Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Huquqning regulyativ (tartibga soluvchi) funksiyasi



Download 1,37 Mb.
bet106/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqning regulyativ (tartibga soluvchi) funksiyasi – huquqning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan bo‘lib, u xulq-atvorning ijobiy qoidasini o‘rnatish, jamiyat, davlat va fuqarolar manfaatlariga oid munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida huquq egalariga subyektiv huquqlar berish va yuridik majburiyatlar yuklashda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy munosabatlarni qo‘riqlash zaruriyati har doim bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi. Huquq hamisha ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etish vositasi bo‘lib kelgan. Huquqiy ta’sirning bu yo‘nalishi huquqning qo‘riqlovchi funksiyasini tashkil etadi.
Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi – uning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan huquqiy ta’sir etish yo‘nalishi bo‘lib, u umumiy ahamiyatga molik, o‘ta muhim iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini ta’minlashga yo‘naltiriladi va shu bilan birga jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qaratiladi.
Qo‘riqlovchi funksiyaning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, u huquqni kishilar xulq-atvoriga ta’sir etishning alohida vositasi sifatida ta’riflaydi. Huquq bu vazifani jazo qo‘llash, taqiqlar o‘rnatish va yuridik javobgarlikni amalga oshirish bilan ogohlantirib, kishilar irodasiga ta’sir o‘tkazish orqali bajaradi; ikkinchidan, unda davlat huquqiy qoidalar vositasida qanday ijtimoiy
qadriyatlarni o‘z himoyasiga olganligi to‘g‘risida ijtimoiy munosabat subyektlariga axborot beriladi; uchinchidan, u jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyati darajasining,
huquqdagi insonparvarlik asoslarining ko‘rsatkichidir.
Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati bilan qiyoslaganda, yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. Tegishli davlat organlari huquq subyektlari tomonidan qonun talablarining qat’iy, so‘zsiz bajarilishini ta’minlaydi, jamiyatda qonuniylik muhitini vujudga keltiradi. Bu huquq buzilishi faktini aniqlash,
13–18-8
Davlat va huquq nazariyasi

uni buzganni tergov qilish va aybdorni yuridik javobgarlikka tortish bilan ta’minlanadi.
Shunday qilib, huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi – huquqning bevosita amal qilishi bo‘lsa, davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati huquq talablariga rioya qilishning moddiy kafolatidir. Bunda maxsus organlar (IIV organlari, prokuratura, sud)ning huquqni qo‘riqlashga qaratilgan faoliyati namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, eng muhimi, huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi ijtimoiy munosabatlarni himoyalashga yo‘naltirilgandir.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish