuqarolarning huquqiy doiradagi muloqotini ta’minlar ekan, shu muloqot orqali mavjud bo‘ladi va ta’sir etadi. Bu yerda fuqarolarning faqat huquqiy harakat doirasidagi bevosita muloqoti, shuningdek, bizga shaxsan notanish bo‘lgan, bizdan makon va zamonda ajralib turgan tengdoshlarimiz, o‘tmish avlodlarimiz bilan bevosita «muloqoti» nazarda tutilmoqda. Bunday muloqot yozma yuridik asarlar vositasida ta’minlanadi. Bugungi kunda u ommaviy axborot vositalarining takomillashuvi bilan yanada rivojlanadi. Huquqiy muloqot subyektlararo o‘zaro ta’sir formulasi bo‘lib, huquq doirasida erkin va kamyob mohiyat sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu funksiyani o‘zlashtirish huquqiy madaniy merosga, zamonaviy huquqiy madaniyatni uning boshqa ko‘rinishlariga nisbatan o‘zlashtirishga yordam beradi. Har bir jamiyatning huquqiy madaniyati boshqa jamiyat huquqiy madaniyatining o‘zaro ta’sirisiz muvaffaqtiyatli rivojlana olmaydi. Sovetlar davrida mamlakatimizning madaniyatini cheklashga urinish, jumladan, uning boy tarixiy, huquqiy merosidan uzishga intilish va zamonaviy davlatlar madaniy-huquqiy hayoti bilan har qanday aloqani cheklashga urinish qanday achinarli oqibatlarga olib kelgani ma’lum. Huquqiy madaniyat hozirgi va o‘tmish davr huquqiy madaniyatining ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirishi lozim. Huquqiy madaniyatning kommunikativ funksiyasi faqat «bugungi» huquqiy boshqaruv doirasida tashkil topish bilan cheklanmaydi. U huquqiy madaniyatning rivojlanishini rejalashtirish va bashorat qilish, huquqiy madaniyatni vujudga keltirish va uni rivojlantirish uchun zaruriy element sifatida namoyon bo‘ladi.
Huquqiy madaniyatning prognostik (bashorat qilish) funksiyasi huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash, qonunlar va huquq tartibotni mustahkamlash, fuqarolarning huquqqa mos xatti-harakati, faolligini, butun huquqiy tizim uchun xos bo‘lgan an’analarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda ilmiy bashorat qilish va rejalashtirishning elementlari qonunchilik faoliyatida kuchayib bormoqda. Chunki qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilishni rejali ravishda amalga oshirish zarur.
Huquqiy madaniyat bashoratlash ehtimoli bo‘lgan o‘ziga xos qadriyatlardan iborat. Bunday hollarda hatto ma’lum darajadagi noaniqlik yetarli asoslangan bashorat qilish imkoniyatini cheklab qo‘yadi. Huquqiy madaniyatga bevosita aloqador bo‘lgan juda ko‘p qarama-qarshiliklarga duch kelish mumkin. Bularning barchasi, albatta, huquqiy madaniyatga ta’sir qiladi. Shu bois huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy taraqqiyotning istiqboldagi ijobiy, yuksakroq ideal modelini ko‘zlagan hamda tasavvur etgan holda ish tutish lozim.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish