Sohaviy huquqiy prinsiplar faqat bitta muayyan huquq sohasi doirasida amal qiladi. Masalan, yer huquqi uchun «yerga egalik qilish shakllarining ko‘pligi va ularning tengligi» prinsipi, «yerning fuqarolik muomalasida bo‘lishi» prinsipi, «yer ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirish» prinsipi, «yerda mustaqil xo‘jalik yuritish va yerdan foydalanuvchi subyektlarning tengligi» prinsipi, «yerdan maqsadga muvofiq foydalanish, yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lanishi» prinsipi va hokazolar.
Yana bir misol. Xo‘jalik protsessual huquqida quyidagi prinsiplar rahbariy rol o‘ynaydi: sudyalarning saylab qo‘yilishi, ularning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi prinsipi; ishlarni ko‘rishda kollegiallik va yakkaboshchilikning qo‘shib olib borilishi prinsipi; ishlarni ko‘rishda oshkoralik prinsipi; ishda qatnashayotgan taraflarning tengligi prinsipi; nizolarni ko‘rishda bahslashish, og‘zakilik va bevositalik prinsiplari. Har bir huquq sohasi umumiy va tarmoqlararo prinsiplarga tayanishdan tashqari faqat o‘zigagina xos prinsiplarga ham asoslanadi. Bu prinsiplarning barchasi birgalikda nafaqat huquq sohasi, balki butun huquq tizimining tuzilishi va harkatlanishi uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Huquq funksiyalari Huquqning mohiyati va ijtimoiy vazifasi 3-§.tushunchasi va uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Huquq
turlari funksiyalari – ijtimoiy munosabatlarga yuri-
dik ta’sir etishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib,
ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilan belgilanadi. Huquq, avvalo, jamiyat hayotining turli jabhalari – iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy sohaga, madaniy-ma’naviy munosabatlarga ta’sir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy mazmundagi umumijtimoiy funksiyalarni bajaradi.
Huquq funksiyalari quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
birinchidan, huquq funksiyalari huquqning mohiyatidan kelib chiqadi va uning jamiyatdagi vazifasi bilan belgilanadi. Funksiya – huquq mohiyatining ijtimoiy munosabatlar mazmunida ifodalanishi (yoritilishi)dir; ikkinchidan, huquq funksiyalari – ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishning shunday yo‘nalishlariki, ularni amalga oshirish ehtiyoji huquqning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi zaruriyatidan kelib chiqadi; uchinchidan, funksiyalar huquqning eng muhim, jiddiy sifatlarini ifoda
etadi va jamiyat rivojining hozirgi bosqichida huquq oldida turgan tub vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi; to‘rtinchidan, huquq funksiyalari uning ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soluvchi faol harakatining yo‘nalishini aks ettiradi. Shu bois huquq funksiyalarining muhim belgilaridan biri uning dinamizmi, harakatlanishi, ta’sir etishidir; beshinchidan, huquq funksiyalari doimiylik xususiyatiga ega, bu ularning
uzluksizligi, uzoq muddat davomida amal qilishini anglatadi.
Sof yuridik nuqtayi nazardan huquq funksiyalarini ikki – regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ (qo‘riqlovchi) turga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |