Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet103/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Maxsus yuridik prinsiplar aslida huquqiy tilda ifodalangan ijtimoiy prinsiplardir. Odatda, ilmiy adabiyotda maxsus-yuridik prinsiplar toifasiga quyidagilar kiritiladi:

  1. huquq normalarining butun mamlakat aholisi uchun umumiy-majburiyligi hamda ularning boshqa ijtimoiy normalardan ustuvorligi;

  2. amaldagi obyektiv huquqni tashkil etuvchi normalarning ziddiyatsizligi va qonunning boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan ustunligi;

  3. huquqning ommaviy va xususiy huquqqa, nisbatan mustaqil huquq sohalari hamda institutlariga bo‘linishi;

  4. obyektiv va subyektiv huquq o‘rtasida, huquq normasi va huquqiy munosabat hamda huquq bilan huquqning qo‘llanishi o‘rtasida muvofiqlikning mavjudligi prinsipi;

  5. ijtimoiy erkinlik, qonun va sud oldida tenglik, teng huquqlilik prinsipi;

  6. qonunda mustahkamlangan huquq va erkinliklarning yuridik kafolatlanganligi;

  7. teng yuridik mezon (miqyos)larda ifodalangan xulq-atvorning adolatliligi hamda yuridik javobgarlikning sodir etilgan huquq buzilishiga mosligi;

  8. yuridik javobgarlikning faqat huquqqa xilof aybli xatti-harakat (yoki harakatsizlik) uchungina qo‘llanilishi va Konstitutsiyaga binoan jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi qonuniy tartibda sudda ko‘rilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi; aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi (26-modda);

  9. yangi yoki nisbatan og‘irroq yuridik javobgarlikni o‘rnatayotgan qonunning orqaga qaytish kuchiga ega emasligi prinsipi; jazolash tizimini insonparvarlashtirish va boshqalar.

Tarmoqlararo huquqiy prinsiplar ikki yoki undan ortiq huquq tarmoqlari doirasida amal qiladigan prinsiplardir. Ko‘pincha bunday prinsiplar bir-biriga yaqin turuvchi huquq sohalarini qamrab oladi (masalan, konstitutsiyaviy va ma’muriy huquq sohalari; jinoyat-protsessual va fuqarolik protsessual huquqi sohalari uchun umumiy bo‘ladigan prinsiplar). Masalan, moddiy javobgarlik prinsipi mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi sohalarida qo‘llaniladigan tamoyil. Faqat ayb uchun javobgarlik prinsipi esa, Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning moddalarida aks ettirilgan. Bu prinsip fuqarolik qonunchiligida ham asosiy dasturilamallardan biri hisoblanadi1. Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi ham tarmoqdararo xususiyatga ega. U jinoyat huquqi, ma’muriy huquq, jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoqlarda qo‘llaniladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish