Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet163/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqdorlik – huquq sohibi, huquqiy aloqalar ishtirokchisi bo‘lish qobiliyatidir.
Huquqiy layoqat – shaxsning huquq normalariga muvofiq subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘la olish qobiliyatidir. Boshqacha aytganda, huquqiy layoqat jismoniy va yuridik shaxslarning subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘lish imkoniyati, qonunda nazarda tutilgan turli munosabatlarga kirishi qobiliyatidir. Insonlarda huquqiy layoqat ular tug‘ilgan paytda paydo bo‘lib, vafot etgunicha mavjud bo‘ladi. Huquq normalari huquqiy munosabat subyektlarining ular huquqiy layoqatiga mos tarzdagi harakatlanish mezoni va chegarasini belgilaydi. Huquq nazariyasida huquqiy layoqatning uch turi farqlanadi: umumiy, sohaviy va maxsus.
Umumiy huquqiy layoqat – har qanday shaxsning, yoki tashkilotning umuman huquq subyekti bo‘la olish imkoniyatidir. Bu imkoniyat tug‘ilgan (tashkil topgandan) boshlab mavjud bo‘ladi.
Sohaviy huquqiy layoqat – shaxs yoki tashkilotning u yoki bu huquq sohasida subyekt bo‘la olish yuridik qobiliyati. Turli huquq sohalarida subyekt bo‘lish uchun har xil talablar belgilangan.
Maxsus huquqiy layoqat – muayyan lavozimni prezident, sudya, prokuror va h.k. egallash munosabati bilan vujudga keladigan huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo‘lish qobiliyati. Bunday layoqat shaxsning muayyan huquq subyekti toifasiga mansub bo‘lishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin (masalan, huquqni muhofaza etish organi xodimi).
Huquqiy muomala layoqati – jismoniy va yuridik shaxsning o‘ziga tegishli huquqini o‘zi bevosita amalga oshirish qobiliyatini anglatadi. Muomala layoqati qonunda belgilangan shaxslar tomonidan o‘z harakatlari bilan subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘lish qobiliyatidir. Muomala layoqatining mazmuni, ko‘lami va amalga oshirish shartlari huquq normalari bilan belgilanadi.
Demokratik jamiyatda huquq layoqati va muomala layoqati uni chindan ham amalga oshirish imkoniyatlari bilan ta’minlanadi. Umumiy qoidaga ko‘ra, barcha fuqarolar huquq layoqatiga ega hisoblanadilar. Biroq, har bir fuqaro ham muomala layoqatiga ega bo‘lavermaydi. Xususan, O‘zbekistonda muomala layoqati balog‘at chog‘i, voyaga yetish kunidan boshlab yuzaga chiqadi. Ayrim huquq tarmoqlarida huquq layoqati va muomala layoqati bir vaqtda paydo bo‘ladi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq sohasida asosiy huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish o‘n sakkiz yoshdan boshlanadi.
Mehnat-huquqiy munosabatlarida huquq layoqati va muomala layoqati 16 yoshdan, oila-nikoh munosabatlarida 18 yoshdan (O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga ko‘ra ayollar 17 yoshdan) qatnasha oladilar. Jinoiyhuquqiy munosabatlarda jinoiy javobgarlikka tortilish 16 yoshdan, og‘ir jinoyatlarda huquq layoqati va muomala layoqati 14 yoshdan, ba’zan hatto 13 yoshdan paydo bo‘ladi (masalan, javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatda qasddan odam o‘ldirish jinoyatida).
Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarda huquq layoqati va muomala layoqati har doim ham birga (bir vaqtda) vujudga kelmaydi. Fuqaroning o‘z harakati bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lishi va ularni amalga oshirishi, o‘zi uchun fuqarolik majburiyatlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi. Aytish joizki, voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la muomala layoqatiga ega bo‘ladi (Fuqarolik kodeksining 22-moddasi). Shuningdek, ushbu qonunda o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha va o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati ko‘lami belgilangan (27 va 29-moddalar).
Huquqiy munosabat subyekti o‘z xatti-harakati, nojo‘ya xulq-atvori va huquqbuzarlik oqibati, yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni o‘tay olish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi lozim. Gap delikt layoqati haqida bormoqda. «Delikt» lot. – huquqbuzarlik, noqonuniy xatti-harakat, ya’ni shaxsning sodir etilgan huquqbuzarligi, jinoyati uchun javob bera olish layoqatini anglatadi. Mazkur layoqat sohibi hisoblanayotgan shaxs aqli raso, ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi va o‘z xatti-harakatlari oqibati uchun to‘la javobgarlikni zimmasiga olishga layoqatli bo‘lishi lozim.
Huquqdorlik tushunchasi tarkibida huquqiy layoqat muhim belgilovchi o‘rinni egallaydi. Muomala layoqati bilan delikt layoqati esa, undan kelib chiqadi. Chunki, shaxs huquq layoqatiga ega bo‘lmasa, huquqni amalga oshirishi yoki tegishli javobgarlikni o‘tashi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.
Huquqiy Huquqiy munosabatlar tarkibiy tuzili-

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish