Odilqoriyev, N. Azizov, X



Download 0,99 Mb.
bet65/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

2-§. AQSH Konstitutsiyasi


Konfedratsiya shaklidagi shtatlar ittifoqi zaif, iqtisodiy va siyosiy jihatdan tarqoq bo‘lgan. Umumiy manfaatlarni himoya qiluvchi markazlashgan davlat apparati va yuksalish uchun yagona tartib bo‘lmagan. 1783-yilgi sulh tuzilishigacha Angliya bilan kechgan urushda ijtimoiy hayot og‘irlashgan. Natijada xalq qo‘zg‘olonlari boshlanib ketadi. Hukmron doiralar esa bu vaziyatdan chiqish yo‘lini axtaradi. Shunday qilib, yagona davlat barpo qilinishini iqtisodiy va siyosiy sabablar taqozo qilgan edi.


Hukmron doiralarning fikricha, markazlashgan davlatning tashkil etilishi Shimoliy Amerika davlatlarining xalqaro obro‘sini ko‘tarishi lozim edi. Mana shunday sharoitda «konfederatsiya moddalari»ni qayta ko‘rib chiqish uchun Filadelfiyada Konvent chaqiriladi. U 1787-yil 25-maydan 17-sentabrgacha davom etadi va xalqdan yashirincha AQSHning yangi Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqadi. U 4 oy davomida muhokama qilinadi va so‘nggi loyiha ishlab chiqiladi. Muhokama qiluvchilar konstitutsion monarxiya, aristokratik monarxiya, burjuaziya va respublikani yoqlovchi rahnamolar ko‘rinishida fikr beradi.
1787-yil 17-sentabrda Konvent konstitutsiya loyihasini ma’qullaydi. 1789-yil 4-martdan kuchga kiradi. Konstitutsiya AQSH tarixida katta rol o‘ynadi. U yirik burjuaziya va quldorlar o‘rtasida murosasozlik rolini bajaradi.
Konstitutsiyaga ko‘ra, AQSH davlatlar ittifoqidan (konfederat- siyadan) ittifoq davlatga – federatsiyaga aylandi. AQSH Konstitutsiyasi tuzilishiga ko‘ra pereambula, 7 moddadan iborat bo‘lib, ulardan faqat 4 tasi bo‘limlarga ajratilgan. Unga ko‘ra, qonun chiqarish hokimiyati – kongressga, ijro etish hokimiyati Prezidentga, sud hokimiyati Oliy sud va kongress tomonidan tashkil etiladigan quyi federal sudlarga tegishli bo‘ladi.
Kongress ikki palata – Senat va Vakillar palatasi asosida tashkil qilinadi. Senat har bir shtatning qonun chiqaruvchi majlisi tomonidan
nafardan 6 yil muddatga saylanadigan senatorlardan iborat. Senatning 1/3 qismi har 2 yilda yangilanib turishi kerak. Vakillar palatasi proporsional saylov tizimi asosida – aholi soniga qarab xalq, ya’ni saylov korpusi tomonidan 2 yil muddatga saylanadi. Hamma saylovlar juft sonli yillarda o‘tkaziladi. Qonun avval vakillar palatasida qabul qilinadi va so‘ng senat tomonidan tasdiqlanadi. Senatning roziligisiz birorta ham qonun qabul qilinishi mumkin emas. Qabul qilingan qonun Prezident tomonidan imzo qo‘yilgandan keyin kuchga kiradi.
Kongress federal mansabdor shaxslarni, jumladan, prezidentni ham impichment (parlament tomonidan davlat xizmatida turgan mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy javobgarlik qo‘zg‘ash) tartibida sud qilish huquqiga ega. Bunda tergov ishlarini vakillar palatasi olib boradi, senat esa sud qiladi.
Federal kongress boj va soliqlarni belgilash, pul tamg‘alash va uning qiymatini belgilash, chet mamlakatlarga va ayrim shtatlarga qarz berish, tosh-tarozi, og‘irlik o‘lchov birliklarini o‘rnatish, ichki va tashqi savdoni tartibga solish, sudlarni tashkil etish, qo‘shma shtatlarning mudofaasini ta’minlash, urush e’lon qilish, armiya va flot tuzish va ta’minlash, federal qonunlarni ijro etish va qo‘zg‘olonlarni bostirish uchun politsiyadan foydalanish kabi huquqlarga ega bo‘lgan. Amalda Kongress «qonunlar paketi», ya’ni bir vaqtda qabul qilinuvchi bir qancha qonunlarni chiqarishi mumkin bo‘lgan.
Shuningdek, Konstitutsiyada kelajakda kongressning huquqlari kengaytirilishi mumkinligi nazarda tutildi. Konstitutsiyaga binoan federal kongressning tergovsiz sud qilish haqida, dvoryanlik imtiyozlarini joriy qilish haqida va boshqa shu kabi qonunlarni qabul qilishi qat’iyan taqiqlandi. Federal organlar xalqaro munosabatlarda AQSH nomidan harakat qilish va shartnomalar tuzish huquqiga ega.
Konstitutsiyada ayrim shtatlarning huquqlari to‘la belgilanmadi. Lekin, shtatlar federal kongressga tegishli birorta ham masalani hal qilish huquqiga ega emas. Konstitutsiyaga ko‘ra shtatlar federatsiya ixtiyorida bo‘lmagan fuqarolik, jinoyat, mehnat, protsessual huquqlar sohasida qonunlar qabul qilish, Respublika tuzumini saqlab qolish sharti bilan o‘z Konstitutsiyalarini qabul qilish huquqiga egadirlar.
AQSH Prezidenti ijroiya hokimiyat boshlig‘i bo‘lib, u ikki pog‘onali saylov tizimi asosida, ya’ni saylangan saylovchi vakillar tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Prezident davlat boshlig‘i, hukumat boshlig‘i hamda qurolli kuchlarning oliy bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Prezident va u tomonidan tayinlanadigan ministrlar (sekretarlar) Kongressga o‘z
faoliyatlari yuzasidan hisobot bermaydilar. Faqat xoinlikda, poraxo‘rlikda aybdor deb hisoblangandagina Prezident va ministrlar mansablaridan olinishlari mumkin. Konstitutsiyaga binoan Prezident senatning roziligi bilan xalqaro shartnomalarni imzolash, elchilar, konsullar, Oliy sud a’zolari va yuqori federal mansabdor shaxslarni tayinlash vakolatlariga ega. Shuningdek, Kongress qonunlariga veto qo‘yish huquqidan foydalanadi. Prezident vetosi Kongress palatalari deputatlarining 2/3 qismidan ko‘prog‘ining qarshiligi bilan bekor qilinishi mumkin. U vaqti- vaqti bilan qo‘shma shtatlarning ahvoli haqida Kongressga axborot berib turadi. Kongressning favqulodda sessiyalarini chaqirishi mumkin.
Sud hokimiyati Oliy sud va Kongress tomonidan tashkil qilinadigan quyi federal sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Barcha sudyalar (oliy sud a’zolari ham) senatning roziligi va Prezident tomonidan tayinlanadi. Oliy sud barcha qonunlar va shartnomalarni ularning Konstitutsiyaga muvofiqligi nuqtai nazaridan sharhlash va ularni Konstitutsiya ruhiga munosib emas, deb bekor qilish huquqiga ega.
Konstitutsiyani o‘zgartirish yoki unga qo‘shimcha kiritish uchun juda murakkab tartib o‘rnatilgan. Konstitutsiyaga qo‘shimcha faqat Kongressning har ikki palatasining yoki maxsus chaqirilgan Konvent a’zolarining 2/3 qismi ijobiy ovoz bersa va bu qo‘shimchalar shtatlarning 3/4 qismini qonun chiqarish majlislari tomonidan ma’qullangandagina qabul qilingan, deb hisoblangan.
Saylov huquqi turli shtatlarda ularning Konstitutsiyalari bo‘yicha turlicha edi. Xotin-qizlar, negrlar va mahalliy indeyetslar saylov huquqlaridan mahrum etilgan. Unda yuqori mulk, o‘troqlik, ma’lumot senzi va boshqa cheklashlar mavjud edi.
Konstitutsiyada mulk huquqi qattiq himoya qilingan. Unda qul savdosi va qochoq qullarni qaytarish haqida alohida modda bor edi. Demokratik huquq va erkinliklar, shtatlarning suveren huquqlari haqida hech narsa deyilmagan. Shuning uchun Konstitutsiya ayrim shtatlar tomonidan tasdiqlanishi davrida bu kamchiliklar ko‘rsatiladi. Konstitut- siya ko‘pchilik shtatlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa ham 1789-yilda federal Kongress unga «Huquqlar to‘g‘risidagi bill» (qonun) deb ataluvchi birinchi 10 ta tuzatish kiritli va bu tuzatishlar faqat 1791-yilda barcha shtatlar tomonidan tasdiqlangach kuchga kirdi.
Konstitutsiyada demokratik xarakterdagi qoidalar aks ettirilmaganligi sababli 1789-yil sentabrda D. Medison tomonidan Konstitutsiyaga kiritiluvchi 10 ta tuzatish qabul qilinadi. Bu tuzatishlar 1791-yil dekabrda shtatlar tomonidan ratifikatsiya qilinadi va kuchga kiradi. Mazkur
qo‘shimchalar «Huquqlar to‘g‘risidagi bill» deb nom oladi va konstitutsiyaning progressiv tomonini kuchaytiradi. Ularning yettitasi fuqarolarning siyosiy hamda shaxsiy huquq va erkinliklariga bag‘ishlanadi. Sakkizinchi tuzatishda harbiy holat, to‘qqizinchida fuqaro- larning Konstitutsiyada ko‘rsatilmagan huquqlarining cheklanmasligi, o‘ninchi tuzatishda esa Konstitutsiya bilan Qo‘shma shtatlarga berilmagan vakolatlar tegishlicha shtatlar va xalq ixtiyorida qoldirilishi ko‘rsatilgan.
Davlat apparatida dastlab faqat 672 ofitser va soldat ish olib borgan.
Tashqi va ichki ahvol esa jiddiy holatda bo‘lgan.
1789-yil 30-apreldan boshlab AQSHning birinchi Prezidenti Jorj Vashington o‘z lavozimini amalga oshirishga kirishadi. So‘ng dastlabki departamentlar – davlat, harbiy va moliya departamentlarini tuzish haqida qonunlar qabul qilinadi. Bosh attorney (Adliya vaziri) lavozimi ta’sis etilib, 1789-yilgi qonun asosida adliya xizmatiga asos solinadi. 1790- yilda Oliy sud o‘zining birinchi majlisiga yig‘iladi.
Sud tizimining huquqiy asosi 1789-yil Kongress tomonidan qabul qilingan «Sud tuzilishi haqida»gi qonun bo‘lib qoladi. Ushbu qonunga binoan Oliy sud – bosh sudya va beshta assotsiatsiyalangan sudyalardan iborat tartibda tashkil qilindi (keyinchalik ularning soni bir necha marta o‘zgaradi va 1869-yildan e’tiboran 9 ta sudyadan iborat tartibda o‘zgarmas qilib o‘rnatildi). AQSH 13 ta sud rayonlariga bo‘linib, Men va Kentukidan tashqari uchta sud okrugiga birlashtirildi. Shunday qilib, uch pog‘onali federal sud tizimi ta’sis etilgan.

  1. asr boshida «Konstitutsiyaga zid keladigan har qanday qonun ahamiyatsiz» degan prinsip shakllanadi va u konstitutsionalizm uchun asos qilib olinadi.

Dastlabki 30 yil ichida federatsiyaning statut huquqi asoslari yaratiladi. Dastlabki 20 yil ichida Konstitutsiyaga XI va XII tuzatishlar kiritiladi. 1795-yilda kiritilgan XI tuzatish shtatlarning boshqa shtat fuqarolari yoki chet elliklar tomonidan sud qilinishidan daxlsizlik huquqini o‘rnatadi. 1804-yildagi XII tuzatish prezident va vitse-prezident nomzodlari uchun alohida-alohida ovoz berishni joriy qilib, prezidentni saylash protsedurasini yangi qoida bilan to‘ldirdi.
Siyosiy partiyalarning shakllanishi va rasmiylashtirilishi masalasida AQSH konstitutsiyasi partiyalar mavjudligini to‘la inkor qiladi. Dastlab fraksiya deb atalgan partiyalarga nisbatan ham juda sovuq fikrlar mavjud bo‘lgan. Partiyalar shakllanishi oliy ma’muriyat vakillarining ajralishi va nisbatan qarama-qarshi bo‘lgan o‘z tarafdorlarini yuzaga kelishiga borib taqaladi.
Dastavval ikki partiya – konstitutsion monarxiyani yoqlovchi federalistlar va antifederalistlar, ya’ni respublikachilar partiyalari shakllanadi. Federalistlar burjuaziya – savdogarlar, manufakturachilar, kema va bank egalari, yer olib-sotarlar, katta plantatorlar partiyasi edi. Respublikachilar esa maydaroq plantatorlar, fermerlar, mayda burjuaziya va hunarmandlar partiyasi bo‘lgan.
Partiyalar o‘zlarining «kokus», ya’ni nomzodlarni ilgari surish vakolatiga ega organ, boshqacha aytganda partiyaviy fraksiyaning yig‘ilishini tuzadilar. Kokuslar o‘rniga keyinchalik konvent (syezd)lar keladi.
Daslabki ikki Prezident Jorj Vashington va Jon adams federalist- lardan, Tomas Jefferson (1800), Jems Medison (1809–1817-y.), Jems Monro va Jon Adams (1825–1829-y.) respublikachilar partiyasiga man- sub bo‘lgan. Avraam Linkoln (1862–1865-y.), Jonson (1865–1869-y.).
1820-yillarda respublikachilar partiyasidan ajralib chiqqan milliy respublikachilar partiyasi (1834-yildan boshlab ular o‘zlarini «viglar» deb ataydi), 1828-yilda respublikachilardan yana demokratlar partiyasi tashkil topadi. 1820–1830-yillarda mahalliy doiralarda faoliyat yurituvchi ishchilar partiyalari shakllanadi.
Partiyalar ta’sirida partiyaviy mansubligi bo‘yicha Prezidentning saylanishi federal apparatning partiyaviy belgi bo‘yicha almashinuviga olib kelgan.
1840–1850-yillarda siyosiy partiyalarning qaytadan guruhlarga bo‘linishi sodir bo‘ladi. Bunga sabab, 1848-yilgi sulhga ko‘ra Meksika hududining 2/5 qismi AQSHga o‘tganligi va u yerlarda qulchilikni yoyish siyosatining kuchayishi bo‘lib hisoblanadi.
1840-yilda abolitsionistlarning «Ozodlik partiyasi» tashkil topadi. U qulchilikning taqiqlanishini himoya qilib chiqadi. 1848-yilda undan
«ozod yer» (frisoylerlar) partiyasi ajralib chiqadi. Frisoylerlar partiyasi- ning asosiy ommasini fermerlar tashkil etgan. Ularni sanoat ishchilari qo‘llab-quvvatlagan va ularning «Milliy islohotlar assotsiatsiyasi» nomli ommaviy tashkiloti partiyaga qo‘shiladi. Shuningdek, viglar partiyasi tarqalib ketadi. 1854-yilda quldorchilik tizimini tanqid qilish bilan chiqqan Respublikachilar partiyasi tuziladi. Unga turli partiyalarning qismlari birlashadilar.
Odatda, Amerikada ikki partiyaviylik – Respublikachilar va demokratlar partiyalari amal qilib, o‘zaro oppozitsiyada bo‘lib kelganlar. Umuman olganda, har ikkalasi ham burjua partiyalaridir. Ularning keng tashviqotlari boshqa uch partiyaning vujudga kelishiga to‘siq bo‘lib
keladi. Ular o‘z davrida AQSH siyosiy tizimida asosiy rol o‘ynab kelganlar. Keyingi davrlarda ularchalik ahamiyat kasb etgan faol partiyalar faoliyati ko‘zga tashlanmaydi.
Keyinchalik I internatsional ta’sirida 1876-yilda ishchilar partiyasi (1877-yildan «Sotsialistik ishchi partiyasi» deb ataladi), 1892-yil populistlar (xalq) partiyasi tuziladi va Prezident saylov kompaniyalarida qatnashadi. Ularning tarkibiga tarafdorlar va tashkilotlar kirganlar. 1892- yilgi Prezident va kongress saylovi kompaniyasida populistlar yetakchi rol o‘ynaydi. 1901-yilda sotsialistik partiya tuziladi. Uning rahbarlari sotsializm tarafdorlari edi.
AQSH Angliyaga qarshi mustaqillik uchun urushda ajralib chiqqan bo‘lsa, Yevropa urushlari hisobiga o‘z chegaralarini ancha kengaytiradi. XIX asrning boshlarida AQSH Atlantika okeani sohili bo‘ylab cho‘zilgan ulkan hududga ega edi (jami maydoni 892 000 kv. milya – 1 mln. 427,2 ming kv. km).
Konstitutsiya qabul qilingandan to 1861-yil (fuqarolar urushi)gacha AQSHning hududi sotib olish va agressiya, ya’ni oshkora urushlar natijasida ancha kengayadi. Masalan, 1803-yilda T. Jefferson Napoleondan Luizianani

  • Missisipi daryosining g‘arbida qoyali tog‘largacha cho‘zilgan juda katta hududni 15 mln. dollarga sotib oladi. Natijada noqonuniy holda Prezident tomonidan sotib olingan Luiziana hisobiga mamlakatning avvalgi hududi ikki baravarga ko‘payadi (2 mln. 752 ming kv. km.).

1818-yilda Ispaniya mustamlakasi hisoblangan va indeyetslar yashovchi Floridani bosib oladi. 1846–1848-yillarda Meksikaga qarshi bosqinchilik urushi uyushtirib, Texas, Kaliforniya, Arizona, Nyu- Meksika, Nevada, Yutani va Koloradoning bir qismini tortib oldi. O‘sha vaqtdagi hududni qo‘shib hisoblaganda, AQSH hududi yirik mustam- lakachi davlatlar hisoblangan Germaniya va Fransiyaning hududidan kattaroq edi. 1850-yillarga kelib, AQSH hududi 3 mln. kv. milyaga – 4 mln. 800 ming kv.km.ga yetgan edi. Bu hududni O‘rta Osiyo bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, u jami 1 mln. 984 ming kv. km.ni tashkil etadi. AQSH hududi esa undan O‘rta Osiyo hududidan deyarli 2,5 baravar katta. Shtatlarning soni yarim asr mobaynida 16 tadan 30 taga, aholisi esa 1800-yildagi 5 mln. 300 ming kishidan 1850-yilga kelib 23 mln. 200 ming kishidan ortib ketadi. Aholi har 10-yilda 1/3 hissa ko‘payib borgan. Aholining tez o‘sishi Yevropadagi notinch vaziyat, Irlandiyada ochlik yuz berishi, Kaliforniyada oltin konlari topilishi natijasida immigrantlarning oqib
kelishi hisobiga sodir bo‘ladi. Bu jihatidan AQSH o‘ziga xos tarixga ega.
Keyingi o‘n yilliklarda ham AQSH o‘z hududiy ekspansiyasini eskicha usullar bilan amalga oshirishda davom etdi. 1867-yilda Rossiya
podshosi Aleksandr II AQSHga ulkan Alyaskani (uning maydoni Fransiyaning maydonidan deyarli 3 baravar katta edi) juda arzimagan 7,2 mln. dollarga sotadi. 1898-yilgi ispan-amerika urushi natijasida AQSH Puerto-Riko, Gdem oroli va Filippinni egallab oldi. Rasman mustaqil deb e’lon qilingan Kubani okkupatsiya qildi.
Yangi davrda AQSHda avvalo quldorlar va qullar, quldorlar va qulchilik tuzumiga qarshi fuqarolar o‘rtasida kurash davom etadi. Boshqacha aytganda, AQSHning fuqarolik urushi – bu qulchilikka qarshi adolatli xalq urushi, deya e’tirof etiladi. XIX asr o‘rtalarida iqtisodiy inqiroz natijasida inqilobiy vaziyat yuzaga keladi.
1860-yilda quldorlik tuzumi amal qiluvchi Janubiy 11 ta shtat Shimoliy shtatlardan, ya’ni AQSHdan ajralib chiqqanligini e’lon qiladi. Ular o‘z konventida quldorlik davlati – Amerika shtatlari konfederatsiya tuzilganligini e’lon qiladi va o‘z Prezidentini saylaydi. Shu bilan birga, o‘z Konstitutsiyasini ham qabul qiladilar. Shimoliy va Janubiy Amerika o‘rtasidagi bo‘linish Avraam Linkoln davrida 4 yil davom etadi va 1865-yil 26-mayda tugaydi.
Fuqarolik urushi oqibatida Avraam Linkoln davrida prezidentlik hokimiyati ancha kuchayadi. Bu AQSH tarixining keyingi davrlarida ham kuchli prezidentlik hokimiyatining o‘rnatilishiga muhim ta’sir ko‘rsatgan. Keyingi davrlardagi fuqarolar harakati ko‘proq ishchi sinflar tomonidan amalga oshirildi. Ular ommaviy harakatga rahbarlikni olib boradilar. Bu borada ishchilar turli partiya, federatsiya, ittifoq va harakatlarga birlashadilar.
Janubiy shtatlar ittifoqqa 12 yildan so‘ng batamom birlashtiriladi. Keyingi davrlarda AQSHning ikkala mintaqasidagi ijtimoiy va iqtisodiy ahvol tobora birxillashib boradi.
AQSH fuqarolar urushidan so‘ng jadal sur’atlarda rivojlanib, agrar respublikadan industrial davlatga aylanadi. AQSH tarkibiga 12 ta yangi shtat qabul qilinadi.
Ijtimoiy tuzumda quldorlik tuzumi amal qilgan. 1860-yilda Senat qulchilikni AQSHning hamma hududida qonuniy deb e’lon qiladi. Janubiy shtatlarda negrlar huquqiy holatini o‘rnatuvchi «qoralar kodeksi» joriy qilinadi. Unda negrlarning oq tanlilar bilan nikohda bo‘lishi kabi qator huquqlari taqiqlangan. «Faqat o‘lgan indeyetsgina yaxshi» shiori ostida hukumat tomonidan indeyetslarga qarshi urush olib borilib, ularni maxsus rezervatsiya (chekka hudud)larga haydab, muhtojlikka chiday olmay qirilib ketishiga olib kelingan.
Avraam Linkoln (1862–1865-y.) prezidentlik davrida qulchilikni tugatishga qaratilgan islohotlar o‘tkaziladi. 1865-yil fevralda Kongress
mamlakatda qulchilikni taqiqlash to‘g‘risida Konstitutsiyaga XII tuzatishni qabul qiladi. 1868-yilda hamma aholining fuqarolik tengligi haqida Konstitutsiyaning XIV tuzatishi kuchga kiradi. Bu tuzatish bir asrga qadar amalda o‘z ifodasini topmaydi.
AQSHning imperiyaga aylanishi asosan markaziy hokimiyat organlari funksiyasini kengaytirishga qaratilgan o‘zgarishlar orqali amalga oshiriladi. U yuridik xarakterga ega bo‘lsa-da, huquq tizimida mustahkamlanmaydi va «jonli konstitutsiya» deb yuritiladi. Bu davrda AQSH Konstitutsiyasiga 1913-yilda ratifikatsiya qilingan XVI va XVII tuzatishlar kiritiladi. XVI tuzatish Kongressning soliq sohasidagi vakolatlarini kengaytirishga, daromad soliqlari miqdorini belgilashga qaratilib, eng ko‘p daromad solig‘i 6 foizdan oshmasligi o‘rnatiladi. Mazkur XVI tuzatish Prezident Vilson tomonidan o‘tkazilgan bojxona islohoti bilan bog‘liq bo‘lib, natijada 1913-yilda banklarning federal tizimi takomillashtiriladi. XVII tuzatish senatorlarning tayinlanishiga oid eski tartibni bekor qiladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlar joriy qildi. Ilgari ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi majlislari tomonidan saylanadigan senatorlar endi xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan bo‘ldi. Bu senatning shakllantirilish tartibini nafaqat demokratlashtiradi, balki uning nufuzi va davlat boshqaruvidagi rolini ham oshiradi.
1910-yilgi «parlament inqilobi» kongress uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ishlarining samaradorligini oshishiga olib keldi. Bu vaqtda quyi palata spikeri 1) doimiy komitetlar a’zolarini tayinlash va 2) ishlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilovchi komitetga a’zolik huquqidan mahrum etiladi.

  1. asr boshlariga kelib turli partiyalar tashkil topadi va ular Prezident saylovi kompaniyalarida bir-biridan farq qiluvchi dasturlarga ega nomzodlarni ko‘rsatishadi.

Bu davrda xalq demokratik xarakterdagi islohotlarni o‘tkazishni, ijtimoiy hayotni yaxshilash borasidagi talablarni ilgari suradi.
Xulosa qilib aytganda, XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib yuqorida zikr etilgan koloniyalar Angliyaning qattiq tazyiqi ostida bo‘lganligiga qaramay, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va uning asosida sanoatni yuksalishi Amereka inqilobining asosiy shart-sharoiti hisoblandi hamda AQSHning tashkil topishiga olib keldi.
Eng muhim hujjat hisoblangan AQSHning mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu deklaratsiya tiranik (zulmkor) hukumatni ag‘darishga qaratilgan o‘z davrining ijobiy hujjati sifatida qaraladi.
Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar borasida aytish mumkinki, 1787-yilgi AQSH Konstitutsiyasiga XX asrning boshlariga qadar bo‘lgan davrdayoq asosiy o‘zgartishlar kiritilgan.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish