Odilqoriyev, N. Azizov, X



Download 0,99 Mb.
bet67/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

Turkiston o‘lkasining siyosiy tuzumi. Turkiston o‘lkasining ma’mu- riy-hududiy boshqaruvi rus davlati nuqtai nazaridan shakllantirildi. O‘lkaning turli mintaqalarida hokimiyatni amalga oshirish turli huquqiy
hujjatlar asosida amalga oshirilganligi bois 1886-yilgacha yagona tartib bo‘lmagan. Oliy va markaziy boshqaruv lavozimlariga rus harbiylari, ijrochi sifatida quyi lavozimlarga esa mahalliy aholi vakillari tayinlangan. Qisqa davr ichida bosib olingan hududlarning umumiy boshqaruvi bo‘yicha 1867-yilda poytaxti Toshkent shahri qilib belgilangan Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugi (podsholik hududida
bir nechta harbiy okruglar joriy etilgan) tashkil etiladi.
Ilk egallangan hudud – bu Qo‘qon xonligiga qarashli Oqmachit (hozirgi Qizil O‘rda) bo‘lib, bosib olingan dastlabki hududlarda 1865- yilda Turkiston viloyati tashkil etilgan. Uning o‘rnida yangi hududlar hisobiga 1867-yilda ta’sis etilgan general-gubernatorlik tarkibiga kiruvchi Sirdaryo (Toshkent) va Yettisuv (Olma ota) viloyatlari tuziladi. Aynan shu ikkita viloyat Turkiston general-gubernatorligining ikki qismini tashkil etgan.
Bundan tashqari, 1868-yil 23-iyunda Buxoro xonligining sobiq hududida Zarafshon okrugi tashkil etiladi. 1873-yilga kelib Amudaryo bo‘limi ham bevosita general-geburnatorlik tarkibiga kiritiladi.
Bosqinchilik yurishlari natijasida general-gubernatorlik tarkibiga yangi joriy etilgan viloyatlar – Farg‘ona (Marg‘ilon), Samarqand (Samarqand shahri) va Kaspiyorti (Ashxobod) ham kiritiladi.
Turkistonda mustamlaka va boshqaruv idoralari va huquq tizimining shakllanishi bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Dastlab tashkil etilgan Turkiston viloyatining boshqaruv mahkamasi unchalik mustahkam bo‘lmagan. U «Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi Muvaqqat nizomga» binoan boshqarib kelingan. «Muvaqqat Nizom»ga muvofiq, viloyatda harbiy-xalq boshqaruvi harbiy guberna- torga berilgan. U o‘z yordamchilari va devoniga ega bo‘lgan. Viloyat tarkibi uyezdlarga bo‘lingan bo‘lib, ular viloyat boshqarmasiga bo‘ysu- nuvchi uyezd boshliqlari tomonidan boshqarilgan. Viloyat gubernatori- ning asosiy vazifasi rus qo‘shinini ta’minlash mahalliy mansabdor shaxslar faoliyatini nazorat qilish hisoblangan. Uyezd boshliqlari xavfsizlik, yer-suv, soliq, sud ishlarini nazorat qilish, aholi shikoyatlarini yuqori mansabdor shaxslarga yetkazish vakolatlariga ega edi.
1867-yilga kelib «Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini boshqarish haqidagi Nizom» qabul qilinadi va u 1886-yilgacha amal qiladi. Mazkur Nizom asosida barcha sohalar boshqarilib kelingan. Unga muvofiq, Turkiston viloyati va boshqa hududlar o‘rnida shu ikkita viloyat tashkil etiladi. O‘lka boshqaruvi uchun Turkiston general-gubernatorligi ta’sis etiladi. Turkiston general-gubernatori – o‘lka boshlig‘i Rossiya imperiya-
sining Harbiy va Tashqi ishlar vaziriga bo‘ysungan. Uning vakolatlari quyidagilardan iborat bo‘lgan: tashqi aloqalarni amalga oshirish, soliqlar miqdorini va boshqaruvga oid xarajatlar miqdorini belgilash, sudlarning chiqargan hukmlarini va fuqaroviy shartnomalarni tasdiqlash, chegara- dosh davlatlar bilan urushlar va muzokaralar olib borish. 1886-yilga kelib hukmronlikni yanada mustahkamlash maqsadida rus imperatori tomonidan general-gubernatorning siyosiy-moliyaviy va boshqa vakolat- lari yanada kengaytiriladi. Boshqacha aytganda, u «yarim podsho», deya ta’rif etilish darajasiga yetkaziladi.
Turkiston general-gubernatorligining dastlabki boshqaruv idorasi general-gubernator kanselariyasidan iborat bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan uning tarkibiy tuzilishi kengayib boradi. 1886-yilga kelib, general-gubernator huzurida uning yordamchisi boshchilik qiladigan kengash tashkil etilib, unga Turkistondagi barcha rus mansabdor shaxslari doimiy va vaqtinchalik a’zo sifatida kiritiladi. Kengashga qonunchilik, moliya, xazina, soliq, yer, sud va lozim topilgan masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazish tartibida hal etish vakolati berilgan.
Harbiy gubernatorlar huzurida viloyat boshqarmasi saqlab qolinib, ularning yordamchilari tomonidan boshqarilgan. Boshqarmada farmoyish berish, xo‘jalik ishlari va sud bo‘limlari bo‘lib, ayrim masalalar yuzasidan muhokama majlisi o‘tkazilgan va qaror chiqarilgan.
1886-yilga kelib gubernatorlarning huquqiy maqomi imperiya gubernyalari boshliqlari maqomiga tenglashtiriladi. Ularga o‘z tashabbusi bilan 1 oygacha qamoqni qo‘llash va bo‘lis boshliqlarini almashtirish kabi vakolatlar beriladi.
Viloyat boshqarmasi mirovoy sudlar vakolatiga kirmaydigan qiymati 2000 so‘mdan ortiq ishlarni, tijorat ishlarini, mansabdorlik jinoyatlarini ko‘rib hukm chiqargan, mirovoy sudlar qurultoyi sifatida jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qilgan.
Viloyatlar ma’muriy-hududiy jihatdan uyezd (tuman)larga bo‘lingan bo‘lib, ular ma’muriy va politsiya hokimiyatini amalga oshiruvchi uyezd boshlig‘i tomonidan boshqarilardi. Unga uyezdda boshqaruvni, tartib- intizomni, huquq-tartibotni, ijtimoiy shart-sharoitlarni ta’minlash vazi- falari yuklatilgan. 1886 va 1898-yillarda uning vakolatlari yanada kengaytiriladi. Bunda ular dastlab 7 kun, so‘ng 1 oygacha qamoq yoki jarima jazosini qo‘llash huquqiga, o‘z hududida soliqlar miqdorini belgilash vakolatiga ega bo‘ladi.
Uyezd boshliqlari o‘z boshqarmasiga ega bo‘lib, unda o‘rtacha hisobda 8 nafar ofitser xizmat qilgan. Ular shuningdek, o‘z yordamchilari va hudud pristavlariga ham ega bo‘lgan.
Joylarda o‘troq va ko‘chmanchi aholi hududlarida alohida boshqaruv idoralari tashkil etilgan. Ko‘chmanchi aholi ovullar va bo‘lis (volost)larga taqsimlandi. Ovullar 100–200 o‘tovdan iborat holda tashkil etildi. Yaqin joylashgan 1000–2000 o‘tovdan iborat bir necha ovullar bo‘lislarga birlashtirildi. Bo‘lislar boshqaruvi o‘tovlar vakillari tomonidan saylanadi- gan oqsoqollarga yuklatildi.
Dastlabki davrlarda o‘troq aholi hududlarida ham aholi bo‘lisga tenglashtirilgan oqsoqolliklarga bo‘linadi. Ularni boshqarish xalq yig‘inlarida saylanadigan oqsoqollarga yuklatildi. Ovul, bo‘lis boshliqlari va oqsoqollarga o‘z hududida ma’muriy va politsiya funksiyasini amalga oshirish vazifasi yuklatiladi.
O‘troq aholi hududlarining shahar va qishloqlarida xo‘jalik ishlari bo‘yicha boshqarmalar tuzilgan. Uning a’zolari xalq tomonidan saylangan bo‘lib, xo‘jalik boshqaruvini amalga oshirgan va soliqlarni belgilagan. Ko‘chmanchi aholi hududlarida bu ishlar saylanadigan bo‘lis vakillari tomonidan olib borilgan.
1877-yilga kelib, xo‘jalik ishlari bo‘yicha boshqarmalar tugatiladi va o‘troq aholi hududlarida ko‘chmanchi aholi hududlari singari boshqaruv ta’sis etilib, bo‘lislar tuzilib ularning tarkibiga oqsoqolliklar kiritiladi.
Shaharlar va kattaroq aholi yashaydigan hududlar dahalarga bo‘lin- gan. Ular oqsoqollar tomonidan boshqarilgan.
Toshkent shahri ruslar oqib kelishi natijasida yangi va eski shahar qismlariga bo‘linadi. Toshkent shahri boshqaruvi 1877-yil avgustdan boshlab Turkiston general-gubernatori tomonidan tayinlanadigan va unga bevosita bo‘ysunuvchi shahar boshlig‘i ixtiyoriga beriladi. Uning huzurida shahar hokimi hamda uning yordamchilari lavozimlari ta’sis etiladi.
Ko‘chmanchi, o‘troq va rus aholisi uchun alohida tartibda sud organlari tashkil qilinadi. Ko‘chmanchi aholi hududlarida sud ishlarini olib boruvchi biylar 25 yoshga to‘lgan fuqarolar orasidan saylangan. Bu turdagi sudlar vakolat doirasiga ko‘ra uchga ajratilgan, ya’ni: 1) 100 so‘mgacha bo‘lgan ishlarni ko‘rishga vakolatli bo‘lgan biylar; 2) bo‘lis biylari qurultoyi, u 1000 so‘mgacha ishlarni ko‘rgan, vaqti-vaqti bilan chaqirilgan; 3) bo‘lis yoki bo‘lislararo ishlarni uyezd boshlig‘i ishtirokida ko‘rib hal qiluvchi biylar qurultoyi.
O‘troq aholiga qozilarni saylash huquqi berilgan. Hudud qozilari yakka holda qiymati 100 so‘mgacha bo‘lgan ishlarni ko‘rib hal etgan.
Rus fuqarolariga taalluqli, ruslar bilan mahalliy aholi vakillari o‘rtasidagi, agar manfaatdor rus sudiga murojaat qilsa ko‘chmanchi va
o‘troq aholi o‘rtasidagi ishlarni imperiya qonunlariga muvofiq rus sudlari ko‘rib, hal etgan. Ular o‘zaro bo‘ysunuvchi quyidagi uch turga bo‘lingan:
1) uyezd sudlari; 2) harbiy-sud komissiyalari; 3) viloyat boshqarmalari. Viloyat boshqarmalari yuqori instansiya sudi vazifasini ham amalga oshirgan. Rus sudlari general-gubernator tomonidan lavozimga tayinlangan. Keyingi davrlarga kelib, rus fuqarolari ishlarini ko‘ruvchi sudyalar soni ko‘paytiriladi. Ularga shuningdek, notariuslik vazifasi ham topshiriladi.
1886-yilga kelib, Turkistondagi viloyatlar hududi sud uchastkalariga bo‘linib, mirovoy sudyalar tayinlanadi. Viloyat (okrug) sudi tergovchilari lavozimi ta’sis etiladi. Bu vaqtga kelib, mahalliy aholi vakillariga nisbatan ham og‘ir va o‘ta og‘ir hisoblangan jinoyatlar uchun rus sudlari tomonidan rus qonunlari qo‘llanilishi mumkinligi belgilanadi.
1888-yilda Toshkent shahriga o‘z-o‘zini boshqarish huquqi beriladi. Mulk senzi asosida Toshkent shahar Dumasiga saylovlar o‘tkaziladi. Dumaning 72 nafar a’zosi orasidan shahar boshqaruvining 6 kishidan iborat tarkibi saylangan. Ular general-gubernator nazorati ostida qaror chiqarish tartibida ish yuritishgan. Jamoatchilik tashabbusi bilan 1917-yilga kelib Olma ota, Samarqand, Namangan va boshqa shaharlarda Dumalar tashkil qilinadi, biroq amalda hokimiyat rus ma’murlari qo‘lida qoladi.
1898-yilda Toshkent, Yangi Marg‘ilon, Samarqandda shahar boshlig‘iga bo‘ysunuvchi politsiya boshqarmalari, qolgan shaharlarda esa maxsus politsiya pristavlari lavozimlari tashkil etiladi. Ularga ma’muriy jazo choralarini qo‘llash huquqi beriladi.
1906-yilga kelib uyezd boshliqlariga bo‘ysunuvchi politsiya boshqar- malari joriy etiladi. 1911-yilda barcha viloyatlarda maxsus politsiya qidiruv bo‘limlari tashkil qilindi. Bundan maqsad inqilobiy harakatlar ishtirokchilarini qidirib topish va ularni ta’qib etishni kuchaytirishdan iborat bo‘lgan.
Keyingi davrlarda boshqaruv sohasida jiddiy o‘zgarish kuzatilmaydi.
Turkistonda huquq manbalari tom ma’noda mustamlakachilik tartiblarini mustahkamlash yo‘nalishida shakllandi. Ular asosan ma’muriy boshqaruv to‘g‘risidagi ko‘p sonli nizomlar, muvaqqat nizomlar, muvaqqat qoidalar va yo‘riqnomalardan iborat. Jumladan, quyida eng muhim hujjatlarni keltiramiz:

  • Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi muvaqqat Nizom (1865- yil 9-avgust);

  • «Yettisuv va Sirdaryo viloyatlaridagi boshqaruv haqidagi Nizom» loyihasi (1867-yil, tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, unga tayanilgan);

  • Zarafshon okrugini boshqarish haqidagi muvaqqat Nizom (1868-yil);

  • «Farg‘ona viloyatini boshqarish haqidagi Nizom» loyihasi (1873-yil);

  • Amudaryo bo‘limini boshqarish haqidagi muvaqqat qoidalar (1874-yil);

  • Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom (1886-yil 12-iyun, kam sonli qo‘shimchalar bilan 1917-yil o‘rtalarigacha amal qilgan);

  • Turkiston o‘lkasining qishloq mansabdor shaxslarining huquqlari, burchlari va vakolat doiralari haqidagi yo‘riqnoma (17-sentabr 1888-yil);

  • Turkiston o‘lkasidagi sug‘orish ishlarini boshqaruvchi mansab- dorlar, uyezd boshliqlari, ariq oqsoqollari va miroblarning huquq va burchlari haqidagi yo‘riqnoma (2-avgust 1888-yil);

  • Jinoyatlarni aniqlash va ularni sodir qilganlarni qidirib topish bo‘yicha Turkiston general-gubernatorligining politsiya xizmatlariga yo‘riqnoma ( 1892-yil);

  • Xalq sudyalariga yo‘riqnoma.

Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar asosan Turkiston general- gubernatorligi tomonidan ishlab chiqilib, ahamiyatiga ko‘ra rus impera- tori hamda Turkiston general-gubernatori tomonidan tasdiqlangan. Ular orqali siyosiy, hududiy tuzilish, harbiy, sud, soliq va boshqa sohalar tartibga solib kelingan.
O‘lkada boshqaruvga bevosita aloqador bo‘lmagan mahalliy aholi o‘rtasidagi mulkdan foydalanish, unga egalik qilish, uni tasarruf qilish, savdo, ijaraga berish, hadya etish, meros, oila-nikoh, vasiylik va homiylik bilan bog‘liq munosabatlarni shariat va odat huquqiga ko‘ra tartibga solib kelingan.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish